Inju
Inju (moʻgʻulcha) — oʻrta asrlarda Moʻgʻulistonda xotin kishining sepi (qaramogʻidagi kishilar bilan birga), shuningdek, chingiziy shahzodalarning ulus mulklari. Masalan, Oʻqtoyxon Chigʻatoyxonga Movarounnahrni 1239 yil Inju tarzida bergan. Hulokuiylar davlati hududida inju — shaxsan xon va xonzodalarga tegishli yerlar (arab, xossa, xoss inju shundan). Inju, shuningdek, turli unvondagi kishilarni, masalan, elxon, uning xotinlari yoki shahzodalarga mansubligini (baʼzan ularning yer-mulklari bilan birga) anglatgan[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |