Ispahdost (forscha: اسپهدوست) yoki Isfahdust (arabcha: اسفهدوست) buvayhiylar oilasiga xizmat qilgan daylamiy harbiy sarkardasi. U birinchi marta 945-yilda buvayhiylar hukmdori Muizz ud-Davlaning Abbosiylar Iroqini bosib olishda ishtirok etgan zobitlari qatorida tilga olingan. Qolaversa, Ispahdost keyinchalik Muizz ad-Davlaning qaynisi ekanligi eslab oʻtilgan. Bir yildan so‘ng Bag‘dodni Hamdoniylarga qarshi himoya qilishda ham qatnashgan. 948-yilda Ispahdost Abbosiylar xalifasi al-Mutiy bilan birgalikda Muizz ud-Davlaga qarshi fitna uyushtirishni rejalashtirgan. Bu haqda Muizz Davla xabar topgach, Ispahdostni qamoqqa tashlagan. Ispahdost tez orada vafot etgan.

Adabiyotlar

tahrir