It Lives Inside
It Lives Inside – 2023-yilda suratga olingan AQSh dahshatli filmi. Uning ssenariysi Bishal Dutta tomonidan yozilgan va ushbu filmga oʻzi rahbarlik qilgan, unda bosh rol Megan Suri tomonidan ijro etilgan. Filmning debyuti 2023-yil Janubiy-Gʻarbiy film festivalida boʻlgan, Neon tomonidan 2023-yil 22-sentyabrda namoyish etilgan.
It Lives Inside | |
---|---|
Teatr nashri uchun poster | |
Rejissyor(lar) | Bishal Dutta |
Prodyuser(lar) |
|
Ssenariynavis(lar) | Bishal Dutta |
Hikoya |
|
Rollarda |
|
Bastakor(lar) | Wesley Hughes |
Kinematografiya | Matthew Lynn |
Muharrir(lar) | Jack Price |
Studiya(lar) |
|
Distribyutor | Neon |
Chiqarilgan sanasi |
|
Davomiyligi | 99 daqiqa[1] |
Mamlakat | AQSh |
Til | inglizcha |
Daromadi | $7.3 million[2][3] |
Film syujeti
tahrirSamidha yoki „Sam“ gʻarb jamiyatiga singib ketgan hind-amerikalik oʻrta maktab oʻquvchisi. Uning onasi Poorna Sam urf-odatlarga rioya qilishni va uning merosiga hurmat koʻrsatib, uni davom ettirishni talab qilsa-da, otasi Inesh unga nisbatan unchalik qattiq boʻlmagan. Maktabda Sam oq tanli doʻstlari bilan moslashish uchun madaniyatini rad etishga harakat qiladi va sinfdoshi Russ bilan yangi ishqiy munosabatlar boshlaydi. Natijada, u oʻzining sobiq eng yaxshi doʻsti va hamkasbi hindistonlik talaba Tamiradan ajralib qoladi.
Kechasi Tamira bankaga xom goʻsht soladi, idish ichida nimadir uni tirnay boshlaydi. Ertasi kuni maktabda Tamira Samga yordam soʻrab murojaat qiladi va ular bolaligida aytilgan voqeadagi gʻayritabiiy mavjudot haqiqatan ham bankada yashayotganini va bu uni qoʻrqitayotgani haqida gapiradi. Tamiradan hafsalasi pir boʻlgan Sam bankani sindirib yuboradi, bundan Tamira vahimaga tushib qoladi. Sam yordam olish uchun ketganida, Tamira nomaʼlum shaxs tomonidan hujumga uchraydi va gʻoyib boʻladi. Sam oʻzini aybdor his qiladi va nimadir sodir boʻlayotganidan qoʻrqishni boshlaydi. U Tamiraning qoʻlidan gʻalati sanskrit yozuvlari boʻlgan daftarni topadi.
Tamiraning oʻgʻirlab ketilgani va asirga olingani maʼlum boʻladi. Sam Tamiraning soʻzlarini yana bir bor eslaydi. Ayni paytda, Poorna Samning hind urf-odatlariga eʼtibor bermasligidan, ayniqsa Russ bilan uchrashishi uchun Tamiraga atalgan maxsus ibodatni oʻtkazib yuborganidan hafsalasi pir boʻladi. Sam va Russ oʻz joniga qasd qilish oqibatida oilasi bilan birga vafot etgan boshqa hind talabasi Karanga tegishli tashlandiq uyga boradi. Ular devorlarda mavjudot tasvirlangan chizmalarni topadilar. Gʻalati hodisalar borgan sari kuchayib, Samni asabiylashtiradi, Tamira esa har kunlik hujumlardan aziyat chekadi va qochishga urinib koʻrishga ham holi qolmaydi.
Sam va Russ yana Karanning uyiga tashrif buyurishadi, u yerda ular bir-birlaridan boʻsa olishadi. Tashqarida, Russ Samning koʻz oldida nomaʼlum mavjudot tomonidan hujumga uchraydi va vafot etadi.
Rollarda
tahrir- Megan Suri Sam / Samidha rolida
- Neeru Bajwa Poorna rolida
- Mohana Krishnan Tamira rolida
- Betty Gabriel Joyce rolida
- Vik Sahay Inesh rolida
- Gage Marsh Russ rolida
- Jenaya Ross The Pishach rolida
Suratga olish jarayonlari
tahrir2021-yil 14-oktabrda Neon va QC Entertainment Megan Suri, Neeru Bajwa, Vik Sahay va Betty Gabriel ishtirokidagi Duttaning oʻsha paytdagi debyut filmini suratga olish boʻyicha hamkorlikni eʼlon qilgan. Asosiy suratga olish oʻsha kuni Vankuverda boshlangan[4][5].
Dutta Shimoliy Amerikaga koʻchib oʻtishdan oldin Hindistonda tugʻilgan bolalik tajribasidan film uchun ilhom olgan[6]. Hikoya hind iblislari mifologiyasidan, shuningdek, Duttaning bobosining shaxsiy hikoyasidan taʼsirlangan holda yozilgan[6].
Namoyish etilishi
tahrirFilm debyuti 2023-yilda janubi-gʻarbiy kinofestivalda boʻlib oʻtgan[7]. 2023-yil 22-sentyabrda ommaga namoyish etilgan[8].
It Lives Inside raqamli platformalar uchun 2023-yil 10-oktabrda, keyinchalik esa 2023-yilning 7-noyabrda Blu-ray va DVDlar uchun chiqarilgan[9].
Qabul
tahrirTeatr kassalarida
tahrirAmerika Qoʻshma Shtatlari va Kanadada Expendbles bilan bir qatorda namoyish etilgan film oʻzining ochilishida (dam olish kunlarida) 2,010 kinoteatrdan 2,6 million dollar ishlab topgan va yettinchi oʻrinni egallagan[10].
Tanqidiy javob
tahrirRotten Tomatoes veb-saytida 112 tanqidchilar sharhlarining 63 foizi ijobiy, oʻrtacha reytingi 6,1/10 natijani koʻrsatgan. Metacritic filmga 16 tanqidchiga asoslanib, 100 balldan 50 ball bergan. PostTrak soʻrovida qatnashgan tomoshabinlar filmga 34% ijobiy ball qoʻygan, 44% esa, albatta, ushbu filmni tavsiya qilishlarini aytgan[11].
Manbalar
tahrir- ↑ „It Lives Inside“. British Board of Film Classification (2023-yil 12-iyul). 2023-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyul.
- ↑ „It Lives Inside (2023) - Financial Information“. The Numbers. 2023-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-oktyabr.
- ↑ „It Lives Inside (2023)“. Box Office Mojo. 2023-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-oktyabr.
- ↑ Grater. „Neon & QC Entertainment Set Megan Suri To Star In Untitled Horror From Debut Director Bishal Dutta“ (en-US). Deadline Hollywood (2021-yil 14-oktyabr). 2022-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-may.
- ↑ Song. „Neon to Produce Bishal Dutta’s New Horror Film With ‘Get Out’ and ‘BlacKkKlansman’ Producers“ (en-US). Variety (2021-yil 14-oktyabr). 2023-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-may.
- ↑ 6,0 6,1 „Check Your Closet Before Watching Neon's IT LIVES INSIDE Trailer“ (en). Fangoria. 2023-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-may.
- ↑ Bergeson. „‘It Lives Inside’ Trailer: Neon Gets Demonic with Indian Horror Movie from ‘Get Out’ Producers“ (en-US). IndieWire (2023-yil 26-aprel). 2023-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-may.
- ↑ Squires. „'It Lives Inside' – Official Poster Announces September Release Date for NEON Horror Movie“. Bloody Disgusting (2023-yil 30-iyun). 2023-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-iyun.
- ↑ „It Lives Inside: Megan Suri horror film reaches DVD in November“. www.joblo.com (2023-yil 29-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 13-yanvar.
- ↑ Anthony D'Alessandro. „Weekend Box Office Hits YTD Low With $49M, As ‘Expendables 4’ & ‘Nun 2’ Butt Heads For No. 1“. Deadline (2023-yil 23-sentyabr). 2023-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-sentyabr.
- ↑ Anthony D'Alessandro. „Weekend Box Office Hits YTD Low With $49M, As ‘Expendables 4’ & ‘Nun 2’ Butt Heads For No. 1“. Deadline (2023-yil 23-sentyabr). 2023-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-sentyabr.
Havolalar
tahrir- It Lives Inside Neonda
- It Lives Inside IMDbda