Ilonbosh
Ilonbosh (Channidae yoki Ophiocephalidae) – olabugʻasimonlar turkumiga mansub baliq. Tanasining uzunligi 15–120 sm, vazni 7 kg gacha. Asl vatani tropik Afrika, gʻarbiy va janubiy-sharqiy Osiyo, Amur daryosi havzasi. Yassilashgan boshi tangachalar bilan qoplangan boʻlib, ilon boshiga oʻxshaydi. Orqa va anal suzgichlari uzunligi ilonboshning atmosfera havosidan nafas olishga imkon beradigan jabra usti organi bor.
Ilonbosh Channa argus Amur daryosi havzasida tarqalgan. Tanasining uzunligi 85 sm gacha, vazni 7 kg gacha. Botqoqlashgan va hatto ifloslangan kulmak suv havzalarida yashay oladi, suvsizlikka bir necha kun chidaydi. 3 yoshida voyaga yetadi, iyun–iyul oylarida urchiydi. Urgʻochilari suv yuzasida poya va barglardan yasalgan uyaga oʻrtacha 7300 uvildiriq tashlaydi, erkagi bu tuxumlarni qoʻriqlaydi. Yirtqich, XX asrning 60-yillarida Oʻzbekiston suv havzalariga ovlanadi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |