Jack and the Cuckoo-Clock Heart

Jack and the Cuckoo-Clock Heart (tarjimasi „Jack va kakkuli soat yurak“) — 2013-yilda ekranlarga chiqarilgan musiqiy va fentezi janrlaridagi kompyuter-animatsion film. Fransuz rok guruhi „Dionysos“ning kontseptual albomiga va guruh solisti Mathias Malzieu tomonidan yozilgan „La Mécanique du cœur“ (Yurak mexanikasi) romaniga asoslangan. Filmdagi barcha musiqa „Dionysos“ tomonidan ijro etilgan.

Jack and the Cuckoo-Clock Heart

Film posteri
Rejissyor(lar)
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar) Mathias Malzieu
Bastakor(lar) Dionysos
Muharrir(lar) Soline Guyonneau
Studiya(lar)
Chiqarilgan sanasi
  • 17-noyabr, 2013-yil(2013-11-17) (Arras Film Festival)
  • 20-dekabr, 2013-yil(2013-12-20) (AQSh)
  • 15-yanvar, 2014-yil(2014-01-15) (Meksika)
  • 5-fevral, 2014-yil(2014-02-05) (Fransiya)
Davomiyligi 93 daqiqa
Mamlakat Fransiya bayrogʻi Fransiya
Tillar inglizcha
ispancha
fransuzcha
Byudjeti $23 million
Daromadi $3.5 million

Asl fransuz tilidagi „Jack et la mécanique du cœur“ („Jack va yurak mexanikasi“) film 2013-yil oktabr oyida namoyish etilgan, ingliz, nemis, fin va ispan tillaridagi versiyalari esa 2014-yilda chiqarilgan.

Mazmuni tahrir

Jack 1874-yilda Edinburghda eng sovuq kunlarning birida tugʻiladi. Haddan tashqari sovuq tufayli u urmaydigan muzlagan yurak bilan dunyoga keladi. Doya Madlen uning yuragini moʻrt, lekin ishlaydigan kakkuli soatga almashtirib, Jackning hayotini saqlab qoladi. Shundan soʻng uning bevaqt oʻlimini oldini olish uchun Madlen unga uchta qoidani maslahat beradi: soatni hech qachon qoʻllari bilan oʻynamaslik, oʻzini yoʻqotib qoʻymaslik va sevib qolmaslik. Jackning onasi, farzandini Madlen yaxshiroq tarbiyalashiga ishonch hosil qilib, faqat oʻziga maʼlum boʻlgan sabablarga koʻra Jackni tashlab ketadi. Farzand tugʻishga qodir boʻlmagan Madlen uni oʻz farzandidek sevib tarbiyalaydi.

Jack oʻn yoshga toʻlish kunida Madlen uchta qoidani uni birinchi marta shaharga olib borishdan oldin takrorlaydi. Jack shaharda Miss Akatsiya ismli qizni uchratib qoladi va unga oshiq boʻladi. Koʻp oʻtmay maktabni boshlaganidan soʻng, u Miss Akatsiyani sevib qolgan bezori Joeni uchratadi. Undan yoshi kattaroq boʻlgan hasadgoʻy Joe va uning yonini oluvchi oʻquvchilar toʻdasi Jackni keyingi toʻrt yil davomida azoblaydi. Joening hujumi paytida Jack soatining kukusi Joening koʻzini oʻyib oladi va Jack uni oʻldirib qoʻydim deya uyiga yuguradi. Madlen Jackning qochishiga yordam beradi.

Jack tun-u kun Miss Akatsiyani yana bir bor koʻrishni xohlaydi va birinchi film direktori sehrgar Georges Méliès bilan uchrashadi. Georges uning yuragini tiklashga yordam beradi va Miss Akatsiyani qidirishda Jackga hamroh boʻlishga rozi boʻladi. Ular Akatsiyani qidirish uchun Ispaniyaning Andalusiya shahriga boradilar.

Uzoq safardan keyin ular Andalusiyadagi sirkka yetib kelishadi. Jack Miss Akatsiyani topadi, lekin Georges unga oʻz shaxsini oshkor qilmaslikni maslahat beradi. Jack Akatsiya bilan doʻstlashishni davom ettiradi va his-tuygʻularini baham koʻrishdan qochadi. Akatsiya yuragi oʻtmishdagi kimgadir tegishli ekanligiga ishora qiladi. Oʻsha oʻtmishdagi odam Jack boʻlib chiqadi. Jack nihoyat oʻzini oshkor qilish yoʻlini topadi va Miss Akatsiyaga uning yuragini ochuvchi kalitni beradi.

Jack va Miss Akatsiya birga qochib ketishlaridan oldin, bezori Joe paydo boʻladi. U Akatsiyaga Jackning kakku soat yuragining uchta qoidasini tushuntirib, ularning birga boʻlishiga toʻsqinlik qilishga urinadi. Miss Akatsiya, Joe bilan suhbatlashgandan soʻng, Jackning oʻlimiga sababchi boʻlishni hohlamay, uni sevib qolishiga yoʻl qoʻymaslikka qaror qiladi. Akatsiya Jack bilan qochib ketish taklifini rad etadi va Joe bilan ketadi. Jack bu soʻzlarni eshitib, yuragining vintlarini yulib tashlaydi.

Joe aravada Akatsiyaga Jack Madlenning yordami bilan qochib ketganidan soʻng, Madlen qamoqqa yuborilganini va u yerda koʻp oʻtmay vafot etganini aytadi. Mish-mishlarga koʻra, u singan yurakdan vafot etgan. Miss Akatsiya Jack yuragining kaliti oʻzida ekanligi esiga tushadi va uni qidirish uchun qaytib keladi. U Jackning Edinburghdagi uyiga joʻnab ketganini bilib, tezda uning orqasidan ergashadi. Jack uyiga yetib borgach, Madlen bilan nimalar sodir boʻlganini unga aytib berishadi. Shuningdek, Jack unga ona boʻlish quvonchini berganini va Madlen uni qanday ulgʻayishini oʻylab tashvishlanaganini aytishadi.

Miss Akatsiya Jackni Madlenning qabri oldida sovuqda titrab turganini koʻradi. Akatsiya kalitdan foydalanib soatini burishga harakat qiladi, lekin Jack kalitni uloqtirib yuboradi va kalitdan foydalanishdan oʻlimni afzal koʻradi. Keyin ular boʻsa oladilar va Jack uchun vaqt toʻxtaydi. Jack muzlagan qor parchalardan zinapoya sifatida osmonga koʻtarilayotganda fonda qoʻshiq yangraydi, film qora rangga aylanadi va tugaydi.

Ovoz berganlar tahrir

  • Mathias Malzieu — Jack
  • Olivia Ruiz — Miss Akatsiya
  • Grand Corps Malade — Joe
  • Jean Rochefort — Mélièsrolida
  • Rossy de Palma — Luna
  • Arthur H — Artur
  • Dani — Brigitte Helm
  • Alain Bashung — Jack Ripper

Ishlab chiqaruvchi tahrir

Rejissyorlar Stéphane Berla (guruhning oldingi videokliplari rejissyori) va Mathias Malzieu. Film dastlab 2012-yil 17-oktabrda Fransiyada[1] chiqishi kerak edi, biroq nomaʼlum sabablarga koʻra 2013-yil oktabrigacha kechiktirilgan[1]. Keyinchalik maʼlum boʻlishicha, Fransiyaning „Duran Duboi“ animatsion studiyasining (Quinta guruhidan) bankrotligi kechikishga olib kelgan.

Tanlovlar va mukofotlar tahrir

Film animatsiya sanoatida katta eʼtirofga sazovor boʻlgan:

  • Film CineMagic kinofestivalining 25 yilligi uchun ochilish filmi sifatida tanlangan[2].
  • 2014-yilgi European Film Award mukofotida „eng yaxshi animatsion badiiy film“ sifatida nomzod boʻlgan uchta filmdan biri edi, biroq „The Art of Happiness“ filmiga yutqazgan[3].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „Prochaines SORTIES CINÉMA en France“ (fransuzcha). Animeland.com (1-fevral 2012-yil). 23-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-fevral 2012-yil.
  2. „Jack and the Cuckoo-Clock Heart to open Cinemagic“ (inglizcha). Cineuropa - the best of european cinema. Qaraldi: 24-avgust 2019-yil.
  3. „The European Film Academy nominates three animated films“ (inglizcha). Cineuropa - the best of european cinema. Qaraldi: 24-avgust 2019-yil.

Havolalar tahrir