Muhammad Fuzuliy

Ozarbayjonlik shoir (1483–1556)

Muhammad Fuzuliy ibn Sulaymon — (toʻliq ismi: Muhammad ibn Sulaymon, tugʻ. 1498

Muhammad Fuzuliy
Asl ismi Məhəmməd Füzuli
Tavalludi 1494
Vafoti 1556
Ijod qilgan tillari Ozarbayjon tili, Arab tili[1], Fors tili[1] va Turk tili
Fuqaroligi Oq qoʻyunlilar davlati, Safaviylar davlati va Usmonli imperiyasi
Janr

G’azal, Qasida, Musaddas, tarkiband, tarjiband, Ruboiy,

Qit’a, Murabba’

Hayoti

tahrir

Muhammad Fuzuliy Ozarbayjonda mashhur boʻlgan turkiy elatli Bayot urugʻidandir. Baʼzi manbalarga koʻra,Muhammadning otasi Sulaymon Iroqqa, Ozarbayjonning Arash tumanidan koʻchib borgan. Keyinchalik shoirning oʻgʻli Fayzulloh Arashga qaytib, yaqin qarindoshlari yonida yashagan. U bu yerda oʻzining olimligi bilan katta shuhrat qozongan. Fuzuliyning oʻzi ham mukammal taʼlim olgan. Buni e;tiborga olgan tadqiqotchilar shoirning otasi oʻziga yarasha boy odamlardan boʻlgan deb hisoblashadi. Shuningdek, uning ziyoratgoh hisoblangan Hilla va Karbalo kabi shaharlarda yashashi Sulaymonning dindorlardan boʻlganidan dalolat beradi. Haqiqatdan ham Fuzuliyning otasi Hilla shahrining muftiysi boʻlgani haqida rivoyat bor. XI asrda Iroq Saljuqiylar, keyinchalik esa Moʻgʻullar va Temuriylar tomonidan bosib olingach, Bagʻdodda va uning atroflarida turklar soni ortib bordi. Bu vaziyat keyin ham davom etadi. 1508-yilda shoh Ismoil tantanali ravishda Bagʻdodga kirib, Iroqni Ozabayjonga qoʻshib oladi, keyinchalik esa 1534-yilda bu shahar uzoq muddat Usmoniylar imperiyasi tarkibida boʻladi. Shunday qilib, Fuzuliyning hayoti va ijodining ilk davrlari Iroqi-arabning Ozarbayjonning Safaviylar hokimiyatiga tobe boʻlgan yillariga toʻgʻri keladi. Dohiy Muhammad Fuzuliy 1556-yilda Karbaloda oʻlatdan vafot etadi. Shoirning qabri ham aynan Karbalodadir.

 
SSSR pochta markasi (1958).

Muhammad Fuzuliy boshlangʻich taʼlimini Karbaloda olgan, Bagʻdodda davom ettirgan. Bir muddat Iroqning Najaf va Hulla shaharlarida ham yashagan. Uning ustozi Vali Mammadzoda boʻlgan. Shaxsiy mutolaasi soyasida oʻrta asr fanlari (mantiq, tibbiyot, astrologiya, matematika va gumanitar fanlar), xususan, diniy-falsafiy oqimlar, arab tarjimalari asosida yunon falsafasi bilan yaqindan tanishgan, klassik turk, arab, fors va hind adabiyotini oʻrgangan.

„Bangu Boda“ („Nasha va may“) asarini Shoh Ismoil Xatoiyga bagʻishlaganiga, Shoh Tahmasbga va uning sarkardalariga, har bir hokimlarga, xonlarga qasidalar yozishiga qaramay, saroyga qiziqishi boʻlmagan.

Sulton Sulaymonga bir necha qasima taqdim etgan Fuzuliy Sulton qoʻshini bilan Bagʻdodga kelgan turk shoirlari Xayoliy va Yahyobey bilan uchrashgan, „Layli va Majnun“ (1537) asarini esa „Rum zariflari“ deb atagan bu ijodkorlarning iltimosiga koʻra qalamga olgan.

Fuzuliy uch tilda gʻazal, qasida, musaddas, tarkibband, tarjiʼband, ruboiy, qitʼa, murabbaʼ va g. yozgan. Falsafiy mohiyatga ega qasidalari, „Yetti jom“, „Anisul qalb“, „Sihat va Dard“ asarlari keksalik davri mahsullaridir. U qasidalarini alohida asar sifatida toʻplab, kitob shakliga slogan, turk, fors va arab tillarida devonlar tuzgan.

Nizomiy Ganjaviyning ilk bora yozma adabiyotga olib kelgan „Layli va Majnun“ mavzusining koʻpgina turk, fors, hind, oʻzbek va tojik shoirlari tomonidan qalamga olinishiga qaramay, Fuzuliyning ona tilida yaratgan asari originalligi bilan bu mavzuda avvalroq yozilgan poemalardan ajralib turadi.

Fuzuliy qadim yunon va Sharq falsafasi bilan tanish edi. Uning falsafiy qarashlari asosan arab tilida nasrda yozgan „Matla-ul eʼtiqod“ asarida oʻz aksini topgan. Fuzuliy bu yerda Aristotel, Platon, Empedokl, Demokrit va boshqa yunon faylasuflarining fikrlaridan, an-Nizomning falsafiy merosidan taʼsirlangan. Fuzuliyning boshqa asarlarida ham adabiy falsafiy fikrlarga duch kelish mumkin.

"Mani jondan oʻsondirdi, jafodan yor oʻsonmazmi…"

Mani jondan oʻsondirdi, jafodan yor oʻsonmazmi?

Falaklar yondi ohimdan, murodim shami yonmazmi?

Qamu bemorina jonon davoyi dard etar ehson,

Nechuk qilmaz manga darmon, mani bemor sonmazmi?

Shabi hijron yonar jonim, doʻkar qon chashmi giryonim,

Uyodir xalqi afgʻonim, qaro baxtim uyonmazmi?

Guli ruxsoringa qarshu go'zimdin qonli oqar su,

Habibim fasli guldir bu, oqar suvlar bulanmazmi?

Gaʼmim pinhon tutardim man, dedilar, yora qil ravshan,

Desam ul bevafo bilman, inonurmi, inonmazmi?

Dagildim man sanga moyil, san etding aqlimi zoyil,

Manga taʼn aylayan gʻofil, sani koʻrgach, oʻtonmazmi?

Fuzuliy rindi shaydodir, hamisha halqa rasvodir,

Koʻringkim, bu na savdodir, bu savdodan oʻsonmazmi?

Fuzuliy

Gʻazal, majnuni-dilpazindir

Yo Rab, baloyi-ishq ila qil oshno mani!

Bir dam baloyi-ishqdan etma judo mani!

Oz aylama inoyatini ahli-darddan,

Yani ki, koʻp balolarga qil mubtalo mani!

Oʻlduqcha man goʻturma balodan irodatim,

Man istaram baloni, chun istar balo mani!

Tamkinimni baloyi-muhabbatda qilma sust,

To doʻst tan etib demoqqa bevafo mani!

Ketdikcha husning ayla ziyoda nigorimin,

Keldikcha dardina battar et mubtalo mani!

Man qandanu mulozamati-eʼtiboru joh,

Qil gʻolibi-saodati-faqru fano mani!

Oʻyla zaif qil tanimni firqatida kim,

Vaslina mumkin oʻla keltirmak sabo mani!

Naxvat qilib nasib Fuzuliy kabi manga,

Yo Rab, muqayyad aylama mutlaq maʼno mani!

"Layli va Majnun", Fuzuliy

Fuzuliy oʻz sheʼrlarida, XVI asrgacha ozarbayjon turkchasida yozgan shoirlarning barcha yaxshi tajribalarini hisobga olib, uni buyuk jur’at va mahorat bilan rivojlantirgan. Kirikaning eng qimmatli namunalarini berish bilan Ozarbayjon, shuningdek, turkiy adabiyot tarixida yangi, juda katta va goʻzal maktab ochgan. Fuzuliy adabiy maktabi oʻzining maʼno mazmunan boyligi, badiiy yuksakligi bilan inson his va fikrlarining badiiy ensiklopediyasini tashkil etadi. Bu maktab sheʼrimizning sifatini soʻnggi darajada yuksak martabaga olib chiqish bilan cheklanib qolmagan. U Ozarbayjon turkchasining barcha goʻzalliklarini, imkon va qudratini porloq sur’atda namoyish ettirgan. Bu maktab klassik adabiyotdagi eskirgan qoida va normalarni yoʻq qilishda, rivojlanishga toʻsiq boʻluvchi klassik anʼanalarga jasur, ozod va epchillik bilan yondashishda buyuk tarixiy xizmat koʻrsatgan.

Fuzuliy Nasimiydan keyin ona tilda yaratilgan sheʼrning eng goʻzal namunalari boʻlgan asarlari bilan adabiy-badiiy tilni yangi yuksakliklarga olib chiqqan, klassik Ozarbayjon, shuningdek, boshqa turkiy xalqlar poeziyasiga kuchli taʼsir koʻrsatgan, adabiy maktab yaratgan. Uning asarlari Tabrizda, Bokuda, Istanbulda, Anqarada, Qohirada, Toshkentda, Buxoroda, Ashxobodda bir necha bor nashr etilib, dunyo sharqshunoslari tomonidan yuksak baholangan.

Muhammad Fuzuliy qamariy 963-yilda, milodiy 1556-yilda Karbaloda oʻlatdan vafot etib, oʻsha yerda dafn etilgan.

Layli va Majnun

tahrir
 
Tanho Majnun, XV asrda nomaʼlum rassom tomonidan chizilgan.

Layli va Majnun afsonasi haqida koʻpgina poemalar yozilgan. Lekin Fuzuliyning „Layli va Majnun“ poemasi oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Muallif oʻsha davrning patriarxal madaniyatini, uning ob-havosini har tomonlama va ochiq-oydin ravishda izohlab bergan. Layli va Majnun timsolida insonga, hayotga va sevgiga yangi munosabat ifodalangan. Layli va Majnun yangi inson idealining, inson haqidagi yangi qarashlarning eski qarashlar va ziddiyat bilan toʻqnashuvini aks ettiradi. Bu toʻqnashuv eski qarashlarning, tushunchalarning tarix sahnasidan chiqish vaqti yaqinlashganini koʻrsatadi. Lekin bu eski qarashlar hali shuurlardan oʻchmagan. Unga qarshi har bir chiqish, har bir harakat ahmoqlik, beaqllik, majnunlik hisoblanadi. Xoh qiz, xoh oʻgʻil farzand kimnidir tanlashi, kimnidir yoqtirishi hali ham ota haqlarini toptalash, davrning odat-anʼanalariga qarshi borish sifatida qabul qilinadi.

Asar bilan yaqindan tanish boʻlganlar Layli va Majnun muhabbati maktabdan boshlanganini biladi. Bu hech ham tasodif emas. Yaʼni komillik, ijtimoiy munosabatlar tizimining rivoji ayol va erkak munosabatlarining yoʻlga qoʻyilishi uchun ilm va taʼlim zaruriy shartlardan biridir. Ular bir-birini faqat maktabda koʻrishadi va bu muhabbatga, oʻzaro munosabatga ana shu yerda yana-da yaqinlashishadi. Majnunning iztirobi, hasrati Laylining maktabdan ketishi bilan boshlaydi. Albatta, Fuzuliyning komil inson, shaxsiyat timsolida yaratgan inson obrazi Layli va Majnun munosabatlarida qoʻygan konsepsiyasini va uning gender munosabatlarining asosini tashkil etadi. Ham Majnun, ham Layli ayni ijtimoiy statusga egadirlar. Yaʼni har ikkisi qabila boshliqlarining yagona farzandidir, mol-mulk jihatdan ham bir xil boylikka egadirlar. Ammo Laylining otasi qizini bunday boy oilaga berishni istamaydi. Shubhasiz, bu yerda asosiy masala Qaysning insoniy munosabatlarga, muhabbatga, oila qurishga tegishli oʻziga xos jihatlarga ega boʻlishidadir. Uni tushuna olmaganlari yoki qabul qilmaganlari uchun Qays Majnunga aylandi. Bu „majnunlik“ inson sevgisidan, insonning insonga boʻlgan munosabatidan paydo boʻladi. Shuning uchun ham u oʻzini sahroda, hayvonlar orasida yaxshiroq his qilardi.

Layli Majnunga joʻnatgan maktubida oʻzining huquqdan mahrumligi, qul, buyum kabi olinib sotilishini bildirib shunday deydi:

Men gavharman, oʻzgalar xaridor,

Menda emas ixtiyori-bozor,

Davronki, meni mazoda soldi,

Bilmam kim edi sotgan, kim oldi,

Oʻlsaydi manim oʻz ixtiyorim,

Oʻlmasdi sendan oʻzga yorim.

"Layli va Majnun", Fuzuliy

Bu yerda ayolning ozod tanlov huquqining tortib olinishi oshkor boʻladi. Fuzuliy bu bilan Islom dinining ayolga bergan tanlov huquqini talab etadi va bu uchun insonlarni ilohiy haqiqatga amal qilishga chorlaydi. Dunyoda hokim odat-anʼana va tushuncha tarsi ayolga maʼnaviy erkinlik bermas, ayol qalbining ovozini eshitishni istamasdi.

Asar patriarxal madaniyatning bir namunasi sifatida ham baholanishi mumkin. Bu yerda ayollar har bir harakatlarida juda ehtiyotkorlik bilan harakat qiladilar. Laylining Majnunga boʻlgan muhabbatini eshitgan ona ham bu hayajon va qoʻrquv dahshatini his qiladi. Va u buni Layliga qilgan nasihatlarida ochiq bildiradi:

Kayshoʻx, nedir bu goʻftugular?

Qilmoq sanga taʼna aybchilar?

Nechun oʻzingga ziyon etursan?

Yaxshi nomingni yomon etursan?

Nechun sanga taʼna etar badyu?

Nomusingga loyiq ishmidir bu?

"Layli va Majnun", Fuzuliy

Ayol ozodligi hayo, ibo, nomus, iffat jilovlari bilan pardalangan boʻladi. Asarda ayolning oʻz istagini tilga olishi, erkin oila qurish orzusi bilan yashashi ham odob-axloqdan uzoq deb hisoblanadi. Asosiy fojia shundaki, Layli oʻz huquqi yoʻlida qisman boʻlsa ham kurash olib borsa-da, atrofida oʻziga hamdam topilmasligi sababli natijaga erisha olmaydi. U atrofdagilar tomonidan tushunilmasligi sababli dardini sham bilan, parvona bilan, oy bilan, bulut bilan, tuya bilan boʻlishishga majbur boʻladi. Layli oʻzini jilovi boshqasining qoʻlida boʻlgan tuyaga oʻxshatadi:

Men kabi yoʻq qoʻlda ixtiyoring,

Bir oʻzga qoʻlidadir mahoring.

"Layli va Majnun", Fuzuliy

Fuzuliy qalamga olgan sevgi dostonida bosh qahramonlarning — Layli va Majnunning komil surati bilan birga epizodik obrazlar ham berilgan. Yoshlarning ota-onasidan tashqari Nofel, Ibn Salom, Zayd kabi ikkinchi darajali obrazlar, bu yoki boshqa darajada voqealar rivojida qatnashgan Soqiy, Gardun, ohu, kabutar, sham, oy va boshqa allegoric obrazlar berilgan. Bu obrazlarning xarakterida asosiy jihat, asosiy kayfiyat sof muhabbat, sevgiga sadoqat masalasidir. Butun boshqa masalalar ikkinchi, uchinchi darajada qoladi.

Shoir epizodik obrazlardan ham sevgining jozibador qudratini, hamma narsadan ustunligini, eng yuksak maʼno kasb etishini koʻrsatadi. Hatto Majnunga raqib boʻlgan Ibn Salom obrazini ishlar ekan, shoir uning menligidagi musbat sifatlarni, uning oliy idrokini, xush xosiyatini, jozibali husnini qayd etadi. U moʻtabar insondir, kibor ichida mashhurdir, baxtiyordir, boydir, maʼrifat ahlidir. Shoir uni bosh qahramoni Majnun bilan qiyoslaydi. Ibn Salom Laylini ovga borganda koʻrib, maftun boʻladi va darhol uyiga qaytadi. Layli uchun sovchi boʻlib borishga eng aqlli, munosib odamni topadi.

Tasvirda bosh qahramonga — Majnunga raqib boʻlgan odamning tasvirida shoir raqibning manfiy jihatlarini boʻrttirib koʻrsatishini kutish mumkin edi. Lekin unday boʻlmaydi, shoir hatto Majnunning raqibida ham xunuk xislatlarni koʻrmaydi. Toʻgʻrirogʻi bunday odam bilan „eng yuksak xilqat“ boʻlgan Laylini yuzma-yuz qoʻyishni istaydi. Layli Ibn Salomni sevmasa ham, undan qochishni xohlasa ham, Ibn Salom olijanob boʻlib qolaveradi. Layli toʻy kechasida oʻz dardini unga aytgach, qizning barcha iztiroblariga ishonadi, olijanoblik qilib, fikrini butkul oʻzgartiradi, unga yaqinlashmaydi, „vasldan“ umidini uzib hijronni oʻziga roʻziy etadi.

Kayshoʻx, nedir bu goʻftugular?

Qilmoq sanga taʼna aybchilar?

Nechun oʻzingga ziyon etursan?

Yaxshi nomingni yomon etursan?

Nechun sanga taʼna etar badyu?

Nomusingga loyiq ishmidir bu?

"Layli va Majnun", Fuzuliy

Ayol ozodligi hayo, ibo, nomus, iffat jilovlari bilan pardalangan boʻladi. Asarda ayolning oʻz istagini tilga olishi, erkin oila qurish orzusi bilan yashashi ham odob-axloqdan uzoq deb hisoblanadi. Asosiy fojia shundaki, Layli oʻz huquqi yoʻlida qisman boʻlsa ham kurash olib borsa-da, atrofida oʻziga hamdam topilmasligi sababli natijaga erisha olmaydi. U atrofdagilar tomonidan tushunilmasligi sababli dardini sham bilan, parvona bilan, oy bilan, bulut bilan, tuya bilan boʻlishishga majbur boʻladi. Layli oʻzini jilovi boshqasining qoʻlida boʻlgan tuyaga oʻxshatadi:

Mayl etmadi mutlaq oʻl nigora, Hargiz unga qilmadi nazora!

"Layli va Majnun", Fuzuliy

Poemaning oxirlariga kelib, Layli va Majnunning yuzma-yuz kelishgan joyida kutilmagan hodisa yuz beradi. Biroz avval sahroda karvonni yoʻqotgan, adashib sargardon kezgan Layli Majnunga duch eklganida uni tanimaydi. Endi esa Majnun Laylini tanimaydi yoki tanishni istamaydi. Layli oʻzining har bir qayd va shartdan uzoqligini, Majnunning ogʻushiga kirishga tayyor ekanligini aytganda Majnun ortga tisariladi, bunday visolga toqati yoʻqligini bildiradi:

Yoqmoqqa meni yetar xayoling,

Yoʻqdur manga toqati visoling!

Ul kunki, koʻzimda bor edi nur,

Koʻzdan yuzingni qochirding, ey hur…

Ishq etdi binoyi vasli mahkam,

Mani-da mani san ila hamdam!

Manda boʻlgan oshkor sensan,

Man xud yoʻqman, ulki bor sansan!..

"Layli va Majnun", Fuzuliy

Umrini maʼshuqasining yoʻlida qoʻygan, foniy kun uchun „rusvoyi xaloyiq“ boʻlgan odamning oʻz orzusiga yetay deganda birdaniga yuz oʻgirishi, albatta, aqlli harakat hisoblanmaydi. Bu chindan ham „majnunlik“ alomatidir. Faqat buyuk shoir buni ham sayoz, oddiy harakat hisoblamaydi, oshiqning iztiroblarga toʻla, yarali qalbi bilan va qalbning murakkab hayoti bilan izohlaydi. Majnun endi omadsiz bir ishqning mujassami sifatida qolish, Laylining bokira xayoli bilan yashash va oʻlishni istaydi:

Man ishq kezargohida xokman,

Elchimla bilarmanki, pokman!..

"Layli va Majnun", Fuzuliy

Shikoyatnoma

tahrir

Ikkinchi nomi „Nishonchi poshshoga maktub“dir. Davrining mansabdor xarajatlaridan, aʼyonlarning poraxoʻrligi tufayli unga yozilgan nafaqani ololmaganidan norozi boʻlgan Fuzuliy oʻzining „Shikoyatnoma“ manzum sheʼrida shunday yozadi:

Salom berdim — pora emas deya olmadilar.

Hukm koʻrsatdim — foydasizdir deya multafit oʻlmadilar.

Agarchi zohirda surati-itoat koʻrsatdilar, ammo zaboni-hol ila jami suolima javob berdilar.

Dedim: — Ya ayyuhal-ashob! Bu ne feʼli-xatovu chini-abrudur?

Dedilar: — Muttasil bizning odatimiz budur.

Dedim:- Manim raoyatimni vojib koʻrmishlar. Va manga baroati-taqoud bermishlarki, oʻvqafdan hamisha bahramand boʻlam. Va podshohga farogʻat ila duo qilam.

Dedilar: — Ey, miskin! Saning mazolimingga kirmishlar va sanga sarmoyayi-taraddud bermishlarki, mudom foydasiz jidol etasan. Va nomuborak yuzlar koʻrub, nomuloyim soʻzlar eshitasan.

Dedim:- Baroatimning mazmuni ne uchun surat topmas?

Dedilar:- Zavoiddir, husuli mumkin boʻlmas.

Dedim:- Bundoq oʻvqof zavoidsiz boʻlarmu?

Dedilar:- Zaruriyati-ositonadan ziyoda qolursa, bizdan qolurmu?

Dedim:- Vaqf molin ziyoda tasarruf etmak vaboldur.

Dedilar:- Aqchamiz ila sotib olganmiz, bizga haloldur.

Dedim:- Hisob olsalar, bu sulukunuzun fasodi topilur.

Dedilar:- Bu hisob qiyomatda olinur.

Dedim:- Dunyoda daxiy hisob olinur xabarin eshitganmiz.

Dedilar:- Ondin daxiy boqiymiz yoʻq, kotiblarni rozi etganmiz.

"Shikoyatnoma", Fuzuliy

Asarlari

tahrir
  • Ozarbayjon va Fors tilida devon
  • „Qasidalar devoni“ — Ozarbayjon, fors va arab tilida yozilgan devon
  • „Matla-ul eʼtiqod“ — arabcha falsafiy traktat

Turkcha (ozarbayjoncha) asarlari:

  • „Bangu boda“ (Nasha va may) — poema
  • „Suhbat-ul asmor“(Mevalarning suhbati) — poema
  • „Layli va Majnun“ — poema (allegoriya boʻlmagan yagona poemasi)
  • „Hadiqatus-Suado“ (Baxt bogʻi) — shoirning hajm jihatdan eng katta asari, anʼanaviy-mushtarak mavzuda yozilgan.
  • „Shikoyatnoma“ yoki „Nishonchi poshshoga maktub“ — nasr asari (Ozarbayjon tilida ilk nasr)
  • „Hadisi Arbain“(Qirq hadis) — Abdurahmon Jomiyning shu nomli asaridan tarjima (fors tilidan)

Forscha asarlari:

  • „Haft jom“ (Yetti jom) yoki „Soqiynoma“ — allegorik poema
  • „Sihat va dard“ — forscha va nasrda yozilgan allegorik asar.
  • „Rindu Zohid“ — nasrda yozilgan ikki qarash dialogi.

Chop etilgan kitoblari

tahrir
  • „Layli va Majnun“ Boku, Ushoqgenchnashr, 1958
  • Muhammad Fuzuliy. Asarlari. Olti jildda. I jild. Boku, „Ozarbayjon“ nashriyoti, 1996.
  • Muhammad Fuzuliy. Asarlari. Olti jildda. I jild. Boku, „Sharq-Gʻarb“, 2005, 400 s. Matn
  • Muhammad Fuzuliy. Asarlari. Olti jildda. II jild
  • Muhammad Fuzuliy. Asarlari. Olti jildda. III jild
  • Muhammad Fuzuliy. Asarlari. Olti jildda. IV jild
  • Muhammad Fuzuliy. Asarlari. Olti jildda. V jild
  • Muhammad Fuzuliy. Asarlari. Olti jildda. VI jild

Mashhur gʻazallari

tahrir
  • Mani jondan oʻsondirdi
  • Soʻz
  • Oʻlsaydi mandaki gʻam
  • Jon berma gʻami-ishqa ki, ishq ofati-jondir
  • Jonni kim jononi uchun sevsa jononin sevar
  • Manda Majnundan fuzun oshiqlik isteʼdodi bor
  • Yetar ey falak
  • Tutashdi gʻam oʻtina
  • Panbayi-togʻi junun ichra nihondir badanim
  • Ey koʻngil, yorni ista, jondan kech
  • Koʻngil sajjodaga bosma oyoq, tasbehga qoʻl urma
  • Ramazon boʻldi chekib shohidi-may pardaga ru
  • Ey bevafoki, odat boʻlibdir javo sanga
  • Oshiq oʻldim yana bir toza guli raʼnoga

Oʻqilgan sheʼrlari

tahrir
  • Hadiqat-us Suado — oʻqigan: Anvar Valiyev
  • Shabi hijron yonar jonim — oʻqigan: Elshan Rustamov
  • Ey hakim — oʻqigan: Shohrux Naxoiy
  • Ey tabib

Sheʼrlariga yozilgan musiqay asarlar

tahrir

Operalar

Layli va Majnun — musiqa: Uzeyir Hojibeyov

Musiqa poemalari

  • Fuzuliy vokal-simfonik poema (1993) — musiqa: Ra
  • „Shabi-hijron“ lirik poema — xor va katta simfonik orkestr uchun — musiqa: Mammad Quliyev

Romanslar

  • Shavkat Alakbarova — Fuzuliy kantatasi (Mani jondan oʻsondirdi) — muv
  • Gulogʻa Mammadov — Vatanimdir — musiqa: Sulaymon Alaskarov
  • Ramil Qosimov — Suvlar oynasi — musiqa: Rashid Shafaq
  • Ramil Qosimov — Yod ay uchun)- musiqa: Oʻqtay Zulfiqorov

Tasniflar, maqomlar

  • Abulfat Aliyev — Tasnif Mani jondan oʻsondirdi
  • Alibobo Mammadov — Muxolif tasnifi Shabi hijron
  • Guliston Aliyeva — Tasnif Ey kamon-abru shahidi navoki mujgoningman
  • Hayrat, ey bud
  • Bulbul — Fuzuliy tasniflari

Filmografiya

tahrir
  1. Muhammad Fuzuliy (film, 1958)
  2. Layli va Majnun (film, 1961)
  3. Muhammad Fuzuliy (film, 1989)
  4. Shabi hijron (film, 1993)
  5. Suhbat-ul asmor (film, 1994)

Fuzuliy nomining abadiylashtirish

tahrir

1994-yilda Ozarbayjon shoiri va mutafakkiri Muhammad Fuzuliy tavalludining 500 yillik yubileyi munosabati bilan davlat komissiyasi tuzilgan.

1996-yil 13-sentyabr dohiy Ozarbayjon shoiri va mutafakkiri Muhammad Fuzuliy tavalludining 300 yillik yubileyi munosabati bilan „Fuzuliy ensiklopediyasi“ning tayyorlanishi va nashr etilishini taʼminlash maqsadida „Fuzuliy ensiklopediyasi redaksiyasi“ tuzilishi haqida qaror qabul qilindi.

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti 1996-yil 13-sentyabrda "Fuzuliy nomidagi xalqaro mukofoti taʼsis etilishi haqida Buyruq imzolandi.

Toshkentda Alisher Navoiy nomidagi davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida M.Fuzuliy nomidagi Ozarbayjon madaniyat, taʼlim va tadqiqotlar markazi ochildi.

2019-yil 30-oktyabrda universitetda oʻtkazilgan „Oʻzbek tili taraqqiyoti, turkologiya va xalqaro hamkorlik masalalari“ nomli xalqaro konferensiya doirasida Ozarbayjonning dohiy shoiri Muhammad Fuzuliy nomini olgan Ozarbayjon madaniyat, taʼlim va tadqiqotlar markazining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazining loyihasi asosida yaratilgan Ozarbayjon boʻlimida maxsus tartibot va dizayn ishlari amalga oshirilib, Ozarbayjon tili, adabiyoti, madaniyatining targʻibi maqsadi bilan oʻlkamizga tegishli nashrlar, koʻrgazmali vositalar sovgʻa qilindi.

Markazda xalqlar orasidagi doʻstlik, madaniy-adabiy aloqalarga doir burchaklar, shuningdek, davlat atributlarimiz va milliy madaniyatimizga tegishli xususiy stendlar yaratilgan, Ozarbayjon adabiyotining taniqli namoyandalari portretlari, xususan, dohiy Fuzuliyning hayoti va ijodi, asarlari, asarlaridan miniaturalar joylashtirilgan.

Markazning asosiy faoliyati Ozarbayjon tili va adabiyotining oʻrganilishi va targʻibidir. Markazda ozarbayjon olimlar, shoirlar, yozuvchilar, mutaxassislarning ishtirokidagi uchrashuvlar, maʼruzalar, yubileylar, ochiq darslar, koʻrgazma va seminarlar tashkil etiladi, ochilgan kutubxona doimiy ravishda Ozarbayjonga tegishli yangi nashrlar bilan taʼminlanadi.

Markaz vositasi bilan Universitet oʻqituvchi va talabalari Ozarbayjon bilan, uning qadimiy tarixi, boy madaniyati, adabiyoti bilan yaqindan tanishishga muvaffaq boʻladi va markaz tadqiqotchilar, tarjimonlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Yakunda Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi direktori Samir Abbosov yangi ochilgan Muhammad Fuzuliy nomini olgan Ozarbayjon madaniyat, taʼlim va tadqiqotlar markaziga milliy madaniyatimizni oʻzida aks ettiruvchi Ozarbayjon gilami va milliy suvenir taqdim etdi.

Fuzuliy tumani

tahrir

1959 yil aprel oyida buyuk ozarbayjon shoiri Muhammad Fuzuliy tavalludining 400 yilligi sharafiga Karyagin tumani Fuzuli tumani deb qayta nomlandi. Fuzuli tumani — Ozarbayjon Respublikasidagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1993 yildan beri hududning bir qismi arman qurolli kuchlari tomonidan bosib olingan. Fuzuli Qorabogʻ togʻ tizmalarining pasttekisliklari va pasttekisliklarini janubi-sharqiy etaklaridan Araz daryosigacha. Ozarbayjonning Jabrayil, Xojavand, Agjabadi, Beyləqan tumanlari va Araz daryosi boʻylab Eron bilan chegaradosh. Fizuli tumanining maydoni 1386 km2, aholisi esa 105,000 kishini tashkil etadi. Tumanda 1 ta shahar, 1 ta shaharcha, 75 ta qishloq va boshqa aholi punktlari mavjud. Mintaqada Armaniston qurolli kuchlaridan ozod qilingan 13 aholi punkti va 20 qishloq mavjud. Ozod qilingan hududda oʻn ikkita aholi punkti yangidan qurilib, u yerda vaqtincha koʻchmanchi oilalar joylashtirildi. Hozirgi kunda ushbu hududda 51 mingta nogironlar istiqomat qilishgan. Fuzuli viloyatining markazi va boshqa qishloqlari arman qurolli kuchlari tomonidan bosib olingan[2].

Muhammad Fuzuliyning haykali

tahrir

Muhammad Fuzuliyning haykali Ozarbayjon poytaxti Bokudagi markaziy parkda Ozarbayjon Davlat Akademik Milliy Drama Teatri oldida oʻrnatilgan. Yodgorlik 1958-1963 yillarda taniqli Ozarbayjon haykaltaroshlari Tokay Mammadov va Omar Eldarov tomonidan bunyod etilgan, arxitektori Hoji Muxtorov. Ushbu haykal uchun haykaltaroshlar Tokay Mammadov va Omar Eldarov SSSR Badiiy akademiyasining kumush medallariga sazovor boʻlishdi[3].

Muhammad Fuzuliy nomidagi qoʻlyozmalar instituti

tahrir

Ushbu institut Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasi tarkibiga kiritilgan ilmiy tashkilotdir. Muhammad Fuzuli nomidagi Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasining Qoʻlyozmalar instituti 1950 yilda Nizomiy nomidagi Adabiyot institutining Qoʻlyozmalar boʻlimi asosida Oʻrta asrlar Sharq yozma yodgorliklarini toʻplash, tizimlashtirish, himoya qilish va nashr etishning yagona markazi sifatida tashkil etilgan. 1986 yilda fond asosida Qoʻlyozmalar instituti tashkil etildi. 1996 yil 13 sentyabrda institutga Muhammad Fuzuliy nomi berildi.Qoʻlyozmalar instituti oʻrta asrlar fanining tibbiyot va astronomiya, matematika va mineralogiya, poetika va falsafa, ilohiyot va huquq, grammatika, tarix va geografiya, badiiy adabiyot va sheʻriyat kabi barcha sohalarini qamrab olgan. Institut ozarbayjon, turk, arab, fors va boshqa tillardagi boy va noyob qoʻlyozmalar toʻplamiga ega. Hozir Qoʻlyozmalar institutida 40 mingdan ortiq materiallar mavjud[4].

Oʻzbekistondagi Muhammad Fuzuliy nomidagi Ozarbayjon madaniyat, taʼlim va tadqiqot markazi

tahrir

Buyuk shoir Muhammad Fuzuliy nomidagi Ozarbayjon madaniyati, taʼlimi va tadqiqot markazi 2019 yilda Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi davlat Oʻzbek tili va adabiyoti universitetida ochilgan. Markaz Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniy markazining loyihasi asosida tashkil etilgan. Muhammad Fuzulining Oʻzbekistondagi ishiga boʻlgan katta muhabbatni inobatga olgan holda, ushbu markaz ikki mamlakat oʻrtasida ilm-fan, taʼlim va adabiy aloqalar koʻprigi vazifasini oʻtaydi. Fuzuli nomidagi Ozarbayjon madaniyat, taʼlim va tadqiqotlar markazi Oʻzbekistonda ozarbayjon adabiyotini yuqori darajada targʻib qiladi va bu yerda tashkil etilgan kutubxona oʻzbek talabalariga Ozarbayjon haqidagi yangi nashrlarni taqdim etadi. Markazda ozarbayjon tili va adabiyotidan dars berishdan tashqari uning madaniyatini targʻib qiladigan nashrlar, Fuzuliyning kitoblari, asarlarining miniatyuralari, taniqli ozarbayjon yozuvchilarining portretlari, ozarbayjon gilamlari va esdaliklari koʻrgazmada[5].

Xotirasiga bagʻishlangan tangalar

tahrir
Fayl:Məhəmmzulinin xatirəsinə həsr olunmuş qızıl sikkə-üz.gif
 
 

Adabiyotlar

tahrir
  1. Devon, T., 1961; Muhammad Fuzuliy [Asarlar], 2 j.li, T., 1968.
  2. Muhammad Fuzuliy, Layli va Majnun  (ozar.)
  3. M.Fuzuliy „Layli va Majnun“ poemasi. Boku-Maorif, 1991.
  4. Ozarbayjon badiiy va ijtimoiy-falsafiy fikrida ayol masalasi. Boku-Odilogʻli, 2004.
  5. Muhammad Fuzuliy. Asarlari. Olti jildda. II jild. Boku, Sharq-Gʻarb, 2005, 336 s. ISBN 9952-418-51-2
  6. Ozarbayjon Tarixi portali : Kadjar Chingiz. Vidayuщiesya sini drevnego i srednevekovogo Azerbaydjana. — Baku, izdatelstvo „Azerbaydjan“ — 370146, Metbuat prospekti, 520-y kvartal., izdatelstvo Ergyun, 1995. — 392 s.
  7. Arasli X., Velikiy azerbaydjanskiy poet Fizuli, Baku, 1958; Jalolov T., Fuzuliy //Fuzuliy. Devon, T., 1961.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir