Butunjahon kitob kuni

O'qish, nashr qilish, va mualliflik huquqini targ'ib qilish bo'yicha yillik tadbir "Butunjahon Kitob Kuni", shuningdek Jahon Kitob kuni sifatida ham tanilgan, YUNESKO tomonidan har yili òtkaziladiga tadbir va bu kun 1995-yil 23-aprel kuni 1-marta
(Jahon kitob kunidan yoʻnaltirildi)

Butunjahon kitob kuni (shuningdek, Jahon kitob va mualliflik huquqi kuni yoki Xalqaro kitob kuni sifatida ham tanilgan) — har yili Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taʼlim, fan va madaniyat tashkiloti (YUNESKO) tomonidan oʻqish, nashr etish va mualliflik huquqini targʻib qilish maqsadida oʻtkaziladigan tadbirdir. Birinchi Butunjahon kitob kuni 1995-yil 23-aprelda nishonlangan[1]. Butunjahon kitob va mualliflik huquqi kuni munosabati bilan YuNESKO kitob industriyasining asosiy tarmoqlari maslahat qo‘mitasi bilan birgalikda bir yil muddatga Jahon kitob poytaxtini tanlaydi. Belgilangan har bir Jahon kitob poytaxti kitob va kitobxonlikni nishonlash va targʻib qilish boʻyicha tadbirlar dasturini amalga oshiradi[2].

Jahon kitob kuni
UNESCO Butunjahon kitob va mualliflik huquqi kuni 2012-yilgi plakati
Rasmiy nomi Butunjahon kitob va mualliflik huquqi kuni
Shuningdek, deyiladi WBD
Nishonlanadi Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo barcha davlatlar
Turi Xalqaro
Sana 23-aprel
Nishonlash davri yillik

Sana tanlash

tahrir

Asl gʻoya 1922-yilda Barselonadagi Servantes nashriyoti direktori Vicente Clavel tomonidan yozuvchi Miguel de Cervantesni sharaflash va kitoblar savdosini koʻpaytirish usuli sifatida oʻylab topilgan. Bayram 1926-yil 7-oktabrda, Servantesning tugʻilgan kunida nishonlangan va uning vafoti sanasiga, yaʼni 1930-yil 23-aprelga koʻchirilgan[3].

1995-yilda YuNESKO 23-aprel kuni Butunjahon kitob va mualliflik huquqi kunini nishonlashga qaror qildi, chunki bu sana William Shakespeare va Inca Garsilaso de la Vega vafotining yilligi, shuningdek, bir necha boshqa taniqli mualliflarning tugʻilgan yoki vafot etgan kunidir[4].

Mintaqalar boʻyicha Jahon kitob kuni

tahrir

Jahon kitob poytaxti

tahrir

Butunjahon kitob poytaxti (WBC) YUNESKO tashabbusi bo‘lib, 23-aprel — Butunjahon kitob va mualliflik huquqi kunidan boshlab bir yil davomida kitoblarni targ‘ib qilish va kitobxonlikni rag‘batlantirish uchun kitob poytaxtini tanlaydi. YuNESKOning Butunjahon kitob poytaxti sifatida belgilangan shaharlar barcha yoshdagilarda kitobxonlik madaniyatini ragʻbatlantirish va YUNESKO qadriyatlarini baham koʻrish maqsadida tadbirlarni amalga oshiradi[5].

2001-yilda YuNESKO 31c/29 rezolyutsiyasini qabul qilib, Jahon kitob poytaxti dasturini yaratdi va 2001-yilda Madridni birinchi WBC shahri deb nomladi. Maslahat qoʻmitasi YUNESKO, Xalqaro noshirlar assotsiatsiyasi, Xalqaro kutubxonalar uyushmalari va institutlari federatsiyasi, Xalqaro mualliflar forumi va Xalqaro kitob sotuvchilari federatsiyasidan iboratdir.

Ispaniya

tahrir

Ispaniyada Kitob kuni 1926-yildan boshlab har yili 7-oktabr[6] Miguel de Cervantes tugʻilgan deb hisoblangan sanada nishonlana boshladi. Biroq, bu kunni ochiq havoda sayr qilish va kitob varaqlash uchun yanada qulayroq mavsumda nishonlash maqsadga muvofiq deb topildi. Bahor kuzdan koʻra yaxshiroq edi. Shunday qilib, 1930-yilda qirol Alfonso XIII Servantesning taxminiy vafoti sanasi boʻlgan 23-aprelda Kitob kunini nishonlashni oʻzgartirishni maʼqulladi[7].

 
Mexiko shahridagi Monterrey texnologiya va oliy taʼlim institutida kampus kutubxonasi tashqarisida ovoz chiqarib oʻqish forumi

Shvetsiya

tahrir

Shvetsiyada bu kun Världsbokdagen („Jahon kitob kuni“) sifatida tanilgan va mualliflik huquqi jihati kamdan-kam tilga olinadi. Odatda 23-aprelda nishonlanadi, Pasxa kuni bilan toʻgʻri kelib qolmaslik uchun 2000- va 2011-yil 13-aprelga koʻchirilgan[8].

Buyuk Britaniya va Irlandiya

tahrir

Buyuk Britaniya va Irlandiyada Butunjahon kitob kuni mart oyida xayriya tadbiri boʻlib, har yili birinchi payshanba kuni oʻtkaziladi va maxsus nashrlar chiqishi bilan bir vaqtga toʻgʻri keladi[9]. Har yili 23-aprel kuni nishonlanadigan Butunjahon kitob kechasi, The Reading Agency mustaqil xayriya tashkiloti tomonidan tashkil etilgan tadbirdir[10].

Qoʻshma Shtatlar

tahrir

Merilend shtatining Kensington shahrida Xalqaro kitob kuni 26-aprelga eng yaqin yakshanba kuni ko'cha festivali bilan nishonlanadi[11]. 2020-yilda 15-yillik Kensington Kitob festivali kuni COVID-19 pandemiyasi tufayli bekor qilingan[11].

Hindiston

tahrir

Butunjahon kitob kuni Hindistonda ham har yili 23-aprelda nishonlanadi. Bu Hindistonning koʻplab joylarida odamlarni kitob oʻqish va nashr etishga undash va xabardor qilish uchun nishonlanadi[12].

Galereya

tahrir

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „World Book Day 2021: Theme, Quotes, History, Significance | Sa News“ (en-US). S A NEWS (2021-yil 23-aprel). Qaraldi: 2021-yil 23-aprel.
  2. „World Book and Copyright Day“ (en). UNESCO (2021-yil 29-aprel). Qaraldi: 2022-yil 19-aprel.
  3. Dalmases, Irene. „El Día del Libro ha trasladado en ocho ocasiones la fecha de su celebración“ (es). La Vanguardia (2020-yil 20-aprel). Qaraldi: 2021-yil 28-noyabr.
  4. „World Book and Copyright Day - EN Andoza:Pipe United Nations“. Qaraldi: 2021-yil 26-aprel.
  5. „UNESCO World Book Capital“ (en). UNESCO (2013-yil 25-iyul). Qaraldi: 2022-yil 19-aprel.
  6. „World Book Day April 23“. Skip the Line Barcelona (2021-yil 3-aprel). Qaraldi: 2021-yil 23-aprel.
  7. The World Book Day | url=https://www.skipthelinebarcelona.com/world-book-day/
  8. Världsbokdagen „flyttas“ (Wayback Machine saytida 2011-04-17 sanasida arxivlangan), Dagens Nyheter, 11 November 2010.
  9. „Frequently Asked Questions“. World Book Day (UK & Ireland) (2019-yil 7-mart). 2012-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-mart.
  10. „World Book Night“. Qaraldi: 2019-yil 7-mart.
  11. 11,0 11,1 „Kensington Day of the Book Festival - TOK“. Town of Kensington.
  12. „World Book Day 2021: Why It Is Celebrated, Other Interesting Facts“ (en). NDTV.com. Qaraldi: 2022-yil 22-aprel.

Havolalar

tahrir