Isroil Umirov (1958-yil 18-avgust, Denov, Surxondaryo – 2020-yil 26-iyul, Toshkent)- olim, patolog-anatom, Toshkent tibbiyot akademiyasi patologik anatomiya kafedrasi dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi.

Isroil Umirov
Tavalludi 19-avgust 1958-yil
Denov, Surxondaryo viloyati
Istiqomat joylari Surxondaryo, Samarqand, Toshkent
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Sohasi patolog anatom
Ish joylari Toshkent Tibbiyot Akademiyasi patologik anatomiya kafedrasi
Taʼlimi Samarqand davlat tibbiyot universiteti
Akademik rahbarlari Malika Samatovna Abdullaxoʻjayeva
Mashhur ishlari Transplantatsion immunitetning rivojlanishida neyro-endokrin sistemaning reaksiyasi, Klinikada buyrakning allotransplantatsiyasida adenogipofizning ultrastrukturasi

Biografiyasi

tahrir

Isroil Turayevich Umirov 1958-yil 18-avgustda Surxondaryo viloyati, Denov tumanidagidagi S.Raximov kolxozida tugʻilgan. U 1974-yilda shu kolxozdagi Muqimiy nomli 14-oʻrta maktabni bitirgach, Samarqand Davlat meditsina institutining (hozirgi Samarqand davlat tibbiyot universiteti) davolash fakultetiga oʻqishga kirgan. 1980-yil institutni muvaffaqiyatli bitirib, shu yildan boshlab Toshkent Davlat meditsina institutining (hozirgi Toshkent tibbiyot akademiyasi) patologik anatomiya kafedrasida assistent sifatida ishlay boshlagan[1].

2020 -yil 26-iyulda COVID-19 infeksiyasi tufayli vafot etgan[2].

Ilmiy faoliyati

tahrir

Ilmiy rahbari akademik Malika Abdullaxo‘jayeva rahbarligida gipofiz bezini elektron mikroskopiya orqali tahlil qilgan[2].

1988-yili „Transplantatsion immunitetning rivojlanishida adenogipofiz somatotropotsitlarning reaksiyasi“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi[3]. Bu ilmiy tadqiqotda organlarni koʻchirib oʻtkazish sharoitida adenogipofiz hujayralaridagi oʻzgarishni oʻrganish hozirgi zamon tibbiyotida muhim ahamiyatga egaligi va transplantatsiyadan keyingi immun tizim faoliyatida gormonlarning roli aniqlab berdi.

Asosiy ilmiy ishlari

tahrir

1. „Transplantatsion immunitetning rivojlanishida neyro-endokrin sistemaning reaksiyasi“. (VII Butunittifoq patologoanatomlar syezdining dokladlar tezisi. – Toshkent, 1983.,) Ya. Yu. Utepov, E. I. Juraveva, O. A. Muxina va X. 3. Tursunov bilan hamkorlikda).

2. „Klinikada buyrakning allotransplantatsiyasida adenogipofizning ultrastrukturasi“ („Transplantologiya va immunosupressiya masalalari“ toʻplamida. – Toshkent, 1983 y). M. S. Abdullaxoʻjayeva, Ya. Yu. Utepov, G. A. Polyakova, R. A. Polyakova, R. I. Isroilov bilan hamkorlikda)[1].


Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Qodirov, Bekmurod. Surxondaryo olimlari. Toshkent - „Mehnat“ — 236-bet. Qaraldi: 18-iyul 2024-yil. 
  2. 2,0 2,1 „IsroilTurayevich Umirovni eslab“ (2020-yil 29-iyul). Qaraldi: 2024-yil 3-sentyabr.
  3. „Isroil Umirov, dissertatsiya“.