Ixtiyor Kamolov

oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari nomzodi, professor

Ixtiyor Ramazonovich Kamolov (1967-yil 16-noyabr, Qiziltepa tumani, Navoiy viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari nomzodi, professor.

Ixtiyor Ramazonovich Kamolov
Tavalludi 16-noyabr 1967-yil (1967-11-16) (56 yosh)
Qiziltepa tumani, Navoiy viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi fizik olim
Sohasi fizika
Taʼlimi Samarqand davlat universiteti
Ilmiy darajasi texnika fanlari nomzodi
Ilmiy unvoni professor

Biografiyasi tahrir

Ixtiyor Kamolov 1967-yil 16-noyabr Qiziltepa tumani Sovungaron qishlogʻida tugʻilgan[1]. 1992-yilda Samarqand davlat universiteti fizika fakultetini tamomlagan. 1992—1999-yillarda Navoiy davlat konchilik instituti fizika kafedrasi laboratoriya mudiri, 1999—2004-yillarda ixtisoslashgan texnika kolleji oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, 2004—2006-yillarda Navoiy davlat pedagogika instituti umumiy fizika kafedrasi oʻqituvchisi, 2006—2008-yillarda shu kafedraning katta oʻqituvchisi, 2008—2019-yillarda kafedra dotsenti, 2019-yildan fizika va texnologik taʼlim fakulteti dekani, fizika va astronomiya kafedrasi professori[1].

Oilasi tahrir

Oilali. 2 nafar farzandi bor.

Ilmiy faoliyati tahrir

Ixtiyor Kamolov 100 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi[1].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342 bet. 

Andoza:OʻTOE