IslomobodPokistonning poytaxti, mamlakatning shimoli-sharqida, Himolay togʻlari etagida, Potvar platosidagi vodiyda, 550 m balandlikda joylashgan. Iqlim sharoiti juda qulay, iyulda eng yuqori temperatura 39°, yanvar da eng past temperatura 3°.

Islomobod maʼmuriy jihatdan markaziy hukumat tomonidan boshqariladigan federal poytaxt okrugi. Aholisi 529,2 ming kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni. Xalqaro aeroport bor. Oziqovqat, yengil sanoat korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. Islomobodni qurish toʻgʻrisidagi qaror 1959 yilda qabul qilingan. Shaharni qurish 1961 yildan, avval poytaxt boʻlib turgan Ravalpindi sh.dan 28 km narida boshlandi. Islomobod mahalliy meʼmoriy xu-susiyatlar bilan uygʻunlashtirilgan holda qoz. zamon Yevropa shaharlari uslubida qurilgan. Shaqar muntazam rejaga ega va zonalarga boʻlingan. I.da Atom energiyasi instituti, Islomshunoslik instituti, Milliy kutubxona bor. [1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil