Inoyatullaxon

1929-yilda Afgʻoniston podshohi

Inoyatullaxon (pushtuncha/dariycha: عنايت الله خان) (1888-yil 20-oktyabr – 1946-yil 12-avgust) 1929-yil yanvarda uch kunlik Afgʻoniston podshohi. Afgʻon amiri Habibullaxonning oʻgʻli. Inoyatullaning qisqa muddatli hukmronligi uning taxtdan ketishi bilan yakunlangan.

Inoyatullaxon
عنايت الله خان
Afgʻoniston podshohi

Inoyatullaxon portreti, 1929-yil
Afgʻoniston podshohi
Saltanat 1929-yil 14-yanvar – 1929-yil 17-yanvar
Oʻtmishdoshi Omonullaxon
Davomchisi Habibulloh Kalakoniy (Kobulda)
Ali Ahmadxon (Jalolobodda)
Tugʻilishi 20-oktyabr 1888-yil
Kobul, Afgʻoniston amirligi
Vafoti 12-avgust 1946-yil(1946-08-12)
(57 yoshda)
Tehron, Eron shohligi
Turmush oʻrtogʻi Xayriya xonim afandi
Sulola Barakzoi sulolasi
Otasi Habibullo
Onasi Jamol begim

Xon pushtunlar oilasida tugʻilgan. Omonullaxon 1929-yil 14-yanvarda yarim tunda podshohlikni akasi Inoyatullaxonga topshirib, Kobuldan yashirincha Qandahorga qochishga harakat qiladi. Habibulloh Kalakoniy va uning izdoshlari Omonullaning Rolls-Royce mashinasini otda quvib ketishdi, ammo Omonulla qochishga muvaffaq boʻladi.

Podshoh ketishi bilan Kalakoniy podshoh Inoyatullaga yo taslim boʻlish yoki urushga tayyorgarlik koʻrish uchun xat yozadi. Inoyatullaning javobi shundaki, u hech qachon shoh boʻlishni istamagan va xohlamagan va 1929-yil 17-yanvarda Kalakoniy foydasiga taxtdan voz kechib, shoh deb eʼlon qilishga rozi boʻlgan. Inayatulloh Buyuk Britaniya Qirollik havo kuchlari[1] tomonidan Kobuldan havo yoʻlida olib ketilgan va umrining qolgan qismini surgunda oʻtkazgan. 1929-yil avgust oyida, Afgʻon fuqarolar urushi (1928–1929) davrida Kobulda Kalakaoniylarga qarshi kuchlar orasida Inoyatulla nomi bilan zarb qilingan rupiyalar aylanib yurgani haqida mish-mishlar tarqaldi. Bu baʼzilarni Inaytulla afgʻon taxtiga daʼvogarlik qila boshlagan degan fikrga olib keldi. Biroq, bundan hech narsa chiqmadi va mish-mishlar tezda barham topdi[2]. Inoyatulla Eronda qoldi va 1946-yilda Tehronda vafot etdi.

Oilasi

tahrir
 
Inoyatulla oilasi bilan

Inoyatulla va turmush oʻrtogʻi Xariyaning (Mahmud Tarziyning qizi) Xalilulloh Siroj (1910-yilda tugʻilgan), Ruhulla Siroj (1911-yilda tugʻilgan, 1913-yilda vafot etgan), Mastura Siroj, Humayra Siroj, Hamidulla Inoyat Siroj (1923-yilda tugʻilgan), Ruqiya Siroj (1918-yilda tugʻilgan), Hamida Siroj (1920-yilda tugʻilgan), Xayrulla Inoyat Siroj (1921-yilda tugʻilgan), Ismatullo Inoyat Siroj (1922-yilda tugʻilgan), Latija Siroj (1923-yilda tugʻilgan), Anisa Siroj (1923-yilda tugʻilgan), Nafisa Siroj (1925-yilda tugʻilgan) ismli farzandlari boʻlgan.

Manbalar

tahrir
  1. „RAF 'Heroes of Kabul': 80th Anniversary. Royal Air Force official website“. 2016-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 1-yanvar.
  2. Muḥammad, Fayz̤; Hazārah, Fayz̤ Muḥammad Kātib. Kabul Under Siege: Fayz Muhammad's Account of the 1929 Uprising (en). Markus Wiener Publishers, 1999 — 232, 233-bet. ISBN 9781558761551. 

Havolalar

tahrir
Inoyatullaxon
Tavalludi: 20-oktyabr 1888 Vafoti: 12-august 1946
Humkdorlik unvoni
Oʻtmishdoshi:
Omonullaxon
Afgʻoniston podshohi
1929
Vorisi:
Habibulloh Kalakoniy
(Kobulda)
Ali Ahmadxon (Jalolobodda
)