Iskandar koʻprik
Iskandar koʻprik — Qumqoʻrgʻon tumanida Termizni Chagʻaniyon va Hisor bilan bogʻlovchi qad. savdo yoʻlida Bandixonsoy ustiga qurilgan. Iskandar koʻprikning qurilgan davri nomaʼlum. Abdullaxon davri (1557—98)da qayta qurilgan. Gʻisht koʻprik, Tosh koʻprik va Iskandar Zulqarnayn koʻprigi deb nomlangan. Umumiy uz. 70 m, oʻtish qismining eni — 5,75 m, bal. — 12,1 m, ravoqqanoti — 5,8 m, pishiq gʻisht (25x25x5; 26x28x4—4,5; 27x29x5 sm)dan qurilgan. Usti 3 qism (yoʻlovchi, transport va suv oʻtishi uchun nov)dan iborat. Ra-voqlari qirgʻogʻidagi tirgaklarga tayangan. Iskandar koʻprikning sharq va gʻarb tomonidagi tirgaklari buzilgan. Ravoq ustunlari (1950) va suv oʻtkazish uchun nov (1927) betondan ishlangan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |