Imom Hasan al-Basriy maqbarasi
Imom Hasan al-Basriy maqbarasi (arabcha: مرقد الإمام الحسن البصري) Basradagi mashhur ulamo Hasan al-Basriy xotirasiga bagʻishlangan tarixiy ziyoratgohdir[1]. Basralik Hasan ikkinchi xalifa Umar davri tugashidan ikki yil oldin tugʻilgan, Abu Sayid laqabli sunniy islom ulamosi boʻlgan. Maqbara koʻplab qabristonlar joylashgan Zubayr tumanida barpo etilgan[2].
Imom Hasan al-Basriy maqbarasi | |
---|---|
arabcha: مرقد الإمام الحسن البصري | |
Imom Hasan al-Basriy maqbarasi (1960-yil) | |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | ochiq |
Turi | maqbara |
Koordinatalar | 30°23′03″N 47°42′00″E / 30.3842°N 47.6999°E |
Maqbarada Hasan va Ibn Sirin qabri joylashgan boʻlib, bino tepasida oʻyma naqshlar bilan bezatilgan konussimon gumbazli minora mavjud. Minora 1185-yilda 34-abbosiy xalifasi Al-Nosir tomonidan qurilgan boʻlib, saljuqiylar meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Minora pastki qismining diametri yuqori qismidan kattaroqdir. Qabrning shimoliy qismida suvoq bilan ishlangan ikkita ustun oʻrnatilgan. Qabr yonida Al-Naqib oilasining qabri joylashgan xona bor. Hasan al-Basriy ziyoratgohi marmar toshlardan qurilgan[3]. Kichik namozxona ham masjid vazifasini bajaradi.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „119. Zubair – Shrine of Hassan al-Basri“. Cultural Property Training Resource. 2015-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-yanvar.
- ↑ لدليل السياحي للأضرحة والمقامات في العراق – دائرة الأضرحة والمقامات والمراقد السنية العامة – بغداد (ar) — 70–71-bet.
- ↑ دليل الجوامع والمساجد التراثية والأثرية – ديوان الوقف السني في العراق (ar) — 161-bet.