Jahongir Oʻrozov

Oʻzbekistonlik futbolchi

Jahongir Oʻrozov — (2004-yil 18-yanvar Oʻzbekistonda tugʻilgan) Oʻzbekistonlik futbolchi, himoyachi pozitsiyasida toʻp suradi. Oʻrozov 2023-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionati 2023 musoboqasi ishtirokchi hisoblanadi. 2023-yildan avgust oyidan Turkiyanining „Eyüpspor“ jamoasi futbolchisi[1][2].

Jahongir Oʻrozov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jahongir Oʻrozov
Tavallud sanasi 18-yanvar 2004-yil (2004-01-18) (20 yosh)
Tavallud joyi Oʻzbekiston
Boʻyi 1,90 м
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Turkiya Eyüpspor
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2020—2022 Oʻzbekiston Bunyodkor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2022—2023 Oʻzbekiston Bunyodkor 17 (0)
2023— Turkiya Eyüpspor
Milliy terma jamoa
2022—2023 Oʻzbekiston Oʻzbekiston U-20 14 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Jahongir Bunyodkor akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2021-yilgi masvum oldidan Bunyodkor jamoasi bilan ilk rasmiy shartnomasini imzoladi[3]. Bunyodkor jamoasidagi ilk debyutini 2022-yil Oʻzbekiston Superligasi 1-turida Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasiga qarshi „Bunyodkor“ stadionida oʻtkazdi[4]. 2023-yilgi mvsumda Jahongirga Turkiya jamoasidan takliflar tushdi[5]. 2023-yil 16-avgustda Turkiya Birinchi ligasining „Eyüpspor“ jamoasi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi[1]. Turkiya klubi Jahongirni Toshkentning „Bunyodkor“ klubidan 300 ming yevroga sotib oldi[6].

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

Oʻzbekiston U-20 terma jamoasida 2022-yilda Ravshan Haydarov qoʻl ostida debyut qildi. 2023-yilda AFC U-20 Osiyo kubogi 2023 va FIFA U-20 Jahon chempionati 2023 musoboqalarida terma jamoada asosiy futbolchilardan biri boʻldi va barcha oʻyinlarda toʻliq harakat qildi[7].

Yutuqlar tahrir

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir