Iyshan qal’a majmuasi
Iyshan qalʼa majmuasi (yoki Iyshan kala kompleksi) — Qoraqalpogʻiston Respublikasining Kegeyli tumanidagi tarixiy va arxitektura yodgorligi. Tarixiy obyekt XVIII—XIX hamda XX asrlarga oid boʻlib, bugungi kunda „Juzim bogʻ“ ovul fuqarolar yigʻini hududida joylashgan.
Iyshan qalʼa majmuasi | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Arxitektura yodgorligi |
Turi | Majmua |
Manzili | „Juzim bogʻ“ ovuli |
Shahar | Kegeyli tumani |
Mamlakat | Qoraqalpogʻiston |
Koordinatalar | 42°40′13″N 59°44′55″E / 42.670202°N 59.748517°E |
Qurilishi boshlangan | XVIII—XIX asr |
Qurilishi tugagan | XX asr |
Egasi | Davlat mulkiga tegishli |
Iyshan qalʼa majmuasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan[1]. Hozirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulkiga tegishli hisoblanadi[2]. Shuningdek, Iyshan qalʼa majmuasi boshqa 98 ta tarixiy manzillar bilan bir qatorda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Qoraqalpogʻistonning diqqatga sazovor joylari roʻyxatiga ham kiritilgan[3].
Tarixi
tahrirIyshan qalʼa majmuasi XVIII—XIX hamda XX asrlarga tegishli boʻlib, u mahalliy aholi orasida shuhrat qozongan ziyoratgoh hisoblanadi. Iyshan qalʼaning qurilish tarixi XVIII—XIX asrda yashab oʻtgan Imom Eshon nomi bilan bogʻliq. Imom Eshon 1806—1825-yillarda Xiva xonligini boshqargan Muhammmad Rahimxon davrida Xiva xonligida diniy ishlar boʻyicha xon maslahatchisi lavozimigacha koʻtarilgan ulugʻ shaxs boʻlgan. Iyshan qalʼani Imom Eshonning katta oʻgʻli Atagʻulla bunyod qildirgan. Oʻz davrida Iyshan qalʼaga qish faslini oʻtkazish maqsadida kelgan oilalar soni 40 (qirq) mingtadan ortib ketganligi aytiladi. Qalʼa qurilishi boshlangan vaqtda qishloq nomi „Kenjeli“ (oilaning eng kichik farzandi bilan bogʻliq) deb atalgan. Keyinchalik bu hudud nomi Imom Eshon nomi bilan bogʻlanib (Iyshan — qoraqalpoq tilida) „Iyshan qalʼa“ deb atala boshlangan[4].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Тарихий, бадиий ёки ўзга маданий қимматлилиги туфайли гаров ва ипотека қўлланилиши мумкин бўлмаган объектлар рўйхати (ЎзР ВМ 05.12.2014 й. 335-сон қарорига илова) | Majburiyatlar va shartnomalar toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar | Oʻz kuchini yoʻqotgan hujjatlar | Fuqarolik va oila qonunchiligi | OʻzR KonunchiligiMaʼlumotlar tizimi „Tarixiy, badiiy yoki oʻzga madaniy qimmatliligi tufayli garov va ipoteka qoʻllanishi mumkin boʻlmagan obʼektlar roʻyxati (OʻzR VM 05.12.2014 y. 335-son qaroriga ilova)“ | NRM.uz“. nrm.uz. Qaraldi: 2023-yil 30-oktyabr.
- ↑ „846-сон 04.10.2019. Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida“ (uz-Latn-UZ). lex.uz. Qaraldi: 2023-yil 30-oktyabr.
- ↑ „Qaraqalpaqstan Respublikasındaǵı dıqqatqa ılayıqlı orınlar“. 2023-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-oktyabr.
- ↑ „Qoraqalpogʻiston Respublikasi | Uzbekistan Travel“ (uz). uzbekistan.travel. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.