Isroil Madrimov
Isroil Madrimov (1995-yil 16-fevral, Oʻzbekiston, Xorazm viloyati, Xiva) — 75 kg vazn toifasida isteʼdodli bokschi, Boks boʻyicha Jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni, Osiyo oʻyinlari gʻolibi, professional boksda WBA Intercontinental kamari sohibi va „Uzbek Tigers“ jamoasi aʼzosi.
Isroil Madrimov | |
---|---|
Statistikasi | |
Asl ismi | Isroil |
Laqabi | Professor |
Vazni | 75kg |
Millati | oʻzbek |
Tavalludi |
16-fevral 1995-yil Xiva, Xorazm, ![]() |
Uslubi | havaskor |
BiografiyaTahrirlash
- Isroil Madrimov boks bilan 2006-yildan shugʻullanadi. Birinchi murabbiylari — Bahrom Quryozov, Ruslan Ibodullayev va Quvondiq Jabborov.
- 2010-yilda Chirchiq olimpiya zaxiralari sport kollejiga oʻqishga kirgan. Toʻlqin Qilichev, Rustam Saidov, Ikrom Berdyiev, Alisher Rahimov kabi ustozlardan saboq olgan.
- 2014-yilda Janubiy Koreyaning Incheon shahrida boʻlib oʻtgan XVII Osiyo oʻyinlarida dastlabki xalqaro sovrinini qoʻlga kiritgan. Musobaqada finalgacha yetib borgan Madrimov, hal qiluvchi bahsda jahon chempioni, qozogʻistonlik Daniyar Yeleusinovga qarshi ringga chiqib, bellashuvni boy bergan va kumush medal sohibiga aylangan[1].
- 2017-yil Toshkentda boʻlib oʻtgan boks boʻyicha Osiyo chempionatida Isroil Madrimov oltin medalni qoʻlga kiritib, Osiyo chempioniga aylangan. Finalda Madrimov, koreyalik bokschi Dong Yun Lini katta ustunlik bilan magʻlub etgan[2].
- 2017-yilning oktyabr oyida Qozogʻistonning Aktau shahrida boʻlib oʻtgan boks boʻyicha xalqaro turnirda Isroil Madrimov 75 kg vazn toifasida tengsiz ekanligini isbotladi va oltin medalni qoʻlga kiritdi. Tashkilotchilar Isroil Madrimov Qozogʻistondagi turnirning eng yaxshi bokschisi deb topishdi[3].
- 2017-yilning 8-12 noyabr kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi „Dinamo“ sport saroyida boks boʻyicha Sankt-Peterburg gubernatori kubogi bellashuvlari boʻlib oʻtdi. Musobaqaning eng yorqin bokschilaridan biri sifatida eʼtirof etilgan Isroil Madrimov finalda rossiyalik Igor Ivanchenkoni katta ustunlik bilan magʻlub etdi[4]. Bundan tashqari Isroil musobaqaning eng yaxshi bokschisi deya eʼtirof etildi.
- Rossiyaning Beloyarskiy shahrida 2017-yilning 22-27 noyabr kunlari oʻtkazilgan boks boʻyicha Neft mamlakatlari jahon kubogi musobaqasining finalida Isroil Madrimov 75 kg vazn toifasida rossiyalik taniqli sportchi Andrey Kovalchuk bilan kuch sinashdi. Rossiyalik sortchining qoʻli baland kelib, Isroil kumush medal bilan chegaralandi.
ManbalarTahrirlash
- ↑ https://championat.asia/ru/news/incheon-2014-boks-madrimov-kumush-medal-sohibi-fotogalereya
- ↑ https://olamsport.com/uz/news/isroil-madrimov-osiyo-chempioni
- ↑ https://olamsport.com/uz/news/madrimov-qozogistondagi-turnirning-eng-yaxshi-bokschisi-boldifoto
- ↑ arxiv nusxasi, 2017-12-01da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-11-30