Islomov Oʻtkir (1932.22.11, Toshkent - 2013) — arxeolog olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), tarix fanlari doktori (1978).

Toshkent pedagogika institutining tarix fakultetini tugatgan (1956). Arxeolog, O’zbekistonning mezolit davri tarixini tadqiq qilgan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya intida ilmiy xodim, katta ilmiy xodim (1964-70). 1970-yildan shu institutning Toshkent boʻlimida arxeologiya va tosh davri boʻlimi mudiri. Ilmiy asarlari, asosan, mezolit davriga bagʻishlangan. U mezolit davrini tarixiy davr sifatida Urta Osiyoda birinchi bor ochib berdi; arxeologik manbalarga asoslangan izlanishlari bilan insoniyatning Oʻzbekiston xududida 1 mln. yil mukaddam vujudga kelganligini ilmiy ravishda isbotladi.Toshkent pedagogika institutining tarix fakultetini tugatgan (1956). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutida ilmiy xodim, katta ilmiy xodim (1964-70). 1970-yildan shu institutning Toshkent boʻlimida arxeologiya va tosh davri boʻlimi mudiri. Zarafshon quyi oqimida qazuv ishlari bilan bir vaqtda Farg‘ona, Toshkent, Surxondaryo viloyatlaridagi mezolit davri yodgorliklarini o‘rganish bilan ham shug‘ullangan. 5. “O‘rta Osiyo mezoliti” mavzusidagi doktorlik ishini muvaffaqiyatli himoya qildi (1977 y.). O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma arxeologik ekspeditsiyasi rahbari bo‘lib, ushbu ekspeditsiya tomonidan Toshkent viloyatidagi Obirahmat g‘oridan bundan 50 ming yil ilgari yashagan neandertal va zamonaviy qiyofadagi tiplar oralig‘idagi inson tipining bosh chanog‘i qoldiqlarini topib o‘rganildi. Selung‘ur manzilgohining quyi qatlamlaridan topilgan bundan qariyb 1 mln yil ilgari yashagan arxantrop qoldiqlarining topilishi juda katta ilmiy yangilik sifatida e’tirof etildi. Akademik O‘.I. Islomov 160 dan ortiq ilmiy nashrlar muallifidir va ilmiy–ommabop nashrlar muallifidir. Bulardan eng asosiylari “Pervobitnaya kultura v nizovyax Zarafshana”, T., 1966, “Peshera Machay”, T., 1975, “Obishirskaya kultura”, T., 1980, “U istokov drevney kulturы Tashkenta”, T., 1988, “Kultura kamennogo veka Sentralnoy Fergani”, T., 1995, “Paleoekologiya i sledы drevneyshego cheloveka Sentralnoy Azii”, T., 1995. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), tarix fanlari doktori (1978). Beruniy nomidagi davlat mukofoti laureati (1985 y).

Manbalar tahrir

  • Pervobitnaya kultura v nizovyax Za-rafshana, T., 1966; Peshera Machay, T., 1975; Obishirskaya kultura, T., 1980; U istokov drevney kulturi Tashkenta, T., 1988; Kultura kamennogo veka Sentralnoy Fergani, T., 1995; Paleoekologiya i sledi drevneyshego cheloveka Sentralnoy Azii, T., 1995.[1]



  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil