Dizpul
Dizpul — Eronning jan.gʻarbidagi shahar. Diz daryosining soʻl sohilida. Xuziston viloyati tarkibida. Axoliyey 202,6 ming kishi (1997). D. yonidan xalqaro temir yoʻl va neft quvuri oʻtgan. Sholi oqlash, paxta tozalash va konserva zavodlari, teriga ishlov berish korxonalari bor. Hunarmandchilik (gilam toʻqish va b.) rivojlangan. Teri va jun mahsulotlari bilan savdo qilinadi. Daryoga 22 ravoqli koʻprik-toʻgʻon qurilgan (7-asr). Shahar nomi ham shundan.
AdabiyotTahrirlash
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |