Ismoil Haniya

Falastinlik siyosatchi, Hamas siyosiy byurosining raisi (2017–2024)

Ismoil Haniya (arabcha: إسماعيل هنية)(1962/1963-yil 29-yanvar – 2024-yil 31-iyul) — Hamas yetakchisi, falastinlik siyosatchi. 2007–2024-yillarda Gʻazo sektorini boshqargan[1]. U 2024-yil 31-iyulda Eronda o‘ldirilgan[2] va to vafotigacha Qatarda istiqomat qilgan[3].

Ismoil Haniya
Ismoil Abdusalom Ahmad Haniya
Falastin muxtoriyati bosh vaziri
Mansab davri
2006-yil 29-mart – 2014-yil 2-iyun
Prezident Mahmud Abbos
Aziz Dweik
Avvalgisi Ahmed Qurei
Keyingisi Rami Hamdallah
Gʻazo sektoridagi Hamas hukumati rahbari
Mansab davri
2014-yil 2-iyun – 2017-yil 13-fevral
Yetakchi Khaled Mashal
Keyingisi Yahyo Sinvar
Hamas siyosiy byurosi raisi
Mansab davri
2017-yil 6-may – 2024-yil 31-iyul
Vorisi Yahyo Sinvar
Avvalgisi Khaled Mashal
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1963-yil 29-yanvar
Vafoti 31-iyul 2024-yil(2024-07-31)
(61 yoshda)
Tehron, Eron
Oʻlim sababi suiqasd
Bolalari 13 ta (shundan 3 tasi vafot etgan)
Istiqomat joy(lar)i Doʻha, Qatar
Alma mater Gʻazo islom universiteti

Haniya 1963-yilda Misr tomonidan bosib olingan Gʻazo sektoridagi ash-Shati qochqinlar lagerida tug‘ilgan. U Gʻazo islom universitetida arab adabiyoti boʻyicha tahsil olgan va u yerda ilk marotaba Hamas bilan aloqada boʻlgan.

Haniya 2006-yilgi Falastin qonunchilik saylovlarida gʻalaba qozongan va shu tariqa Falastinning bosh vaziri boʻlgan. Biroq, 2007-yilning 14-iyun sanasida Falastin milliy maʼmuriyati prezidenti Mahmud Abbos Haniyani lavozimidan ozod qilgan. Haniya esa oʻsha paytda davom etayotgan Fatah–Hamas mojarosi tufayli Abbosning buyrugʻini tan olmasdan, Gʻazo sektorida bosh vazirlik qilishda davom etgan[4].

Haniya 2006-yildan to 2017-yilning fevraligacha boʻlgan oraliqda G‘azo sektoridagi Hamas yetakchisi boʻlgan, uning o‘rniga esa Yahyo Sinvar kelgan. 2017-yilning 6-mayida Haniya Xolid Mashal o‘rniga Hamas siyosiy byurosining raisi etib saylanadi va u Gʻazo sektoridan Qatarga koʻchib keladi[5][6]. 2024-yilning 31-iyuliga kelib, Eronning ommaviy axborot vositalari Haniyaning Eronga tashrifi chog‘ida o‘ldirilgani haqida xabarni berishdi[7].

Hayoti

tahrir

Ismoil Abdusalom Ahmad Haniya Misr tomonidan bosib olingan G‘azo sektoridagi ash-Shati qochqinlar lagerida asli falastinlik boʻlgan musulmon oilada tavallud topgan[8][9]. Uning ota-onasi 1948-yilgi Arab-Isroil urushi paytida sodir boʻlgan quvgʻindan oldin hozirgi Ashkelonda istiqomat qilishgan[10][11]. U oilasini boqish uchun yoshligidan Isroilda ishlagan[12].

Dastlab, Haniya BMT qoshidagi maktabda oʻqigan. Soʻngra, Gʻazo islom universitetiga oʻqishga kirgan va u yerda arab adabiyoti boʻyicha tahsil olib, uni 1987-yilda bitirgan[10][11][13]. Universitetda oʻqib yurgan paytlarida, u Hamas bilan ilk aloqalarini boshlagan[11]. 1985–1986-yillarda Musulmon birodarlar vakili sifatida talabalar kengashiga rahbarlik qilgan[13]. Bundan tashqari, u „Islom uyushmasi“ nomli jamoada yarim himoyachi sifatida futbol oʻynagan[13]. U Isroil ishgʻoliga qarshi „Ilk Intifada“ (inglizcha: „First Intifada“) boshlanib, Isroilga qarshi norozilik namoyishlarida qatnashgan paytlarida oʻqishni bitirgan[11].

Dastlabki faolligi

tahrir

Haniya „Ilk Intifada“ norozilik namoyishlarida qatnashgan va Isroil harbiy sudi tomonidan qisqa muddatga qamoq jazosiga hukm qilingan[10][11]. U 1988-yilda yana Isroil tomonidan hibsga olingan va 6 oy davomida turmada boʻlgan[10][11]. 1989-yilga kelib esa, yana 3 yil muddatga qamalgan[8][10][11].

Haniya 1992-yilda qamoqdan ozod etiladi[8][14] va bosib olingan Falastin yerlaridagi Isroil harbiy maʼmuriyati uni Hamasning yuqori martabali rahbarlari Abdel Aziz al-Rantisi, Mahmoud al-Zahar, Aziz Dweik va boshqa 400 nafar faollar bilan birga Livanga deportatsiya qilishadi[11]. Ular Livan janubidagi Marj al-Zohurda bir yildan koʻproq vaqt davomida qolishdi[8]; BBC News maʼlumotlariga koʻra, Hamas „OAVga misli koʻrilmagan taʼsir oʻtkazib, butun dunyoga tanildi“[11]. Haniya 1993-yil dekabrda G‘azoga qaytadi va G‘azo Islom universitetiga dekan etib tayinlanadi[11][15].

Siyosiy faoliyati

tahrir

Isroil 1997-yilda Ahmed Yassinni qamoqdan ozod qilganidan soʻng, Haniya uning oʻng qoʻli va kotibiga aylalanadi[8][11]. Uning Hamas ichidagi nufuzi Ahmed Yassin bilan munosabatlari tufayli oʻsib boradi va u Falastin maʼmuriyatiga vakil etib tayinlanadi[11]. Uning Hamasdagi mavqei „Ikkinchi Intifada“ (inglizcha: Second Intifada) davrida Ahmed Yassin bilan munosabatlari va Hamas rahbariyatining koʻp qismi Isroil xavfsizlik kuchlari tomonidan oʻldirilgani sababli mustahkamlanib boradi. U Isroil fuqarolariga qarshi hujumlarda ishtirok etgani uchun Isroil Mudofaa kuchlari tomonidan nishonga olingan boʻlib, u 2003-yilda Quddusda sodir etilgan Hamas rahbariyatini yo‘q qilishga qaratilga Isroil havo kuchlarining bomba hujumi natijasida qo‘lidan yengil jarohat oladi[16]. Haniya 2005-yil dekabr oyida Hamasga rahbarlik qilish uchun saylanib, keyingi oyda Qonunchilik Kengashi saylovlarida g‘alaba qozonadi. Haniya 2016-yilda bo‘lib o‘tgan saylovda Khaled Mashal oʻrniga Hamas yetakchisi lavozimini egalladi[17].

Bosh vazir

tahrir
 
Gʻazoda politsiya kuchlarining bitiruv marosimi, 2012-yil 16-iyun
 
Haniya Turkiya Madaniyat vaziri Numan Kurtulmuş bilan, 2012-yil 20-noyabr
 
Haniya va Khaled Mashal Gʻazoda, 2012-yil 8-dekabr

Haniya 2006-yil 25-yanvarda Hamasning “O‘zgarishlar va islohotlar ro‘yxati” (inglizcha: „List of Change and Reform“) g‘alabasidan so‘ng 2006-yil 16-fevralda Falastin bosh vaziri lavozimiga tayinlanadi[8][18]. 20-fevralda prezident Mahmud Abbosga uning nomzodi rasman taqdim etiladi[8] va 2006-yil 29-martda u bosh vazirlikka qasamyod qiladi[10].

Gʻarb reaksiyasi

tahrir

Isroil saylovdan keyin Falastin maʻmuriyatiga qarshi bir qator jazo choralarini, jumladan, iqtisodiy sanksiyalarni amalga oshiradi. Bosh vazir vazifasini bajaruvchi Ehud Olmert Isroil tomonidan Falastin maʼmuriyati nomidan undiriladigan (har oyda taxminan 50 million dollar) soliq tushumini Falastin maʼmuriyatiga oʻtkazmasligini eʼlon qiladi. Haniya sanksiyalarni rad etib, Hamasni qurolsizlantirmasligini va Isroilni tan olmasligini aytadi.

Bundan soʻng AQSh Falastin maʼmuriyati uchun sarflanmagan 50 million dollarlik xorijiy yordam mablagʻlarini qaytarishni talab qiladi, Falastin iqtisodiyot vaziri Mazen Sonokrot esa bunga rozi boʻladi[19]. AQSh va Yevropa Ittifoqining yordami yoʻqligi haqida Haniya shunday izoh berdi:

„Gʻarb har doim oʻz xayriyalaridan Falastin xalqiga bosim oʻtkazish uchun foydalanadi“[20].

Hamasning 2006-yilgi saylovlardagi g‘alabasidan bir necha oy o‘tgach, Haniya AQSh prezidenti George W. Bushga maktub yo‘llab, unda „Amerika hukumatini saylangan hukumat bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borishga“ chaqiradi, Isroil bilan uzoq muddatli sulh tuzishni taklif qiladi. Shu bilan birga 1967-yilgi chegaralar doirasida Falastin davlatini qabul qiladi va xalqaro boykotni tugatishga chaqiradi hamda buni „zo‘ravonlik va tartibsizlikni rag‘batlantirishi“ni da’vo qiladi. AQSh hukumati esa unga javob bermaydi va oʻz boykotini davom ettiradi[21].

Mahmud Abbos bilan tortishuv

tahrir

Abbosning yangi saylovlarga chaqirig‘ini to‘xtatish uchun u bilan kelishuvga erishilgan bo‘lishi kerak edi. Lekin 2006-yil 20-oktabrda, Fatah va Hamas o‘rtasidagi fraksiyalar to‘qnashuvini tugatish bo‘yicha kelishuv arafasida Haniya G‘azoda o‘qqa tutiladi va mashinalardan biriga o‘t qo‘yiladi[22]. Hujumda Haniya jarohat olmaydi. Hamas manbalarining ta’kidlashicha, bu suiqasd ham boʻlmagan. Falastin ma’muriyati xavfsizlik manbalarining xabar berishicha, hujumchilar Hamas bilan to‘qnashuvda halok bo‘lganlar Fatah rahbarining qarindoshlari bo‘lishgan[23].

G‘azoga qaytish taqiqlangan

tahrir

2006-yil 14-dekabrda Fatah-Hamas mojarosi avj olgan paytda Rafoh chegara o‘tish punktida Haniyani Misrdan G‘azoga kirgizishmagan. Bunga Isroil mudofaa vaziri Amir Peretzning chegara punktini yopish haqidagi buyrug‘i sabab boʻlgan. Bu esa Haniyaning bosh vazir sifatida xorijga qilgan ilk rasmiy safaridan G‘azoga qaytayotgan payti edi. Uning yonida Falastin maʼmuriyatining toʻlovlari uchun moʻljallangan 30 million dollarga yaqin naqd pul boʻlgan. Keyinroq Isroil hukumati Haniyaga pulni Misrda qoldirgan taqdirda chegarani kesib o‘tishga ruxsat berishini ma’lum qildi va xabarlarga ko‘ra, pul Arab davlatlari uyushmasi bank hisobiga o‘tkaziladi. Hodisaga javoban Rafah chegara o‘tish punktida Hamas va Falastin prezidenti gvardiyasi o‘rtasida otishma sodir bo‘lgani xabar qilindi. Xabar qilinishicha, o‘tish joyini boshqargan Yevropa Ittifoqi kuzatuvchilari xavfsiz evakuatsiya qilingan[24]. Keyinchalik Haniya chegarani kesib o‘tmoqchi bo‘lganida, otishma natijasida bir tansoqchi halok bo‘ladi va buning natijasida Haniyaning to‘ng‘ich o‘g‘li yaralanadi. Hamas bu voqeani raqib Fatahning Haniyaning hayotiga suiqasd sifatida qoralaydi, bu esa G‘arbiy Sohil va G‘azo sektorida Hamas va Fatah kuchlari o‘rtasida otishmalarga sabab bo‘ldi. Haniyaning so‘zlariga ko‘ra, u jinoyatchilar kimligini biladi, lekin ularning shaxsini ochiqlashdan bosh tortib, Falastinni birdamlikka chaqiradi. Shundan keyin Misr vaziyatga vositachilik qilishni taklif qiladi[25].

2007-yil martdagi Falastin milliy birligi hukumati

tahrir
 
Haniya va Eron Oliy Rahbari Ali Xomanaiy (2012-yil)

Haniya 2007-yil 15-fevralda Hamas va Fatah o‘rtasida milliy birdamlik hukumatini tuzish jarayonining bir qismi sifatida iste’foga chiqadi[26]. U yangi hukumat rahbari sifatida 2007-yil 18-martda Fatah va Hamas siyosatchilarini o‘z ichiga olgan yangi hukumatni tuzadi[27].

2007-yil 14-iyunda G‘azo jangi paytida prezident Mahmud Abbos 2007-yil mart oyida birlik hukumati tarqatib yuborilganini va favqulodda holat e’lon qilinganini maʼlum qiladi[28][29]. Haniya ishdan chetlatiladi va Abbos prezident farmoni bilan G‘azo hamda Gʻarbiy sohilni boshqaradi[4].

G‘azo jangidan so‘ng

tahrir

Taxminan 2016-yilda Haniya G‘azodan Qatarga ko‘chib o‘tadi. Uning Doʻhada idorasi bo‘lgan[30].

2016-yil 13-oktabrda Falastin Qonunchilik Kengashining (inglizcha: „Palestinian Legislative Council“ yoki qisqa qilib „PLC“) Yuridik qo‘mitasi Haniya hukumatini 2014-yil 2-iyunda iste’foga chiqqanidan keyin G‘azo sektoriga qaytish to‘g‘risidagi iltimosni ma’qullaydi. Bu Haniyaning iste’foga chiqishidan keyin hukumatning muvaffaqiyatsizliklari tufayli g‘azablangan Hamas parlamenti a’zolari tomonidan taqdim etilgan tadqiqot bo‘yicha Falastin Qonunchilik Kengashi (inglizcha: „Palestinian Legislative Council“ yoki qisqa qilib „PLC“) ko‘rib chiqishi munosabati bilan amalga oshirildi. Hamasning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv hukumatining „2014-yilgi kelishuv hukumatini shakllantirish uchun Hamas va Falastin ozodlik tashkiloti fraksiyalari o‘rtasidagi ichki kelishuvdan voz kechishi va bir qator vazirlarni Fatah rahbarlari bilan almashtirish — uni Fatah hukumatiga aylantirish“ni qoraladi. Falastin Qonunchilik Kengashi (inglizcha: „Palestinian Legislative Council“ yoki qisqa qilib „PLC“) tavsiyasi va Hamasning iltimosiga qaramay, kelishuv hukumati va Fatah press-relizda uning noqonuniyligi va Hamas nazorati ostidagi G‘azo va G‘arbiy sohil o‘rtasida keyingi bo‘linishlar xavfini keltirishini aytib, iltimosni rad etdi[31].

Hamas siyosiy byurosi rahbari

tahrir

2016-yil noyabr oyida Haniyaning Hamas yetakchisi sifatida Khaled Mashaalning oʻrniga oʻtishi haqida xabarlar tarqaladi[5]. Khaled Mashaal, Haniya va Falastin prezidenti Mahmud Abbos Qatarda uchrashib, milliy yarashuv va boʻlajak milliy saylovlarni muhokama qilishadi[32]. Ushbu uchrashuv Haniyaning boshqa ikki ehtimoliy nomzod, Hamasning yuqori martabali a’zosi Mousa Abu Marzook va Hamas yetakchisi Mahmoud al-Zahar ustidan tanlanganidan dalolat berardi[33]. Haniy 2017-yil 6-mayga kelib esa Hamas siyosiy byurosi rahbarligiga saylanadi[10][34]. Harakat tomonidan e‘lon qilingan hujjatda u Falastinni 1967-yil „Olti kunlik urush“ natijasida belgilangan chegaralarda tan olgani va uning asosiy dushmani "sionistlar tomonidan bosib olish loyihasi" ekanligi ta‘kidlangan[10].

U 2018-yilda AQSh Davlat departamenti tomonidan maxsus belgilangan global terrorchilar ro‘yxatiga kiritilgan[8][35][10].

Haniya sentabr oyida G‘azo hududini tark etib, yangi vazifasiga tayyorgarlik ko‘rish uchun bir qator arab va musulmon davlatlariga tashrif buyurdi va rasman Qatar poytaxti Doʻhaga ko‘chib o‘tdi[36]. Hamas siyosiy byurosi rahbari G‘azo sektoridan tashqarida yashashi taxmin qilinmoqda[5].

2020-yil fevral oyida Haniya Turkiya prezidenti Recep Tayyip Erdoğan bilan uchrashuv o‘tkazdi. AQSh Davlat departamenti shunday bayonot berdi:

Prezident Erdo‘g‘onning ushbu terroristik tashkilot bilan doimiy aloqalari Turkiyani xalqaro hamjamiyatdan izolyatsiya qilishga xizmat qiladi, Falastin xalqining manfaatlariga zarar yetkazadi va G‘azo hududidan boshlangan teraktlarning oldini olish bo‘yicha global sa’y-harakatlarga to‘sqinlik qiladi[37].

2020-yil avgust oyida Haniya Mahmud Abbosga qo‘ng‘iroq qilib, Isroil va BAA o‘rtasidagi me’yorlashtirish shartnomasini (inglizcha: „Israel–United Arab Emirates normalization agreement“) rad etdi, Reuters buni „birlikning noyob namoyishi“ deb atadi[38].

2022-yilda Haniya Rossiyaga tashrif buyurib, TIV rahbari Sergey Lavrov qabulida bo‘ladi va Hamas „Rossiya tashqi siyosatidagi ko‘plab pozitsiyalar“da hamfikr ekanini aytadi[10].

Haniya 2023-yil 26-iyul kuni Recep Tayyip Erdoğan va Falastin prezidenti Mahmud Abbos bilan uchrashdi. Uchrashuv ortida Turkiyaning Fatahni Hamas bilan yarashtirishga urinishlari turardi[39].

Isroil–Hamas urushi

tahrir

2023-yil 7-oktabrda, Hamas Isroilga hujum qilgan kuni Haniya Turkiyaning Istanbul shahrida boʻlgan[40]. Haniya televideniye orqali nutq so‘zlab, Al-Aqso masjidiga tahdidlar, Isroilning G‘azoni qamal qilishi va falastinlik qochqinlarning og‘ir ahvolini tilga oldi:[41]

Falastin xalqi 75-yildan beri qochqinlar lagerlarida yashayotgani haqida necha marta ogohlantirganmiz, siz esa xalqimizning huquqlarini tan olmayapsiz?[41]

10-oktabr kuni Haniyaning aytishicha, Hamas urush tugamaguncha hech qanday isroillik asirlarni ozod qilishni ko‘rib chiqmaydi. U Isroilning qasos olish ko‘lami 7 oktyabrdagi hujumning mamlakatga "teskari ta’sirini" aks ettirgan va G‘azodagi falastinliklar „o‘z erkinligi va qadr-qimmati uchun barcha qimmatbaho narsalarni qurbon qilishga tayyor„ ekanini taʼkidlagan. Uning qo‘shimcha qilishicha, Isroil oʻzining jinoyatlari va terrorizm (Falastin xalqiga qarshi) uchun og‘ir tovon to‘laydi[42].

2023-yil 15-oktabrda „Times of Israel“ nashri Haniya Turkiyadan xushmuomalalik bilan jo‘natilganini ma’lum qilgan edi; Turkiya bu xabarlarni rasman inkor etdi[43]. Shundan so‘ng Haniya Qatarning Doʻha shahrida Eron tashqi ishlar vaziri Hossein Amir-Abdollahian bilan uchrashdi[44].

2023-yil 16-oktabr kuni Haniya va Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Hamasning Isroilga hujumi paytida garovga olinganlarni ozod qilish masalasini muhokama qilishdi[45]. 2023-yil 21-oktyabr kuni Haniya Turkiya prezidenti Recep Tayyip Erdoğan bilan Isroil–Hamas urushidagi so‘nggi voqealar va G‘azodagi hozirgi vaziyat haqida suhbatlashdi[46].

2023-yil 1-noyabrda Haniya Isroil Hamasning yuqori martabali a’zosi Ibrahim Biariga qarshi operatsiyada Jabalia qochqinlar lageriga hujum uyushtirganidan keyin Isroilni „qurolsiz tinch aholiga nisbatan vahshiyona qirg‘inlar“ sodir etganlikda aybladi va „Falastinliklar „ozodlik, mustaqillik va qaytish bo‘yicha qonuniy huquqlarini“ qo‘lga kiritmaguncha janglar davom etishiga qaror qildi“[47].

2023-yil 2-noyabrda Haniya agar Isroil o‘t ochishni to‘xtatishga va G‘azoga ko‘proq yordam olib kirish uchun gumanitar yo‘laklar ochishga rozi bo‘lsa, Hamas Falastinning poytaxti sifatida Quddus bilan ikki tomonlama yechim bo‘yicha siyosiy muzokaralarga tayyorligini aytdi hamda „isroillik asirlar xalqimiz bilan bir xil vayronagarchilik va o‘limga duchor bo‘lishadi“ deb qo‘shimcha qildi[48].

13-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan so‘rov shuni ko‘rsatdiki, Haniya Falastin davlati prezidenti lavozimiga amaldagi Mahmud Abbosni mag‘lub etadi (Haniya uchun 78%, Abbos uchun 16%)[49]. Biroq, Haniya, Mahmud Abbos va Marwan Barghouti o‘rtasidagi uch tomonlama musobaqada Haniya 43% va Abbos 7% va Barghouti 47% bilan g‘alaba qozondi. Hozirda Barghouti Isroil tomonidan izolyatsiya qamog‘ida[50].

Sud ishi

tahrir

2024-yil 20-may kuni Xalqaro jinoiy sud (inglizcha: „International Criminal Court“, qisqacha — „ICC“ yoki „ICCt“) prokurori Karim Ahmad Khan Falastindagi ICC tergovining bir qismi sifatida Isroil–Hamas urushi paytida bir nechta harbiy va insoniyatga qarshi jinoyatlari uchun Haniya, shuningdek, boshqa Falastin va Isroil rahbarlari uchun hibsga olish uchun order so‘ragan[51][52].

Qarashlari

tahrir

Rim papasi Benedikt XVI bilan Islom bo‘yicha bahs

tahrir

Haniya 2006-yilda Rim papasi Benedikt XVIning Islom haqidagi so‘zlariga keskin e’tiroz bildirdi:

Falastin xalqi nomidan biz Rim papasining Islom haqidagi fikrlarini qoralaymiz. Bu gaplar haqiqatga zid bo‘lib, e’tiqodimizning ko‘ksiga tegadi“.

Shuningdek, u G‘arbiy Sohil va G‘azodagi cherkovlarga Falastin hujumlarini qoraladi[53].

Isroil bilan munosabatlar

tahrir

2006-yil avgust oyida bosh vazir sifatida Erondagi ilk xorijiy tashrifi chogʻida shunday degan:

Biz hech qachon zo‘ravon sionistik hukumatni tan olmaymiz va Quddus ozod qilingunga qadar jihodga xos harakatimizni davom ettiramiz[54].

2010-yil dekabr oyida G‘azodagi matbuot anjumanida esa shunday degan:

Biz 1967-yil chegaralarida poytaxti Quddus bo‘lgan Falastin davlatini, falastinlik mahbuslarni ozod qilishni va qochqinlar masalasini hal qilishni ma’qullaymiz.

U bundan tashqari, agar Falastin saylovchilari Isroil bilan tinchlik bitimini ma’qullashsa, uning hukumati bu borada Hamasning avvalgi pozitsiyalariga qaramay, unga rioya qilishini aytgan[55].

Haniya 2014-yil 23-mart kuni Shayx Ahmad Yassinning o‘ldirilganiga o‘n yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkazilgan festivalda Hamas tarafdorlari oldida nutq so‘zlab, shunday degan:

G‘azo ichkarisidan turib qayta-qayta aytaman: Isroilni tan olmaymiz... Afsuski, G‘azo qamali tobora kuchayib bormoqda[56].

Usoma bin Lodin

tahrir

2011-yil 2-mayda Usoma bin Lodin AQSh tomonidan o‘ldirilgan va qotillik Hamasning raqibi Fatah tomonidan maqtovga sazovor bo‘lgan[57]. Haniya esa Usoma bin Lodinni „arablarning muqaddas jangchisi“ deya taʼriflab[58], uning qotilligini „Amerika zulmining davomi, musulmonlar va arablarning qoni to‘kilishi“ deb qoralagan[57]. Siyosiy tahlilchilarning ta’kidlashicha, bu mulohazalar G‘azo sektoridagi qarama-qarshiliklarni Al-Qoida tomonidan ruhlantirilgan salafiylar bilan yumshatishga urinish bo‘lib, ular Hamasni haddan tashqari mo‘tadil deb qoralaydi[57]. Yana bir tahlilchining yozishicha, Haniyaning bayonoti arablarga qaratilgan boʻlib, u Hamasni Fatahdan farqlash va Antiamerikanizmdan foydalanish imkonini ko‘rgan[59]. AQSh hukumati esa uning so‘zlarini „haqoratomuz“ deb baholadi[60].

Shaxsiy va oilaviy hayoti

tahrir
 
Haniya Qosim Sulaymoniyning dafn marosimida Ali Xomanaiyning orqasida turibdi.

Haniya o‘z amakivachchasi Amal Haniyaga uylangan va ularning 13 farzandi bor (8 oʻgʻil va 5 qiz)[61], lekin ulardan 3 tasi 2024-yilda o‘ldirilgan[10]. Uning oilasi 2009-yilda G‘azo sektorining shimoliy qismidagi Al-Shati qochqinlar lagerida istiqomat qilgan[13]. 2010-yilda Haniya G‘azo shahrining sohil bo‘yidagi Rimal mahallasidan 2500 kvadrat metr (0,6 akr) yer maydonini sotib oldi[61]. Haniya yerni kuyovining nomiga ro‘yxatdan o‘tkazib bergan[61]. Keyinchalik, Haniya qo‘shimcha uylar sotib olib, ularni farzandlarining nomiga ro‘yxatdan o‘tkazib bergan[61]. Haniya 2014-yilgi Ynet maqolasiga ko‘ra, millionerga aylanib ketgan. Aytishlaricha, Uning boyligi Misrdan G‘azo sektoriga tunnellar orqali kiritilayotgan barcha mahsulotlardan olinadigan 20 foizlik soliqdan kelib chiqqan ekan[61]. Haniyaning katta o‘g‘li G‘azoga bir necha million dollar olib kirmoqchi bo‘lganida Rafah chegara punktida Misr tomonidan hibsga olingan[61].

Haniyaning opa-singillari Kholidia, Laila va Sabah Isroil fuqarolari bo‘lib, ular Isroil janubidagi Tel Sheva nomli badaviylar shahrida yashaydi[62]. Kholodia avval Tel Shevaga ko‘chib o‘tdi, keyin esa, uning ikki singlisi ham Haniyaga ergashishdi[62]. Kholodianing eri: „Bu yerda bizning turmushimiz odatdagidek, biz buni davom ettirishni istaymiz“, — dedi[62]. Laila va Sabah ikkalasi ham beva, ammo Isroil fuqaroligini saqlab qolish uchun Tel Shevada qolishadi[62]. Uch opa-singilning ba’zi farzandlari Isroil mudofaa kuchlarida (IDF) xizmat qilgan[62].

2012-yil boshida Isroil hukumati Haniyaning singlisi Suhila Abd el‑Salam Ahmed Haniya va uning G‘azodagi shifoxonalar davolayolmaydigan og‘ir yurak xastaligiga duchor boʻlgan erini shoshilinch davolash uchun sayohat qilish iltimosini qondirdi[63]. Ular Isroilning Petah Tikva shahridagi Rabin tibbiyot markazida muvaffaqiyatli davolanishdan so‘ng G‘azoga qaytib kelishdi. Haniyaning nabirasi 2013-yil noyabr oyida va qaynonasi esa 2014-yil iyun oyida Isroil shifoxonasida davolangan[64]. 2014-yilning oktabr oyida, 2014-yilgi Isroil-G‘azo urushidan bir necha oy o‘tgach, Haniyaning qizi shoshilinch davolanish uchun Tel-Avivdagi Isroil shifoxonasida bir hafta davolandi[64].

2016-yil sentabrida Haniya rafiqasi va ikki o‘g‘li bilan Makkaga haj qilish uchun G‘azodan jo‘nab ketadi. Kampaniya boshlanishi sifatida talqin qilingan bu safar Mashalning o‘rniga Haniya kelishi kerakligi haqidagi xabarlarni tasdiqladi[65]. U 2020-yilda Eronning Tehron shahriga Qosim Sulaymoniyning dafn marosimiga borgan[66][67].

Haniya 2023-yildan boshlab Qatarda yashagan[68][69][70][71].

Isroil tomonidan oila a’zolarining o‘ldirilishi

tahrir

2023-yilning oktabr oyida uning oilasining 14 a’zosi Isroilning G‘azo shahridagi uyiga uyushtirgan hujumida halok bo‘ladi, ular orasida ukasi va jiyani ham boʻlgan[72].

2023-yil noyabr oyida uning nabirasi Roaa Haniya G‘azo shahrida Isroil havo hujumida halok bo‘lgani xabar qilingandi[73][74]. Shu oyning oxirida uning toʻngʻich nabirasi ham Isroil hujumida halok boʻladi[75][73].

2024-yilning 10-aprelida uning uch o‘g‘li Hazem, Amir va Muhammad hamda uning to‘rt nevarasi Isroilning G‘azo sektorida avtomobilga uyushtirilgan havo hujumida halok bo‘ladi[76][77][78]. Shu kundayoq uning 3 o‘g‘il va 3 nabirasi vafot etadi[78][77]. „The New Arab“ nashrining xabar berishicha, oʻsha mashinada bo‘lgan Malak ismli yana bir nabirasi bir haftadan keyin olgan jarohatlari tufayli vafot etadi[79]. BBC 4 nevaralarini Mona, Amal, Khaled va Razan deb atagan[76]. Isroil Haniyaning o‘g‘illarini Hamas a’zolari ekanligini va „terroristik harakatlarni amalga oshirish yo‘lida“ligini da’vo qilgan[79]. Boshqa manbalarda aytilishicha, havo hujumi vaqtida oila a’zolari birga Qurbon hayitini nishonlash uchun yo‘lga chiqishgandi[80]. Middle East Eye mobil telefonda suratga olingan videoni e’lon qildi, unda Haniyaning nevaralaridan biri „Isroilning halokatli zarbasidan bir necha daqiqa oldin“ hayajonlanib „Hayit keldi!“ deb baqirayotgani ko‘rsatilgan[81].

2024-yil 25-iyun kuni uning 10 nafar oila a’zolari, jumladan, 80 yoshli singlisi al-Shati qochqinlar lageridagi Isroil havo hujumida halok bo‘ladi[82][83].

Vafoti

tahrir

Ismoil Haniya 2024-yil 31-iyulda Tehrondagi uyida prezident Masʼud Pizishkiyonning inauguratsiya marosimida qatnashayotgan vaqtida oʻldirilgan[84][85][86]. Hamasning taʼkidlashicha, u „sionistik“ havo hujumi natijasida halok bo‘lgan[87][88]. „Al-Arabiya“ esa, buning sababi portlashdan ikki oy oldin yashirilgan bomba boʻlishi mumkin degan[89]. O‘sha paytda, Haniya 62 yoshda edi. The New York Timesning yozishicha, u 2 oy oldin mehmonxonaning xonasida yashiringan masofadan portlatilgan portlovchi qurilma yordamida o‘ldirilgan[90].

2024-yil 1-avgust kuni Tehronda Haniyaning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi, unda Eron Oliy Rahbari Ali Xomanaiy imomlik qildi. Haniyaning jasadi keyin Qatarga olib ketilgan va Doʻhada dafn etilgan[91][92].

Manbalar

tahrir
  1. Alshawabkeh, Lina „Who are the leaders of Hamas?“ (en-GB). BBC News (2023-yil 17-oktyabr). 2023-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-fevral.
  2. „Hamas's Ismail Haniyeh killed in Tehran home“ (en). The Jerusalem Post (2024-yil 31-iyul). Qaraldi: 2024-yil 31-iyul.
  3. „Ismail Haniyeh“ (en). Counter Extremism Project. 2023-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
  4. 4,0 4,1 „Abbas sacks Hamas-led government“ (2007-yil 14-iyun). 2007-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-iyun.
  5. 5,0 5,1 5,2 „Ex-Gaza leader Haniyeh reportedly to replace Mashaal as Hamas head“ (2016-yil 5-sentyabr). 2023-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-iyun.
  6. Akram, Fares „Hamas says Ismail Haniyeh chosen as Islamic group's leader“. Yahoo News. Associated Press (2017-yil 7-may). 2017-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 7-may.
  7. Livingstone, Helen. „Middle East crisis: Hamas says leader Ismail Haniyeh killed in Iran – latest updates“. The Guardian.
  8. 8,0 8,1 8,2 8,3 8,4 8,5 8,6 8,7 Kun.uz. „O‘tmishdagi aktyor, basketbolchi, shifokor: HAMAS yetakchilari haqida nimalar ma’lum?“ (2023-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 16-avgust.
  9. „Profile: Ismail Haniya, Hamas' political chief“ (en). Al Jazeera (2017-yil 9-may). Qaraldi: 2024-yil 5-iyun.
  10. 10,00 10,01 10,02 10,03 10,04 10,05 10,06 10,07 10,08 10,09 10,10 Kun.uz. „Hamasning o‘ldirilgan yetakchisi Ismoil Haniya haqida nimalar ma’lum?“ (2024-yil 31-iyul). Qaraldi: 2024-yil 16-avgust.
  11. 11,00 11,01 11,02 11,03 11,04 11,05 11,06 11,07 11,08 11,09 11,10 11,11 „Profile: Hamas PM Ismail Haniya“ (2006-yil 14-dekabr). 2021-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-iyun.
  12. „Legitimacy of Israel's War on Hamas Undermined by Civilian Toll“ (en-US). Diplomacy in Ireland - The European Diplomat (2024-yil 13-yanvar). 2024-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 1-may.
  13. 13,0 13,1 13,2 13,3 Macintyre, Donald. „Hamas PM Ismail Haniyeh at war with Israel – and his own rivals“ (2009-yil 3-yanvar). 2022-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-iyun.
  14. Kun.uz. „Hamasning o‘ldirilgan yetakchisi Ismoil Haniya haqida nimalar ma’lum?“ (2024-yil 31-iyul). Qaraldi: 2024-yil 16-avgust.
  15. Kun.uz. „Hamasning o‘ldirilgan yetakchisi Ismoil Haniya haqida nimalar ma’lum?“ (2024-yil 31-iyul). Qaraldi: 2024-yil 16-avgust.
  16. Kun.uz. „Hamasning o‘ldirilgan yetakchisi Ismoil Haniya haqida nimalar ma’lum?“ (2024-yil 31-iyul). Qaraldi: 2024-yil 16-avgust.
  17. Lieber, Dov. „Khaled Mashaal to step down as Hamas leader – report“ (2016-yil 15-iyun). 2016-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-iyun.
  18. Kun.uz. „Hamasning o‘ldirilgan yetakchisi Ismoil Haniya haqida nimalar ma’lum?“ (2024-yil 31-iyul). Qaraldi: 2024-yil 16-avgust.
  19. „PNA agrees to return 50-million-dollar fund to US“. Xinhua (2006-yil 19-fevral). 2008-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  20. „Hamas dismisses Israeli sanctions“. BBC (2006-yil 20-fevral). 2006-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-iyun.
  21. Ravid, Barak. „In 2006 letter to Bush, Haniyeh offered compromise with Israel“ (2008-yil 14-noyabr). 2015-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-iyun.
  22. „Haniya unhurt in convoy shooting“. BBC (2006-yil 20-oktyabr). 2008-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-iyun.
  23. „he:יועצו של הנייה: התקדמות משמעותית במשא ומתן לשחרור החייל גלעד שליט“ (he). Haaretz (2006-yil 20-oktyabr). 2006-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  24. „Palestinian PM denied Gaza entry“. BBC (2006-yil 14-dekabr). 2015-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-iyun.
  25. „Egypt seeks to ease Gaza tensions“. BBC (2006-yil 15-dekabr). 2015-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-iyun.
  26. „Palestinian unity deal under way“. BBC (2007-yil 15-fevral). 2007-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-iyun.
  27. Palestine (West Bank and Gaza) Education System and Policy Handbook Volume 1 Strategic Information and Developments (en). Lulu.com, 3 March 2008 — 15-bet. ISBN 978-1-4330-6755-6. 
  28. „Abbas Dissolves Palestinian Authority Government in Wake of Hamas-Fatah War“. Fox News (2007-yil 14-iyun). 2007-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 14-iyun.
  29. Levinson, Charles; Matthew Moore. „Abbas declares state of emergency in Gaza“. The Daily Telegraph (2007-yil 14-iyun). 2007-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 14-iyun.
  30. Rothwell, James „The Hamas leader behind group's deadliest attack on Israel“. The Telegraph (UK) (2023-yil 8-oktyabr). 2023-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-noyabr.
  31. Abu Amer, Ahmad. „Hamas calls for return of Haniyeh's government“ (en-us) (2016-yil 21-oktyabr). 2023-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-iyun.
  32. Khoury, Jack. „Abbas, Hamas leaders hold first talks in two years to discuss Palestinian unity“ (2016-yil 27-oktyabr). 2016-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-iyun.
  33. Alabbasi, Mamoon „Will there be changes under new Hamas and Fatah leaders?“. Middle East Online (2016-yil 15-noyabr). 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-dekabr.
  34. Kun.uz. „Hamasning o‘ldirilgan yetakchisi Ismoil Haniya haqida nimalar ma’lum?“ (2024-yil 31-iyul). Qaraldi: 2024-yil 16-avgust.
  35. „State Department Terrorist Designations of Ismail Haniyeh, Harakat al-Sabireen, Liwa al-Thawra, and Harakat Sawa'd Misr (HASM)“. U.S. Embassy in Israel. US Department of State (2018-yil 31-yanvar). 2023-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-dekabr.
  36. Issacharoff, Avi. „Shadowy Hamas official with ties to Iran tapped to lead Gaza“ (2016-yil 14-noyabr). 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-iyun.
  37. „US Criticizes Turkey for Hosting Hamas Leaders“. Voice of America News (2020-yil 26-avgust). 2020-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-iyun.
  38. Farrell, Stephen. „Israel hails UAE deal but Palestinians – and settlers – dismayed“. Reuters (2020-yil 13-avgust). 2020-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-sentyabr.
  39. „Erdogan hosts PA's Abbas, Hamas head Haniyeh to prepare for détente talks“. The Times of Israel (2023-yil 26-iyul). 2023-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-oktyabr.
  40. Tastekin, Fehim „Eying Gaza mediator role, Turkey cools Hamas ties, Erdogan restrains rhetoric“. Al-Monitor (2023-yil 22-oktyabr). 2023-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-noyabr.
  41. 41,0 41,1 Lubell, Maayan; Al-Mughrabi, Nidal; Awad, Ammar. „Israel vows 'mighty vengeance' after surprise attack“. Reuters (2023-yil 7-oktyabr). 2023-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-dekabr.
  42. „Haniyeh says Israeli prisoner issue won't be dealt with until war ends“. Middle East Monitor (2023-yil 11-oktyabr). 2023-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-noyabr.
  43. Berman, Lazar. „Ankara officially denies booting Hamas chief over October 7 massacres“. The Times of Israel (2023-yil 23-oktyabr). 2023-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-dekabr.
  44. Pacchiani, Gianluca. „Report: Hamas chiefs were asked to leave Turkey after October 7 attacks“. The Times of Israel (2023-yil 23-oktyabr). 2023-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-oktyabr.
  45. „Turkey discusses with Hamas the release of civilian hostages -foreign ministry source“. Reuters (2023-yil 16-oktyabr). 2023-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-oktyabr.
  46. „Turkey's Erdogan discussed Gaza with Hamas leader - Turkish presidency“. Reuters (2023-yil 21-oktyabr). 2023-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-oktyabr.
  47. „Hamas leader accuses Israel of 'barbaric massacres' after refugee camp hit“. Al Jazeera (2023-yil 1-noyabr). 2023-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-noyabr.
  48. „Haniyeh says Hamas ready for negotiations on a two-state solution if Israel stops war on Gaza“. Al-Ahram (2023-yil 1-noyabr). 2024-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-noyabr.
  49. Laub, Karin. „Palestinian poll shows a rise in Hamas support and close to 90% wanting US-backed Abbas to resign“. Associated Press (2013-yil 13-dekabr). 2023-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-dekabr.
  50. „Israel Finally Reveals New Location for Marwan Barghouti“. The Palestine Chronicle (2023-yil 17-dekabr). 2023-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-dekabr.
  51. Khan, Karim A.A. „Statement of ICC Prosecutor Karim A.A. Khan KC: Applications for arrest warrants in the situation in the State of Palestine“ (2024-yil 20-may). 2024-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-may.
  52. Kottasová, Ivana „EXCLUSIVE: ICC seeks arrest warrants against Sinwar and Netanyahu for war crimes over October 7 attack and Gaza war“ (en). CNN (2024-yil 20-may). 2024-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-may.
  53. Fisher, Ian. „Pope Apologizes for Uproar over His Remarks“ (2006-yil 16-sentyabr). 2009-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 5-may.
  54. „Palestinian prime minister vows not to recognize Israel“. USA Today (2006-yil 8-dekabr). 2006-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-sentyabr.
  55. „Hamas vows to honor Palestinian referendum on peace with Israel“. Retuers (2010-yil 1-dekabr). 2015-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-iyun.
  56. al-Ghoul, Asmaa „Low turnout at Hamas rally sign of declining support?“. Al Monitor (2014-yil 27-mart). 2024-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-iyun.
  57. 57,0 57,1 57,2 al-Mughrabi, Nidal „Abbas government welcomes bin Laden death, Hamas deplores“. Reuters (2011-yil 2-may). 2017-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-iyun.
  58. „Bush, victims, world leaders react to bin Laden's death“ (en). NBC News (2011-yil 2-may). 2023-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 1-may.
  59. Lazar Berman.. „Did Hamas Really Just Say That?“. American Enterprise Institute (2011-yil 2-may). 2023-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-noyabr.
  60. Gollust, David „US: Hamas Leader's bin Laden Remarks 'Outrageous'“. Voice of America (2011-yil 3-may). 2012-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-iyun.
  61. 61,0 61,1 61,2 61,3 61,4 61,5 Peskin, Doron. „Hamas got rich as Gaza was plunged into poverty“. Ynet (2014-yil 15-iyul). 2014-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-iyun.
  62. 62,0 62,1 62,2 62,3 62,4 Butcher, Tim. „Hamas leader's three sisters live secretly in Israel as full citizens“ (2006-yil 2-iyun). 2023-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-aprel.
  63. „Hamas PM's brother-in-law treated in Israeli hospital“ (2012-yil 8-avgust). 2018-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-iyun.
  64. 64,0 64,1 Williams, Dan. „Hamas leader's daughter received medical treatment in Israel: sources“. Reuters (2014-yil 19-oktyabr). 2023-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-iyul.
  65. Issacharoff, Avi. „The arcane pathway to Hamas's top post, and who might win it“ (2016-yil 19-sentyabr). 2016-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-iyun.
  66. „Hamas leader Haniyeh attends Soleimani's funeral in Iran“. Arab News. Associated Press (2020-yil 6-yanvar). 2021-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-may.
  67. „Hamas leader attends Soleimani's funeral in Iran“. Al Arabiya English. Associated Press (2020-yil 6-yanvar). 2021-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-may.
  68. Alshawabkeh, Lina „Hamas: Who are the group's most prominent leaders?“. BBC (2023-yil 17-oktyabr). 2023-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-oktyabr.
  69. Dyer, Evan „How tiny Qatar hosts the leaders of Hamas without consequences“. CBC News (2023-yil 18-oktyabr). 2023-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-oktyabr.
  70. Stein, Jeff. „Far from war in Gaza, Hamas chief oversees vast financial network“ (2023-yil 2-noyabr). 2023-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-noyabr.
  71. „Who is Ismail Haniyeh? Senior Hamas leader who leads a lavish lifestyle in Qatar“. The Economic Times (2023-yil 12-oktyabr). 2023-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-dekabr.
  72. Pacchiani, Gianluca. „Israel strikes Gaza home of Hamas political leader-in-exile, killing 14“. The Times of Israel (2023-yil 17-oktyabr). 2023-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-noyabr.
  73. 73,0 73,1 „Granddaughter of Hamas chief Haniyeh reportedly killed in Gaza“. Times of Israel (2023-yil 10-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 1-avgust.
  74. „Granddaughter of Hamas chief Haniyeh reportedly killed in Gaza“. The Times of Israel (2023-yil 10-noyabr). 2023-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-noyabr.
  75. Halabi, Einav. „Palestinian media: Ismail Haniyeh's grandson killed in IDF attack in Gaza“. YNet News (2023-yil 21-noyabr). 2023-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-iyun.
  76. 76,0 76,1 „Israel-Gaza war: Hamas leader Ismail Haniyeh says three sons killed in air strike“. BBC (2024-yil 10-aprel). Qaraldi: 2024-yil 1-avgust.
  77. 77,0 77,1 „Israeli air attack kills 3 children, 3 grandchildren of Hamas leader Haniyeh: Report“. Al Jazeera (2024-yil 10-aprel). 2024-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 10-aprel.
  78. 78,0 78,1 Diamond, Jeremy; Khadder, Kareem; Saifi, Zeena; Brown, Benjamin „Israeli airstrike kills three sons of Hamas political leader in Gaza as ceasefire talks stutter“. CNN (2024-yil 11-aprel). 2024-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-aprel.
  79. 79,0 79,1 „Granddaughter of Hamas chief Ismail Haniyeh dies of wounds sustained in Israeli strike that killed her father, uncles“. The New Arab (2024-yil 15-aprel). Qaraldi: 2024-yil 2-avgust.
  80. „Hamas leader Haniyeh's three sons, four grandchildren killed in Israeli airstrike on Eid day“ (en). The Business Standard (2024-yil 11-aprel). Qaraldi: 2024-yil 1-avgust.
  81. „Video shows Hamas leader Ismail Haniyeh’s granddaughter moments before fatal Israeli strike“. Middle East Eye on YouTube (2024-yil 16-may). Qaraldi: 2024-yil 1-avgust.
  82. „Israeli airstrike kills family members of Hamas political chief“. Voice of America (2024-yil 25-iyun). Qaraldi: 2024-yil 25-iyun.
  83. „Israeli air strike kills 10 family members of Hamas chief Haniyeh in Gaza“. Al Jazeera (2024-yil 25-iyun). Qaraldi: 2024-yil 25-iyun.
  84. „Hamas's political chief Ismail Haniyeh assassinated in Iran“. Al Jazeera (2024-yil 31-iyul).
  85. Mehr News Agency. „Hamas chief Ismail Haniyeh martyred in Tehran“ (inglizcha) (2024-yil 31-iyul). Qaraldi: 2024-yil 31-iyul.
  86. „Tehronda HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya o‘ldirildi“. kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 31-iyul.
  87. Aggarwal, Mithil „Hamas chief Ismail Haniyeh killed in Israeli airstrike in Iran, Hamas says“. NBC (2024-yil 31-iyul). Qaraldi: 2024-yil 31-iyul.
  88. „Palestinian President Abbas 'strongly condemns' killing of Hamas chief Haniyeh“. al-Arabiya (2024-yil 31-iyul). Qaraldi: 2024-yil 31-iyul.
  89. https://ara.tv/j23c7
  90. Bergman, Ronen; Mazzetti, Mark; Fassihi, Farnaz. „Bomb Smuggled Into Tehran Guesthouse Months Ago Killed Hamas Leader“ (en-US). The New York Times (2024-yil 1-avgust). Qaraldi: 2024-yil 1-avgust.
  91. Kun.uz. „HAMAS yetakchisi Ismoil Haniyaning dafn marosimi Dohada bo‘lib o‘tadi“ (2024-yil 1-avgust). Qaraldi: 2024-yil 16-avgust.
  92. „Haniyeh Funeral Procession Under Way In Iran“. RFE/RL (2024-yil 1-avgust).