Iran Air Tours -‎ bosh qarorgohi Tehronda joylashgan Eron aviakompaniyasi. Aviakompaniya Iran Airning sho'ba korxonasi sifatida tashkil etilgan bo'lib, ichki va xalqaro yo'nalishlarga rejali va charter reyslarni amalga oshiradi.

Tarix tahrir

1973-yilda Iran Air kompaniyasi Iran Air Tours deb nomlangan sho'ba aviakompaniyasini tashkil qildi.Yangi aviakompaniya 1990-yillarning boshida rejalashtirilgan ichki reyslarni boshladi. Aviakompaniya parki asosan Sovet Ittifoqida ishlab chiqarilgan Tu-154M samolyotlaridan iborat edi.Bir muncha vaqt Yak-42D va IrAn-140-100 Faraz samolyotlari ishlatilgan. Kompaniya shuningdek,bir nechta Tu-204SM samolyotlarini olishi kerak edi,ammo o'sha paytda Rossiya tomonidan qo'llab-quvvatlangan AQShning Eronga qarshi iqtisodiy embargosi tufayli ular etkazib berilmadi.

2011-yil fevral oyida Tu-154 samolyotining ishlashi to'xtatildi. Buning o'rniga McDonnell Duglas MD-82 va MD-83 samolyotlari foydalanishga topshirildi. Ikkita A300, bitta A320, bitta A310, ikkita Boeing 737 Classics qisqa muddatlarda foydalanilgan.2017-yil iyun oyida aviakompaniya Airbus bilan 45 ta A320neo samolyotiga buyurtma berish bo'yicha o'zaro anglashuv memorandumini imzolagani e'lon qilindi. 2018-yil aprel oyida aviakompaniya yigirmata Sukhoi Superjet 100 samolyotlarini sotib olish bo'yicha shartnoma imzoladi. 2018-yilda kompaniya parkiga bittadan A320-200 va bittadan A300-600 kirdi.

Yo'nalishlar tahrir

 
Tu 154M
 
MD-82
Fleet Iran Air Tours
samolyot turi Ishda Buyurtma qilingan Yo'lovchi sig'imi Eslatmalar
F C Y Jami
Airbus A300-600 bitta 280
Airbus A320-200 bitta 174 174
McDonnell Duglas MD-82 to'rtta 143



</br> 147



</br> 150



</br> 172
143



</br> 147



</br> 150



</br> 172
Yana ikkitasi omborda.
McDonnell Duglas MD-83 bitta 155 155
Airbus A320neo 45 TBA
Sukhoi Superjet 100 20 [1] TBA
Jami 7 65

Baxtsiz hodisalar va halokatlar tahrir

1993-yil 8-fevralda Mehrobod xalqaro aeroporti yaqinida Tu-154M samolyoti Eron harbiy-havo kuchlarining Su-24 qiruvchisi bilan havoda to‘qnashib ketadi.To'qnashuv natijasida 133 kishi halok bo'ladi - Su-24 uchuvchisi, 12 ekipaj a'zosi va Tu-154 bortida bo'lgan 119 yo'lovchi.

2002-yil 12-fevralda 956-reysning Tu-154M samolyoti Xorramobod aeroportiga tushayotganda kuchli yomg‘ir,qor va qalin tuman vaqtida Sefid Kuh tog‘larida qulab tushdi. Barcha 12 ekipaj a'zosi va 107 yo'lovchi halok bo'ldi.

2006-yilning 1-sentabrida Bandar Abbos aeroportidan 945-reysni amalga oshirayotgan Tupolev Tu-154M samolyoti bortida 11 nafar ekipaj aʼzolari bor edi va bundan tashqari 137 nafar yoʻlovchisi bilan Eronning Mashhad xalqaro aeroportiga qoʻnayotganda yonib ketadi.Bortdagi 28 kishi halok bo'lgan edi.

Adabiyotlar tahrir

Manbalar tahrir