Ivan Alekseyevich Kablukov (21-avgust 1857-yil, Moskva, Moskva okrugi, Troitskiy uyezd, Prussi qishlogʻi, Rossiya imperiyasi – 1942-yil 5-may, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – rus va sovet fizik kimyogari.

Ivan Kablukov
Tavalludi 21-avgust 1857-yil
Rossiya imperiyasi
Vafoti 5-may 1942-yil
Toshkent, OʻzSSR, SSSR
Fuqaroligi Rossiya imperiyasining bayrogʻi Rossiya imperiyasi SSSR bayrogʻi SSSR
Ilmiy darajasi fan doktori
Ilmiy unvoni professor
Akademik rahbarlari Vladimir Vasilyevich Markovnikov

SSSR Fanlar akademiyasining faxriy aʼzosi (1932). Ivan bir vaqtning oʻzida va mustaqil ravishda V. A. Kistyakovskiy bilan ionlarning kontseptsiyasini taklif qilgan va eritmalarning fizik va kimyoviy nazariyalarini birlashtirishga asos solgan. Rossiyada fizik kimyogarlar maktabining asoschisi. Mehnat Qahramoni.

Biografiyasi tahrir

Ivan Alekseyevich 21-avgust 1857-yil Moskvada Moskva viloyati , Troitsk uyezdining Prussi qishlogʻida (hozirgi Mitishinskiy tumani, Moskva viloyati) stomatologlar oilasida tavallud topgan[1].

Kablukov 1876-yilda 2-Moskva klassik gimnaziyasini tamomlagan. Moskva universitetining fizika-matematika fakultetining tabiiy fanlar boʻlimi talabasi boʻlgan (18761880) va uni nomzodlik darajasi bilan tugatgan. Ivan talabalik yillarida V. A. Maklakovning ustozi boʻlgan. Professor V. V. Markovnikovning tavsiyasiga koʻra, Kablukov kimyo kafedrasiga professorlikka tayyorlash uchun qoldirildi. 18811882-yillarda Sankt-Peterburg universitetida kimyo professori A. M. Butlerovning kimyoviy laboratoriyasi xodim boʻlib ishlagan, keyin esa Moskva universitetida V. V. Markovnikov[1] bilan ishini davom ettirgan.

Kablukov 1889-yilda professor S. Arrenius rahbarligida Leypsig universitetida professor V. Ostvald laboratoriyasida ishlagan[2].

Ivan 18971906-yillarda Moskva muhandislik maktabida dars bergan. U yerda noorganik va analitik kimyo, shuningdek, qurilish materiallari texnologiyasi va temir metallurgiya boʻyicha amaliy mashgʻulotlar olib borgan[3].

1918-yil kuzida oktyabr inqilobidan soʻng uning akasi Nikolay Alekseyevich hibsga olingan. Ammo tez orada Ivan Alekseyevichning qoʻllab-quvvatlashi tufayli ozodlikka chiqqan[4].

1941-yil sentyabr oyida Ulugʻ Vatan urushi boshlanganidan keyin boʻlim xodimlarining bir qismi Chakino (Tambov viloyati) va Samarqandga evakuatsiya qilingan. Kablukov 1942-yil 5-mayda evakuatsiya paytida Toshkentda vafot etgan[5].

Oilasi tahrir

Ivan Alekseyevichning otasi Aleksey Fedorovich Kablukov (18141882) – Moskva viloyati Vitenevo qishlogʻidagi Saltikov-Shedrin mulkining boshqaruvchisi, stomatolog boʻlgan.

Onasi – Kablukova Yekaterina Stepanovna.

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „Академик Каблуков Иван Алексеевич“. Химический факультет МГУ. 2015-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 7-avgust.
  2. „Кафедра неорганической и аналитической химии“ (deadlink). РГАУ-МСХА им. К.А. Тимирязева. 2014-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 7-avgust.
  3. Progressivnaya Duma. // „Iskri“. God 17 1917, № 2. s. 12-14 na sayte NEB
  4. Варущенко, Зайцева. Жизнь, посвященная науке (К 150-летию со дня рождения академика И. А. Каблукова) // Вестник Российской академии наук. — 2007. — Andoza:Бсокр, Andoza:Бсокр. — Andoza:Бсокр. Архивировано 8 avgust 2014 года.
  5. Светлана Самоделова. „Самый рассеянный герой“. Московский Комсомолец (2007-yil 6-iyul). 2014-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 7-avgust.