Isiriq
Isiriq (lotincha: peganum) — tarkibida alkaloidlar bo‘lgan, xalq tabobatida shifobaxsh vosita sifatida turli yo‘llar bilan (jumladan, tutatib) foydalanib kelinadigan, isiriqdoshlar oilasiga mansub koʻpyillik yovvoyi o‘t o‘simlik[1].
Boʻyi 60-70 sm. Poyasi bir nechta, sershox. Barglari kulrang yoki yashil. Gullari sargʻish-oq, shoxining uchida. Mevasi dumaloq koʻsakcha. 6 turi maʼlum. Oʻzbekistonda 1 turi (Peganum harmala) oʻsadi. Choʻl va yarim choʻllarda, aholi yashaydigan yerlarda, ekinlar orasida va togʻ yon bagʻirlarida uchraydi. Tarkibida alkaloidlar (garmin, garmalin, peganin va b.), yogʻ, boʻyoq kabi moddalar bor. Urugʻidan jun gazlama va shoyilar uchun boʻyoq olinadi. Badboʻy islarni yoʻqotish, har xil ofatlarni qaytarish maqsadida ham isiriqdandan foydalaniladi.
Tibbiyotda
tahrirTabobatda qadimdan turli kasalliklar (tutqanoq, tomoq ogʻrigʻi, zaxm)ni davolashda, siydik haydovchi, terlatuvchi vosita sifatida ishlatiladi. Abu Ali Ibn Sino isiriqni quymich asablari shamollaganida, tizza va suyaklar qaqshab og‘riganida, og‘riq qoldiruvchi omil sifatida ishlatishni tavsiya etgan[2]. Bundanda tashqari isiriqdan olingan alkaloidlar ekstraktining grippning oldini olish borasidagi fundamental tadqiqotlar e’lon qilingan[3]; isiriq tarkibidagi alkaloidlarning shishlarga qarshi samarali vosita ekani isbotlangan[4]; isiriq alkaloidlarining zararli mikroorganizmlarning rivojlanishini to‘xtatishi ma’lum qilingan[5]. Isiriq tutatilganda α-pinen, limonen va stirenlar ajraladi va bu birikmalar mikroorganizmlarni dezinfeksiya qilish xususiyatiga ega.
Ta’qiqlarga uchrashi
tahrirBelarusda garmalin va garmin (isiriq) tibbiy maqsadlarda ishlatilmaydigan, xavfli psixotrop modda deb topilgan[6]. Isiriq 2024-yilda Rossiyada davlat nazorati ostida bo‘lishi shartligi belgilangan giyohvandlik vositalari ro‘yxatiga kiritilgan[7].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2023 — 964-bet. ISBN 978-9943-8834-4-4.
- ↑ „Isiriq“. Qaraldi: 22-fevral 2024-yil.
- ↑ Moradi, Mohammad-Taghi; Karimi, Ali; Rafieian-Kopaei, Mahmoud; Fotouhi, Fatemeh (2017-09-01). „In vitro antiviral effects of Peganum harmala seed extract and its total alkaloids against Influenza virus“. Microbial Pathogenesis. 110-jild. 42–49-bet. doi:10.1016/j.micpath.2017.06.014. ISSN 0882-4010.
{{cite magazine}}
: no-break space character in|title=
at position 3 (yordam) - ↑ Lamchouri, F; Settaf, A; Cherrah, Y; Zemzami, M; Lyoussi, B; Zaid, A; Atif, N; Hassar, M (1999-11-01). „Antitumour principles from Peganum harmala seeds“. Therapie. 54-jild, № 6. 753–758-bet. ISSN 1958-5578. PMID 10709452.
- ↑ Nenaah, Gomah (2010-10-01). „Antibacterial and antifungal activities of (beta)-carboline alkaloids of Peganum harmala (L) seeds and their combination effects“. Fitoterapia. 81-jild, № 7. 779–782-bet. doi:10.1016/j.fitote.2010.04.004. ISSN 0367-326X.
- ↑ „Isiriq – giyohvand modda. Belarus “xavfli o‘simlik” importini taqiqladi“ (21-avgust 2021-yil). Qaraldi: 22-fevral 2024-yil.
- ↑ „Rossiyada isiriq taqiqlangan o‘simliklar ro‘yxatiga kiritildi“ (19-fevral 2024-yil). Qaraldi: 22-fevral 2024-yil.