Ismoil Haniyaning oʻldirilishi

Ismoil Haniyaning oʻldirilishi – 2024-yil 31-iyulda HAMAS yetakchisi Ismoil Haniya Tehrondagi uyida prezident Masʼud Pizishkiyonning inauguratsiya marosimida qatnashayotgan vaqtda oʻldirilgan. Haniyaning oʻlimi sabablari tekshirilmoqda[1].

Ismoil Haniyaning oʻldirilishi
Joylashgan Tehron, Eron
Sana 31-iyul, 2024-yil(2024-07-31)
Nishon Ismoil Haniya
Hujum turi
Aviazarba (taxminiy)
Halok boʻlganlar 2

Tarixi

tahrir
 
Ismoil Haniya (oʻrtada). 2024-yil 30-iyul.

Ismoil Haniya 1980-yildan Hamas harakati aʼzosi hisoblanadi. 2017-yilda Hamas harakatining yetakchisi etib tayinlanadi. AQSh Davlat departamenti 2018-yilda Haniyani terrorchi deb eʼlon qiladi[2].

Oʻldirilishi

tahrir

Ismoil Haniyaning oʻldirilgani haqidagi dastlabki xabarni Eron Islom Inqilobi Qoʻriqchilari Korpusi (IIQK) tarqatadi. Korpus uning oʻlimi holatlari boʻyicha cheklangan maʼlumotlarni taqdim etgan va voqea tergov qilinayotganini bildirgan. Hamas tarqatgan xabarga koʻra, Haniya havo hujumi natijasida oʻldirilgan.

Keyingi maʼlumotlarga koʻra u og‘irligi taxminan 7 kg bo‘lgan jangovar kallakli qisqa masofaga uchuvchi snaryad yordamida o‘ldirilgan. Suiqasd Isroil tomonidan AQSh hukumati ko‘magi bilan rejalashtirilgan va amalga oshirilgan[3]. Bundan keyin Erondagi obroʻli harbiylar va razvedka xodimlari soʻroq qilinib, ularning bir qismi esa hibsga olingan[4].

Qarshi javob

tahrir

31-iyul kuni Erondagi Jamkaron masjidining asosiy gumbazida Ismoil Haniya uchun oʻch olish belgisi sifatida qizil bayroq koʻtariladi. Shia anʼanalariga koʻra qizil bayroq koʻtarilishi adolatsiz qon toʻkilganini va oʻldirilgan odamdan qasos olishga chaqiriqni anglatadi. 2024-yil yanvar oyida Kermondagi qabristonda sodir boʻlgan portlashida oʻnlab odamlar halok boʻlganida va 2020-yil yanvarida Qosim Sulaymoniy oʻldirilganida ham qizil bayroq koʻtgarilgan edi[5].

Dafn marosimi

tahrir
 
Eron oliy raxnamosi Ali Homanaiy Haniyaning janoza namozini oʻqimoqda. Tehron, 1-avgust 2024-yil.

1-avgust kuni Tehronda Haniyaning janoza marosimi boʻldi. 2-avgustda Doʻhada dafn qilinadi[6].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Tehronda HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya o‘ldirildi“. kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 31-iyul.
  2. Wong, Vicky „Israel-Gaza war: Hamas leader Ismail Haniyeh says three sons killed in air strike“. bbc.com (2024-yil 11-aprel). Qaraldi: 2024-yil 31-iyul.
  3. Kun.uz. „Eron Ismoil Haniya o‘limi bo‘yicha tafsilotlarni ma’lum qildi“ (2024-yil 3-avgust). Qaraldi: 2024-yil 16-avgust.
  4. Kun.uz. „Eronda Ismoil Haniyaning o‘ldirilishidan keyin keng ko‘lamli hibsga olishlar yuz berdi“ (2024-yil 3-avgust). Qaraldi: 2024-yil 16-avgust.
  5.   RIA Novosti(rus.) Telegram mesenjerida
  6. „Eronda HAMAS rahbari Ismoil Haniyaning dafn marosimi boshlandi“. daryo.uz. Qaraldi: 18-oktyabr.