Indoneziyada din
Xitoy, Hindiston va Yevropa bilan yaqin aloqalar tarixan Indoneziya hududida diniy va madaniy xilma-xillikka o`z ta'sirini o`tkazgan. 2000-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra musulmonlar ulushi 86,1%, protestantlar 5,7%, katoliklar 3%, hindular 1,8%, buddistlar va boshqa din tarafdorlari 3,4% ni tashkil etgan.
Indoneziya konstitutsiyasining 29-moddasida davlat yagona Xudoga ishonishga asoslanganligi va fuqarolarning diniy e'tiqod erkinligi huquqlarini kafolatlashi aytilgan. Mamlakatning mustaqillik uchun kurashi davrida ishlab chiqilayotgan konstitutsiya loyihasining muqaddimasida musulmonlar shariat qonunlariga rioya qilishi zarurligi qayd etilgan, biroq bu ibora 1945-yil, avgustda loyihadan olib tashlangan[1]. Ayrim partiya va harakatlarning 1999-2002-yillardagi konstitutsiyaviy islohot davrida konstitutsiyaning 29-moddasiga shar'iy eslatmalar kiritishga urinishlari muvaffaqiyatsiz tugagan[1].
"Rasman tan olingan" (masalan, aholini ro'yxatga olishda) oltita (1978-yildan 1998-yilgacha beshta) din: islom, protestantizm, katoliklik, hinduizm, buddizm va konfutsiylik. 1965-yilda Prezident Sukarno tomonidan e'lon qilingan asl ro'yxatga konfutsiylik kiritilgan edi, lekin u 1979-yilda Suxarto hukumati tomonidan "rasmiy" dinlar ro'yxatidan olib tashlangan. Shu sababli mamlakat aholisi 1971-yil aholini ro`yxatga olishda konfutsiylikni o'zlarining dini sifatida ko'rsatishlari mumkin edi, lekin keyingilarida emas (1980, 1990, 2000), konfutsiylik tarafdorlari (musulmon, nasroniy yoki buddist bo'lmaganlar) "boshqalar" deb qayd etilgan ro`yxatga olishlarda[2].
Islom
tahrirIndoneziya eng ko'p musulmon istiqomat qiladigan dunyo mamlakati bo'lib, u yerda islomga e'tiqod qiluvchilar soni 88% dan oshadi [3]. An'anaga ko'ra, musulmon aholisi mamlakatning eng zich joylashgan g'arbiy qismida, Yava va Sumatra orollarida to'planishgan. Sharqiy orollarda musulmonlar ulushi ancha kam. Mamlakat musulmonlarining aksariyati sunniylar, garchi Jakarta mintaqasida bir millionga yaqin shialar bor bo`lishsa ham.
Ko`pchiligi musulmon boʻlgan gʻarbiy Hindiston savdogarlari XII asrdan boshlab Indoneziyaning gʻarbiy orollariga bora boshladilar. Bu omil mahalliy aholiningislom bilan tanishuviga, uni yaxshi ko`rib qolishiga sabab bo`ladi. Musulmonlarning odobi, savdodagi halolligi mahalliy aholi qalbida Islomga muhabbatni uyg`otdi. Shu bilan birga ulardan oldinroq, tahminan VIII asrlarda ham arab savdogarlarining ushbu orollarga tashrif buyurganligi haqida dalillar mavjud, ammo bu aholining ommaviy islomlashuviga olib kelmagan. XIII-XV asrlarda bu hududda islom dini keng tarqaldi va ravnaq topdi, aholi hayotining barcha sohalariga singib keta boshladi. Savdo munosabatlari kabi din g'arbdan sharqqa tarqaldi, shimoliy Sumatradan boshlab, so'ngra Yavaga va XV asrga kelib Malay yarim oroligacha kirib bordi. XVI asrga kelib, hindularning aksariyati faqat Bali orolidagina qoldi. Animist bo'lgan sharqiy orollarning aholisi keyingi asrlarda yoki islomni yoki nasroniylikni qabul qiladi.
Majapahitning so'nggi Hindu qirolligi boshqa bir islomlashgan "Demak" sultonligining kuchayishi sabab XV asr oxiri va XVI asr boshlarida o'z ta'sirini yo'qotadi va 1520-yilda qulaydi. Yevropa mustamlakasi, paradoks ravishda, islomning tarqalishiga ham hissa qo'shdi. Musulmon savdogarlari yirik portlarni tark etib, unchalik ahamiyatli boʻlmagan portlarga koʻchib oʻtishga majbur boʻldilar, bu esa dinning olis qishloqlarda tarqalishiga olib keldi. Mamlakat mustaqillikka erishgandan so`ng va bugungi kungacha islom dini o‘z mavqeini mustahkamlab bormoqda. Soʻnggi oʻn yilliklardagi ichki koʻchishlar islom geografiyasini kengaytirib, sharqiy, asosan nasroniy hududlarida musulmonlar ulushini oshirdi.
Eslatmalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 {{{заглавие}}}.
- ↑ Leo Suryadinata, Evi Nurvidya Arifin, Aris Ananta „Five religions: a multi-religious society“, . Indonesia's population: ethnicity and religion in a changing political landscape. Institute of Southeast Asian Studies — 103-104-bet. ISBN 9812302182.
- ↑ Suryodiningrat, Meidyatama. „Who Are Indonesians?“. The Jakarta Post (2006-yil 2-oktyabr). 2006-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 2-oktyabr.
Adabiyotlar
tahrir- Popov, I. (2017), Buku rujukan semua aliran dan perkumpulan agama di Indonesia [Справочник всех религиозных течений и объединений в Индонезии], Singaraja: Toko Buku Indra Jaya
Havolalar
tahrirBu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |