Isohor Xaimovich Oqilov (1914-yil iyulda Samarqand shahrida dunyoga kelgan. 1988-yil 27-sentabrda Toshkent shahrida vafot etadi) — sovet artisti, raqqos, xoreograf, baletmeyster. Oʻzbekiston SSR xalq artisti (1970).

Isohor Xaimovich Oqilov
Tavalludi 14-iyul 1914-yil
Vafoti 27-sentyabr 1988-yil(1988-09-27)
(74 yoshda)
Toshkent
Kasbi sovet artisti, raqqos, xoreograf, baletmeyster
Mukofotlari Oʻzbekiston SSR xalq artisti (1970)

Tarjamai hol

tahrir

1914-yil 14-iyulda Samarqandda tavallud topgan.

Yosh Isohor raqqosalar oilasida voyaga yetgani uchun bolaligidan san’atga mehr qoʻydi. Juda yaxshi ovoz sohibasi boʻlgani uchun qoʻshiqchilik bilan shugʻullandi.

U ilk ijodiy faoliyatini Samarqanddagi „Koʻk koʻylak“ havaskorlar toʻgaragi asoschisi baletmeyster Ali Ardobus bilan boshladi.

Xoreograf 1928—1929-yillarda Samarqand musiqa va xoreografiya ilmiy-tadqiqot institutida tahsil olib, bir vaqtning oʻzida raqqosa sifatida ham faoliyat yuritgan.

Isohor 1929—1932-yillarda Oʻzbek Davlat musiqali teatri qoshidagi studiyada tahsil olgan.

San’atkor 1929-yilda Qori-Yoqubov taklifiga binoan Samarqand Eksperimental musiqali drama teatri truppasiga aktyor va raqqosa sifatida ishga kiradi.


I.Oqilov 1930-yilda SSSR xalqlari teatrlari va san’atining Butunittifoq olimpiadasida Oʻzbekiston SSR xalq komissarligi qoshidagi Oʻzbek davlat musiqali teatri truppasida raqqosa sifatida ishtirok etib, katta konsert dasturi (“Halima” va “Oʻrtoqlar”) ikkita teatrini sahnaga olib chiqadi.

Oʻzbekiston SSR xalq komissarligi huzuridagi Buxoro davlat yahudiy teatri truppasining baletmeysteri boʻlib ishlagan.

Teatr rahbariyati topshirigʻiga koʻra iqtidorli yoshlarni izlab, Loxuti teatri sahnasida boʻlajak rafiqasi Margaritani ilk marta koʻradi. 1935-yilda Isohor bilan Margarita oila qurishadi.

G.Loxuti nomidagi Oʻzbekiston SSR xalq komissarligi qoshidagi Davlat teatr bilim yurtida (1932—1939-yillarda Toshkentda yashagan)bir qancha muddat dars bergan hamda uning ilk bitiruvchilaridan edi.

1935—1978-yillarda Oʻzbek ashula va raqs ansambli (1956-yildan «Shodlik» ansambli) bosh baletmeysteri boʻlgan.

1937-yildan Oʻzbekiston davlat filarmoniyasida xoreograf boʻlib ishlagan.

Ulugʻ Vatan urushi yillarida u "Hammasi front va gʻalaba uchun!" shiori ostida front brigadasi konsertlarida ishtirok etgan.[1]

Igor Moiseyev qoʻl ostida Davlat akademik xalq raqs ansamblida amaliyot oʻtagan.

Isohor Oqilov 988 yil 27-sentabrda Toshkent shahrida vafot etadi va Chigʻatoy qabristoniga dafn etiladi.

Oilasi

tahrir

Isohor Oqilov mashhur Oqilovlar sulolasining yorqin vakili - oʻzbek raqqosasi.

  • Onasi — Davoraxonim - Buxoro amiri saroyida raqqosa boʻlgan
  • Rafiqasi - Margarita Oqilova (1919—2015) — raqqosa, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1959), Oʻzbekiston SSR xalq artisti (1970), samarqandlik Buxoro-yahudiylardan edi. U Isohorga turmushga chiqib, 1935-yili Toshkentga keladi.
  • Qizi — Viloyat (1937—2022) — sovet va oʻzbek artisti, raqqosa, xoreograf, baletmeyster, Oʻzbekiston SSR xalq artisti (1989).
  • Evarasi (Viloyatning nabirasi) – Lena – raqqosa, “Shalom, Toshkent!” ansambli yetakchi yakkaxoni, “Oʻzbekiston – umumiy uyimiz” madaniyat markazlari festivali gʻolibi, “Isroildagi musiqa va raqs" tanlovi laureati.
  • Qizi - Zulayho - xoreograf, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, Moskonsert yakkaxoni, 1998-yilda Isroilda vafot etgan.
  • Qizi — Gavxar (Galya) — xor dirijyorligi boʻyicha mutaxassis, Isohor Oqilov nomidagi “Aka-uka Oqilovlar” raqs ansambli a’zosi.
  • Nabirasi - Yuriy (Gali oʻgʻli) - “Aka-uka Oqilovlar” raqs ansambli raqs guruhi ishtirokchisi.
  • Nabirasi - Isohor (Gali oʻgʻli) - “Aka-uka Oqilovlar” raqs ansambli guruhi ishtirokchisi.
  • Qizi – Lola – raqqosa, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, Isohor Oqilov nomidagi “Aka-uka Oqilovlar” raqs ansambli asoschisi va ishtirokchisi (ansambl – “Oltin kubok” sovrindori – Sisiliyadagi xalqaro folklor festivalining oliy mukofotini qoʻlga kiritgan).
  • Kuyovi - Malkiyel Oqilov (uylanguncha — Alishayev) — Oʻzbekiston va Isroilda mashhur doirachi, Isohor Oqilov nomidagi “Aka-uka Oqilovlar” raqs ansambli ishtirokchisi.
  • Oʻgʻli — Artur — bastakor, Moskvada yashaydi.

Ijodiy faoliyati

tahrir

Xoreograf oʻn sakkiz yoshida “Charxi du zona” murakkab raqs uslubini mukammal oʻrgangan. U oʻz raqsining ustasi  hisoblangan.

Isohorning ilk ustozlari: Mixalxonim Xaimova (qirgʻiz), Oq Borak, Chervonxon, Poshshoxon, Muhiddin Qori-Yoqubov, Tamaraxonim, Fargʻona raqsi boʻyicha Usta Olim Komilov, koʻhna milliy raqslarda (" Dakalov” , “Mavrigi”, “Soiynoma”, “Ufori chilli”, “Ufor”, “Bulbulcha”, “Arabcha”) - mashhur buxorolik doirachi Oq Latif edi.

U oʻn besh yoshida oʻzbek musiqali teatri boʻlajak artisti sifatida ilk musiqiy asarlarini yaratishni boshlagan.

Buxoro yahudiy davlat musiqali teatrida Buxoro shashmaqomi, oʻzbek va tojik maqomlari qoʻshiqlari kuylaridan foydalanib, yakkaxon va jamoaviy raqslarni sahnalashtirgan.

U rafiqasi Margarita bilan birga Oʻzbekistonning barcha professional raqs jamoalari, “Bahor” davlat raqs ansambli, “Shodlik” ashula va raqs ansambli, “Goʻzal” ansambli va boshqa bir qancha raqs jamaolarini yaratishda oʻz hissasini qoʻshgan.

U ijod faoliyatida Sovet davri odamlari hayoti raqs musiqalaridagi obrazga murojaat qildi. Shunday kompozisiyalardan “Mehnat bayrami”, “Ozodlik davri” syuitalari, “Salom qizlarga”, buxorocha milliy raqs ommaviy ayollar raqsi kiradi.

Isohor mashhur “Lazgi”, “Buxoro yulduzi”, “Sevgi taronasi”, “Munojot” mumtoz raqslarini sahnalashtirgan boʻlib, hanuzgacha ijro etib kelinmoqda.

Raqqosa bor bilim va mahoratini ishga solgan holda sahnalashtirgan katta Buxoro raqsi unga katta shuhrat keltirdi.

Isohor Oqilov shogirdlaridan: Qodir Moʻminov, Nasriddin Shermatov, Dilafruz Jabbarova, Malika Axmedova, Qizlarxon Doʻstmuxamedova, Gulnora Mavayeva, Halima Komilova, Klara Yusupova, Qunduz Mirkarimova, Galiya Izmaylova.

Teatr tomoshalari

tahrir
  • 1939-yil – “Shohida” baleti (bastakor F.S.Tal) – raqqosa, bosh rollardan biri.
  • 1939-yil - "Boʻron" operasi (bastakorlar Muxtor Ashrafiy va Sergey Vasilenko) - Oʻzbek opera va balet teatrida xoreografik sahna koʻrinishlari.
  • 1942-yil – “Ulugʻbek” operasi (bastakor Aleksey Kozlovskiy) – Oʻzbek opera va balet teatrida raqs sahna namoyishi.
  • 1949-yil – “Gulsara” operasi (bastakorlar Reynxold Glier va Tolib Sodiqov) – A.Navoiy nomidagi oʻzbek opera va balet teatrida raqs sahna koʻrinishlari.
  • 1949-yil – “Tohir va Zuhra” operasi (bastakorlar Toʻxtasin Jalilov va Boris Brovsin) – A.Navoiy nomidagi oʻzbek opera va balet teatrida raqs sahna koʻrinishlari.
  • 1958-yil – “Katta sevgi” spektakli (B.Rahmonov pesasi asosida) – Gorkiy nomidagi rus teatrida raqs sahnalari qoʻyilgan.
  • 1969-yil - Toshkent teatri "Suhayl va Mehr" baleti (bastakor M.Leviyev) – raqs sahnasi (Z.Oqilova bilan birgalikda).

Mukofot, unvon va sovrinlar

tahrir
  • 1939-yil - Butunittifoq estrada artistlari tanlovining faxriy diplomi raqs janri boʻyicha.
  • 1942 - Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist.
  • 1951-yil – “Mehnat faxriysi” medali.[2]
  • 1957-yil - Moskva VI xalqaro yoshlar va talabalar festivali laureati (“Bahor” oʻzbek ayollar raqs jamoasi rahbari sifatida).
  • 1959-yil — «Faxriy nishon» ordeni — oʻzbek san’ati va adabiyotini rivojlanishidagi oʻrinli xizmalari uchun hamda Moskva oʻzbek san’ati va adabiyoti dekadasi munosabati bilan.[3]
  • 1970 -yil - Oʻzbekiston SSR xalq artisti.
  • 1977-yil – adabiyot, san’at, me’morchilik  sohasida namoyish etilgan “Sevgi taronasi”, “Buxoro yulduzi”, “Dil kuylasin”, “Uzum terimi”, “Eron”, “Tojik”, “Xorazm” raqslarini sahnalashtirgani uchun Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti laureati.

Xotira

tahrir
  • • Toshkent koʻchalaridan biriga Isohor Oqilov nomi berildi. 2013-yilda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qarori bilan koʻcha Koʻhinur koʻchasi deb oʻzgartirildi.
  • Toshkentda Isohor Oqilov yashagan Buyuk Ipak yoʻli dahasi, 11-uyda yodgorlik taxtasi oʻrnatilgan.
  • Isroilda “Aka-uka Oqilovlar” raqs ansambliga Isohor Oqilov nomi berilgan.

Bibliografiyasi

tahrir
  • Каримова Р. З. Узбекские танцы в постановке Исахара Акилова / под общей редакцией доктора искусствоведения, профессора М. Х. Кадырова. — Ташкент : Издательство литературы и искусства имени Гафура Гуляма, 1987. — 398 с. — 3000 экз.
  • Ахмедов Махмуд. Исахар Акилов. Очерки о жизни и деятельности [балетмейстера] : [узб.]. — Ташкент : Изд-во лит. и искусства, 1975. — 68 с. — 3000 экз.

Filmografiyasi

tahrir
  • 1958-yil – “Maftuningman” – “Bahor” ansambli suratga olish jarayonlarida ishtirok etgan baletmeyster.
  • 1976-yil - "Siyovush haqida afsona" - baletmeyster (G.Valomatzoda bilan hamkorlikda).
  • 2021-yil – “Oʻzbek raqsi afsonalari” (musiqiy hujjatli film) – film qahramonlaridan biri.

Adabiyotlar

tahrir
  • А. Рыбник. * * * // Узбекские танцы в постановке Исахара Акилова / Автор книги Каримова Р. З., под общей редакцией доктора искусствоведения, профессора М. Х. Кадырова. — Ташкент : Издательство литературы и искусства имени Гафура Гуляма, 1987. — С. 5—7. — 398 с. — 3000 экз.
  • Узбекская Советская Социалистическая Республика. Энциклопедический справочник. — Ташкент : Главная редакция Узбекской советской энциклопедии, 1981. — 560 с.
  • Акилов, Исахар // Театральная энциклопедия / гл. ред. С. С. Мокульский. — М. : Советская энциклопедия, 1961. — Т. 1. А — «Глобус». — Стб. 107. — 1214 стб. — 43 000 экз.
  • Л. Авдеева. Введение // Бухарский танец / Автор книги Каримова Р. З. — Ташкент : Издательство литературы и искусства имени Гафура Гуляма, 1977. — С. 5—17. — 130 с. — 1500 экз.
  • Шумилова Э. И. Национальное в советском балете // Музыка и хореография современного балета : сборник статей. — Ленинград : Музыка. Ленингр. отд-ние, 1974. — Вып. 1. — С. 61—75. — 293 с.
  • Балет: энциклопедия / Гл. ред. Ю. Н. Григорович. — М. : Советская энциклопедия, 1981. — 623 с.

Qo'shimcha o'qish

tahrir
  • Jalilova S. S. O’zbek raqsini O'qitish uslubiyoti : O’quv qoʻllanma bakalavriat yo’nalish bo’yicha 5111000 – kasb ta’limi (5151300 –xoreografiya) : [узб.] / O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi. — Toshkent, 2020. — 101 с.
  • Saitova E. Y., Abraykulova N. E. Xoreografiya va raqs sanati asoslari : [узб.]. — Toshkent : «Fan va texnologiya», 2015. — 128 с. — 300 экз.

Havolar

tahrir
  1. Искусство и хореографическое образование в годы Великой Отечественной войны
  2. Указ Президиума Верховного Совета СССР «О награждении орденами и медалями работников литературы и искусства Узбекской ССР» от 6 декабря 1951 г.
  3. Указ Президиума Верховного Совета СССР №82 «О награждении орденами и медалями СССР работников искусства и литературы Узбекской ССР» от 18 марта 1959 года // Ведомости Верховного Совета Союза Советских Социалистических Республик. — 1959. — № 12 (944) (26 марта). — С. 227—242.