Ilya Kovalenko
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 17-aprel 1980-yil (1980-04-17) (43 yosh)
Tavallud joyi Qirgʻiziston SSR, USSR
Boʻyi 185 cm (6 ft 1 in)
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1995 Qirgʻiziston Semetey 8
1996 Qirgʻiziston Metallurg 20 (3)
1997 Qirgʻiziston Semetey 7
1998-2009 Oʻzbekiston Neftchi 189 (45)
2010 Oʻzbekiston Metallurg 12 (2)
Milliy terma jamoa
2000-2001 Qirgʻiziston 8 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Ilya Kovalenko (1980-yil 17-aprel) – qirgʻizistonlik futbolchi, hujumchi, Oʻzbekiston fuqaroligiga ham ega. Qirgʻiziston terma jamoasida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati tahrir

Kattalar futbolida u 15 yoshida „Semetey“ (Qizil-Qiya) klubi tarkibida oʻynay boshladi, 1995-yilda Qirgʻiziston chempionatining bronza medali sovrindori va mamlakat kubogi sohibiga aylandi. 1996-yilda „Semetey“ning koʻp oʻyinchilari bilan birgalikda u „Metallurg“ga (Qadamjay) koʻchib oʻtdi va unda mamlakat chempioni va Kubok finalchisi boʻldi. 1997-yilda yana „Semetey“ safida oʻynadi.

1998-yilda Oʻzbekistonning „Neftchi“ (Fargʻona) klubiga oʻtib, keyingi 12 mavsumni shu erda oʻtkazdi. Oʻzbekiston chempionati chempioni (2001), kumush (1998, 1999, 2000, 2002, 2003, 2004, 2006) va bronza (2008) sovrindori, Oʻzbekiston kubogi finalchisi (1998, 2001, 2002) boʻlgan.) Vaholanki, barcha mavsumlarda ham asosiy tarkibda mustahkam oʻyinchi boʻlgan emas. Hujumchi uchun eng samaralisi 2004-yilgi mavsum boʻlib, u 12 ta gol urgan. Umumiy hisobda Fargʻona klubi tarkibida Oʻzbekiston oliy ligasida 189 ta oʻyin oʻtkazib, 45 ta gol urgan. „Neftchi“dagi oʻyinlari davomida Oʻzbekiston fuqaroligini qabul qilgan.

Faoliyatining yakunida bir mavsumni Oʻzbekistonning „Metallurg“ (Bekobod) klubida oʻtkazdi.

Xalqaro oʻyinlar tahrir

U Qirgʻiziston olimpiya terma jamoasida oʻynagan, 2000-yilgi Olimpiadaga saralash turnirida toʻrtta gol (Turkmaniston va Qozogʻiston darvozasiga dubl) kiritgan. 2000-yil 15-noyabrda Estoniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Qirgʻiziston terma jamoasida debyut qilgan.[1] U milliy terma jamoadagi ilk golini 2001-yilning 3-fevralida Singapurga qarshi jahon chempionati saralash oʻyinida kiritdi.[2] Umuman olganda, 2000-2001-yillarda milliy terma jamoa safida 8 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan. Keyinchalik, xorijda toʻp surgan koʻplab qirgʻizistonlik futbolchilar singari, u ham klubda legioner hisoblanmaslik uchun terma jamoada oʻynashdan bosh tortdi.

Manbalar tahrir

  1. „Эстония 1 : 0 Киргизия“. 2019-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-iyun.
  2. „Сингапур 0 : 1 Киргизия“. 2019-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-iyun.

Havolalar tahrir