J. R. R. Tolkien
John Ronald Reuel Tolkien (1892-yil 3-yanvarda tugʻilgan) – ingliz yozuvchisi, shoir, filolog va akademik. Zamonaviy fantaziya adabiyotining otasi. Hobbit, Uzuklar hukmdori, Silmarillion kabi asarlar muallifi. 1972-yil 28-martda qirolicha Elizabeth II tomonidan Britaniya Imperiyasi ordeni (CBE) qoʻmondoni etib tayinlangan[1].
J. R. R Tolkien CBE FRSL | |
---|---|
Tavalludi |
John Ronald Ruel Tolkien 3-yanvar 1892-yil |
Vafoti |
2-sentyabr 1973-yil (81 yoshda) |
Fuqaroligi | Birlashgan Qirollik |
Taʼlimi | Oxford |
Kasbi | Yozuvchi, akademik, filolog, shoir |
Millati | Ingliz |
Dini | Katolik |
Bolalari |
|
Otasi | Arthur Reuel Tolkien |
Onasi | Mabel Suffield |
Mukofotlari | Britaniya imperiyasi ordeni (1972) |
Koʻplab yozuvchilar Tolkien oldin xomxayol asarlarini nashr qilganidan kulishgan boʻlsada, uning asarlari keyinchalik buyuk muvaffaqiyat qozondi jumladan Hobbit va Uzuklar Hukmdori. Bu Tolkienni zamonaviy fantaziya adabiyotining „otasi“ sifatida mashhur qilishiga sabab boʻldi. 2008 yilda The Times jurnali uni „1945 yildan beri 50 ta eng buyuk ingliz yozuvchisi“ roʻyxatida oltinchi oʻringa qoʻydi[2]. Forbes esa 2009-yilda uni eng daromadli „oʻlik mashhurlar“ roʻyxatida 5-oʻringa joylashtirdi.
Tolkien Hobbit va Uzuklar hukmdoriga asoslab oʻnlab asarlar yaratdi. Uning asarlari jamlanib oʻziga xos hayoliy, tarixiy davrni tashkil etadi. Bu davr Oʻrta Yer davri deb ataladi. Bu davrdan qadimiy qirolliklar va shavkatli qirollar, turli millatlar va afsonaviy mavjudotlar, asar uchun yartilgan yozuv va tillar, oʻz nomiga ega mashxur qilichlar va boshqa koʻplab hayoliy narsalar oʻrin olgan. Tolkien yaratga hayoliy olam ayniqsa Piter Jacksonning Hobbit va Uzuklar hukmdoriga asoslangan oltita filmdan keyin dunyo xalqlari hayotidan muhim oʻrin oldi[3].
Biografiyasi
tahrirJohn Ronald Reuel Tolkien 1892-yil 3-yanvarda Bloemfontein , Orange Free State (hozirgi Janubiy Afrika)da tugʻilgan.
Exeter kolleji va Oksfordda tahsil olgan. 1916-yilda Fusiliers’da leytenant sifatida xizmat qilgan[4].
Turmush oʻrtogʻi Edith Bratt(1916 −1971)[5].
Bolalari:Jon Frensis (1917-2003), Maykl Xilari (1920-1984), Kristofer Jon (1924-2020), Priskilla Anne (1929-)[6] .
Manbalar
tahrir- ↑ Tolkien, J.R.R (1 January 1972). „Commander of the Order of the British Empire“. London Gazette. 9-bet.
- ↑ „The 50 greatest British writers since 1945“. The Times (2008-yil 5-yanvar). 2011-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Rings scores Oscars clean sweep“. BBC News (2004-yil 1-mart). 2017-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Carpenter 1977, s. 14
- ↑ Carpenter 1977, s. 40
- ↑ Carpenter 1977, s. 167