Ivan Ordets
Ivan Ordets (1992-yil 8-iyulda tugʻilgan) — ukrainalik professional futbolchi. Rossiyaning Dynamo Moscow klubidan ijaraga olingan holda Germaniyaning VfL Bochum klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi. Ukraina terma jamoasida 12 ta oʻyinda maydonga tushgan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Ivan Mykolayovych Ordets | ||
Tavallud sanasi | 8-iyul 1992-yil | ||
Tavallud joyi | Blyzhnye, Donetsk viloyati, Ukraina | ||
Boʻyi | 1.94 m[1] | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub |
VfL Bochum (Dynamo Moscowdan ijara) | ||
Raqami | 20 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2005—2009 | Shakhtar Donetsk | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2009—2019 | Shakhtar Donetsk | 63 | (4) |
2009 | Shakhtar-3 Donetsk | 21 | (4) |
2011 | → Illichivets Mariupol (ijara) | 0 | (0) |
2013—2014 | → Illichivets Mariupol (ijara) | 39 | (3) |
2019— | Dynamo Moscow | 62 | (5) |
2022— | → VfL Bochum (ijara) | 14 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2007—2009 | Ukraina U17 | 24 | (1) |
2009—2010 | Ukraina U19 | 20 | (1) |
2012—2014 | Ukraina U21 | 12 | (0) |
2014—2018 | Ukraina | 12 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Klublardagi faoliyati
tahrirOrdets futbol oʻynashni maktabda boshlagan. 2002-yil 2-sentyabrda Shakhtar Donetsk klubida sinovdan oʻtdi va ikki bosqich saralashdan soʻng Petro Ponomarenko guruhiga yozildi. Ukraina yoshlar futbol ligasida „Shakhtar“ tarkibida 76 o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urgan. Klub bilan Ukraina chempionatida bir marta kumush (2007) va uch marta bronza medali sohibi (2006, 2008, 2009) boʻlgan.
2011-yilda Donetsklik isteʼdodlar guruhi tarkibida yoshlar murabbiyi Valeriy Yaremchenko rahbarligida Illichivets Mariupolga oʻtdi. Ammo oliy liga klubining asosiy tarkibidan joy olish uchun qilingan birinchi urinish muvaffaqiyatsiz boʻldi. Ammo 2013-yil boshida yana ijaraga oʻtib, oʻyin sifatini sezilarli darajada oshirdi va yangi bosh murabbiy Mykola Pavlovning ishonchini qozondi.
2013-yilning 2-mart kuni Metalurh Zaporizhzhiaga qarshi oʻyinda Ukraina Premyer-ligasida debyut qilgan. Oʻzining birinchi golini 2013-yilning 12-aprelida Volyn Lutsk darvozasiga kiritdi. Ukraina Premyer-ligasining 2013—2014-yilgi mavsumida 27 ta oʻyinda 90 daqiqa, jami 2430 daqiqa oʻynadi. Bu klubdagi qolgan barcha futbolchilardan yaxshiroq koʻrsatkich.
2013-yil oxirida „Komanda“ gazetasi talqiniga koʻra ukrainaning eng yaxshi 33 nafar futbolchisi sifatida eʼtirof etildi0
2014-yilning yozida „Shakhtar“ga qaytdi.
2019-yilning yozida Moskvaning „Dynamo“siga oʻtdi. Bosh murabbiy oʻzgarguniga qadar faqat bir marta Moskvaning „Lokomotiv“iga qarshi oʻyinda oʻynagan. Oktyabr oyida yangi bosh murabbiy kelib, jamoada boshqacha taktikalar qoʻllay boshladi „Dynamo“dagi ilk golini 2019-yilning 2-noyabrida Akhmat Grozniyga qarshi o‘yinda kiritgan. „Dynamo“ muxlislari tomonidan 2020-yil iyun/iyul oylari uchun „Oyning eng yaxshi futbolchisi“ deb topildi[2]. 2021-yil 23-noyabrda shartnomasini 2023—2024-mavsumgacha uzaytirdi[3].
2022-yil 10-iyulda Ordets Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi bilan bog‘liq FIFA qoidalariga muvofiq 2022—2023-yilgi mavsum uchun „Dynamo“ bilan shartnomasini to‘xtatdi va Germaniyaning VfL Bochum jamoasiga qo‘shildi[4].
Xalqaro faoliyati
tahrirOrdets Ukrainaning turli yoshlar milliy futbol jamoalari aʼzosi boʻlgan. Ukraina U19 terma jamoasi safida 2010-yil 9-oktyabrda Shvetsiyaga qarshi oʻyinda bitta gol urgan[5].
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub
tahrir- 29-may, 2022-yil holatiga koʻra
Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Yevropa | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Shakhtar-3 | 2008—2009 | Ukraina 2-ligasi | 9 | 3 | - | - | - | 9 | 3 | |||
2009—2010 | 12 | 1 | - | - | - | 12 | 1 | |||||
Jami | 21 | 4 | - | - | - | 21 | 4 | |||||
Illichivets Mariupol (ijara) | 2010—2011 | Ukraina Premyer-ligasi | 0 | 0 | 0 | 0 | - | - | 0 | 0 | ||
2012—2013 | 12 | 1 | 0 | 0 | - | - | 12 | 1 | ||||
2013—2014 | 27 | 2 | 1 | 0 | - | - | 28 | 2 | ||||
Jami | 39 | 3 | 1 | 0 | - | - | 40 | 3 | ||||
Shakhtar Donetsk | 2014—2015 | Ukraina Premyer-ligasi | 9 | 0 | 3 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 13 | 0 |
2015—2016 | 16 | 0 | 5 | 0 | 6 | 0 | 0 | 0 | 27 | 0 | ||
2016—2017 | 20 | 4 | 2 | 0 | 8 | 0 | 1 | 0 | 31 | 4 | ||
2017—2018 | 16 | 0 | 1 | 0 | 8 | 0 | 1 | 0 | 26 | 0 | ||
2018—2019 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | ||
Jami | 63 | 4 | 11 | 0 | 23 | 0 | 2 | 0 | 99 | 4 | ||
Dynamo Moscow | 2019—2020 | Rossiya Premyer-ligasi | 17 | 1 | 1 | 0 | - | - | 18 | 1 | ||
2020—2021 | 27 | 3 | 2 | 0 | 1 | 0 | - | 30 | 3 | |||
2021—2022 | 18 | 1 | 1 | 0 | - | - | 19 | 1 | ||||
Jami | 62 | 5 | 4 | 0 | 1 | 0 | - | 67 | 5 | |||
Jami faoliyati | 185 | 16 | 16 | 0 | 24 | 0 | 2 | 0 | 227 | 16 |
Xalqaro
tahrir- 8-yanvar, 2022-yil holatiga koʻra
Milliy terma jamoa | Yil | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|---|
Ukraina | 2014-yil | 2 | 1 |
2015-yil | 0 | 0 | |
2016-yil | 3 | 0 | |
2017-yil | 5 | 0 | |
2018-yil | 2 | 0 | |
Jami | 12 | 1 |
T/r | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2014-yil 22-may | V. Lobanovskiy stadioni, Kiev, Ukraina | Niger | 1—0 | 2—1 | Doʻstona |
Yutuqlari
tahrirShakhtar Donestk
- Ukraina Premyer-ligasi: 2016—2017, 2017—2018, 2018—2019
- Ukraina kubogi: 2015—2016, 2016—2017, 2017—2018, 2018—2019
- Ukraina Superkubogi: 2014, 2015, 2017
Manbalar
tahrir- ↑ Ivan Ordets Rossiya Premyer-ligasi saytida
- ↑ „Иван Ордец – "ВТБ Лучший игрок июня-июля"“ (Russian). FC Dynamo Moscow (2020-yil 27-iyul).
- ↑ „Иван Ордец продлил контракт с "Динамо"“ (ru). FC Dynamo Moscow (2021-yil 23-noyabr).
- ↑ „Dank Sonderregel: VfL holt Ordets“ (de). VfL Bochum (2022-yil 10-iyul). 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-iyul.
- ↑ „U-19: Ордець приносить перемогу“ (Ukrainian). Official FFU Site (2010-yil 14-dekabr). 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.