Kunxoʻja Ibrohim oʻgʻli (17991880)— qoraqalpoq shoiri. Qoraqalpoqlarning Xorazmga kelib oʻrnashganlaridan soʻng keyingi birinchi shoiri, baxshisi, xalq manfaatini kuylovchi klassik shoiri. Kunxoʻjaning tarjimayi holi bilan bogʻliq maʼlumotlar uning asosan „Jarimadim“, „Jaylawim“ qoʻshiqlarida oʻz aksini topgan. Shoirning yashagan joylari Qoraqalpogʻistonning shimoliy tomoni, Taxtakoʻpir tumani hududi Orol dengizining boʻylari, Teris toʻbe, Uzun qayr, Erjan otov, Toʻxtas mantiq boʻylarida boʻlgan.

Taʼlimi tahrir

Kunxoʻja dastlab Moʻynoqda, Yangidaryo boʻyidagi maktab-masjidda oʻqib, soʻng Qoraqum eshon madrasasida oʻz bilimlarini egalladi. Madrasada diniy bilimlar bilan bir qatorda, dunyoviy bilimlar bilan ham shugʻullangan. Yanada Xoʻja Ahmad Yassaviy, Sulaymon Baqirgʻoniy, Soʻfi Olloyor, Navoiy, Fuzuliy, Bedil, Maxtumquli mehnatlari bilan ham tanishadi. Kunxoʻja yetimlik va yoʻqchilikka qaramasdan madrasada oʻqishini davom etib, uni tugatadi. Keyin o'zining qishlogʻida ustozlik qilib, bolalarni oʻqitadi, maktab tashkillashtiradi. Oʻzi baxshichilikni va qissaxxonlikni oʻrganadi, xalq oldida koʻrkam asarlarni oʻqib ham dutor bilan yuradi. Dutorni ham yaxshi chaladigan, sozanda boʻladi.

Xiva xonligi davri tahrir

Tarixiy maʻlumotlar boʻyicha Muhammadrahim xon 1810—1825-yillarda, Olloqulixon, 1835—1842-yillarda Madamin Muhammad Aminxon, 1845—1855-yillarda Xivaga xonlik qilgan. Shoir shu hollarning barini koʻrgan. Kunxoʻja yashagan yillarda qoraqalpoq xalqi siyosiy, madaniy, iqtisodiy tarafdan ogʻir holatlarda kun kechirdi. Kunxoʻja Aydoʻs biy, Ernazar biy boshlagan xalq ozodlik qoʻzgʻalonlarining barida qatnashuvchi va xalqini urushda yengilmasliklari uchun oz sheʼr va asarlari orqali ularni ruhlantirib borgan. Qoʻzgʻalon muvaffaqqiyatsizlikka uchraganda shoir „Kel, kel, Xoʻja oʻzingga kel!“ , „Aydos biy kechdi olamdan... Xojam, senga nima boʻldi?!“ kabi asralarini yozdi va xalqning ruhini koʻtardi. Kunxoʻjaning 1855—1856-yilardagi Ernazar Alakoʻz boshlagan xalq ozodlik qoʻzgʻalonlarining faollaridan boʻlganligini, Berdaq shoir ham quyidagicha tasdiqlaydi:

„Ernazarning zamonida Kunxoja oʻtdi“ .

Diniy qarashlari tahrir

Kunxoja oʻzidan avvalgi oʻtgan olim, ulamo, shoir odamlarni juda qadrlagan ularni ziyorat etib turgan. Masalan Xoʻja Ahmad Yassaviy va Hokim ota-Sulaymon Baqirgʻoniy qabrlariga borib, ziyorat qilgan, ularning asarlarini qunt bilan oʻrgangan. Kunxoja doimo Xudoga sigʻinib yashagan. Islom dini boʻyicha koʻp narsalarni bilgan ulamo odam boʻlgan.

Qozogʻistondagi mehnatlari tahrir

Kunxoʻja qozoq xalqining orasiga borib, Aqtoʻbe atrofidagi qishloqlarda maktab ochib, qozoq bolalarini oʻqitgan, qozoq xalqi orasida maʼrifiy ishlarni olib borgan. Qozoq xalqi Kunxoʻjani juda hurmatlagan. U Xorazmda, turkman xalqi orasida, Qiziloʻrda xalqi orasida boʻlib, koʻp yerlarni, yurtlarni koʻradi, ilm o'rgatishga alohida eʼtibor qaratadi. Qozoq xalqining klassik shoiri Sherniyoz Jarilgʻaz oʻgʻli bilan aytishuvlar qiladi.

Ijodi tahrir

Xiva xoni Madaminxon shoir, sozanda, baxshi,qissaxon odamlarni yigʻib, isteʼdodlilarini tanlab oladi. Xon saltanatini maqtash uchun tashkillashtiradi. Shunga Kunxoʻja ham chaqirtiriladi. Shunda u oʻzining mashhur „Umutmasman“, „Tuya ekansan“ qoʻshiqlarini yaratadi. „Tuya ekansan“ qoʻshigʻini yozishda Sherniyoz ohunning asarlaridan namunalar oladi. 1873-yili ruslarning elni gʻarazli niyatda boʻysundirishi 75 yoshli shoirga ham qattiq taʼsir koʻrsatadi. Kunxoʻja zamon qiyinchiliklaridan azoblanishi haqida bir qancha qoʻshiqlarni yozib, bunda barchasi xonlik, podshohlik boshqarish tuzumidan ekanligini uqtiradi. Umuman, Kunxoʻja qoraqalpoq xalqining tarixi, madaniyati uchun ahamiyatga ega boy meʼroslarini yaratdi.

Asarlari tahrir

„Oʻroqchilar“, „Oq qamish“, „Choʻponlar“ sheʼrlarida qoraqalpoqlar hayoti, turmush mashaqqatlari, yaxshi kunlar kelishi toʻgʻrisidagi orzu-umidlar aks etgan. „Boy bolasi“, „El bilan“, „Mening bolam“ kabi sheʼrlarida ijtimoiy ziddiyatlar, adolatsizlik ochib berilgan, insofsiz, muruvvatsiz shaxslarning kirdikorlari fosh qilingan. „Unutmasman“, „Tuya ekansan“, „Kun qayerda“ asarlari qoraqalpoq mumtoz sheʼriyatining eng yaxshi namunalaridan hisoblanadi[1].

Sheʼriy toʻplami („Sheʼrlar“, Zohidjon Obidov tarjimasi) oʻzbek tilida nashr etilgan (1973)[2].

Manbalar tahrir

  1. Кунхожа (1799-1880)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil