Irgʻay (lotincha: Cotoneaster) — raʼnodoshlar oilasiga mansub butalar turkumi. Yevropa, Osiyo va Afrikada 100 dan ortiq turi mavjud. Oʻzbekistonda esa 6 turi maʼlum. Gullari oq, mayda, 5—20 tadan shingilsimon toʻplangan. Mevasi ikki danakchali. Choʻl, adirlar va togʻlarda toshloq yon bagʻirlarida oʻsadi. Ayrim turlari (masalan, Cotoneaster melanocarpa) manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi.[1]

Irgʻay

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil