Toqmaq ota maqbarasi (yoki Toqpaq ata maqbarasi; asli ismi: Abdurahmon) — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Moʻynoq tumani, Ushsay ovuli hududida joylashgan tarixiy yodgorliklardan biri. Maqbara Moʻynoq tumaniga qarashli Ushsay ovulidagi qumtepalikning tepasida joylashgan. Yodgorlik XVIIXVIII va XIX asrlarga tegishlidir. Moʻynoq tumanida moddiy-madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari roʻyxatiga jami 12 ta madaniy meros hamda ziyorat obyektlari kiritilgan boʻlib, Toqmaq ota maqbarasi bu roʻyxatga kiritilgan obyektlardan biri hisoblanadi[1].

Toqmaq ota maqbarasi
Toqpaq ata maqbarasi
Umumiy maʼlumot
Maqomi Tarixiy yodgorlik
Turi Maqbara
Manzili „Ushsay“ ovuli
Shahar Moʻynoq tumani
Mamlakat Qoraqalpogʻiston
Koordinatalar 43°48′11″N 58°59′26″E / 43.80302280499642°N 58.99057641106366°E / 43.80302280499642; 58.99057641106366 G OKoordinatalari: 43°48′11″N 58°59′26″E / 43.80302280499642°N 58.99057641106366°E / 43.80302280499642; 58.99057641106366 G O
Qurilishi boshlangan XVIIXVIII asr
Qurilishi tugagan XIX asr
Egasi Davlat mulkiga tegishli
Map
Toqmaq ota maqbarasi xaritada

Toqmaq ota maqbarasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan[2]. Hozirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulki hisoblanadi[3].

Tarixi tahrir

Toqmoq ota haqidagi xalq orasida aytilgan afsona va rivoyatlar bizgacha kam yetib kelgan. Ularning birida aytilishicha, Toqmoq ota Hakim ota bilan bir davrda Ahmad Yassaviydan birga taʼlim olgan.

Toqmaq (Toqpaq) ota toʻgʻrisida Jiyen Jirov va Kunxoʻja asarlarida ham maʼlumotlar mavjud. Masalan, Toqpaqtan esti qatti jel (Toqpaqdan esdi qattiq shamol), Bunnan bardim Házireti Toqpaqqa (Bundan bordim Harzati Toqpaqga) kabi satrlarning mavjudligi Toqmaq ota shaxsining XVIII asrning oʻrtalarida aholi orasida mashhur ekanligidan darak beradi. XIX asrda bu yerda boʻlgan vengriyalik sayyoh va olim Vamberi Toqmaq otaning „baliqchilarning piri“ ekanligini taʼkidlab, maqbara ichida choʻpon va uy buyumlarining saqlanib kelinayotganligini yozgan[4].

Qoraqalpogʻistonlik arxeolog olim X. Yesbergenov tomonidan yozilgan „Qoʻngʻirotning tarixiy va madaniy esdaliklari“ kitobida Moʻynoqdagi „Toqmaq ota“ maqbara va qabristoni haqida ham maʼlumotlar mavjud. Kitobda sirli Adaq qalʼaning mavjudligi haqida soʻz boradi. Xususan, muallif „Toqmaq ota“ qabristonidagi qadimiy bir qulfitoshdagi „Adaq“ haqida yozilgan qadimiy qoʻshiqqa eʼtibor qaratgan:

Aslimni soʻrasang Adaq ichida,

Ala buyrak edim Adjar ichida.

Qoʻshiqda kechgan joy Sariqamishdan 16—17 km masofa uzoqlikda joylashgan Adaq qalʼaning qoldiqlari hozir ham mavjudligi taxmin qilinadi[5].

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir