Eyüpspor — Istanbulning Eyüp tumanida joylashgan Turkiyaning professional futbol klubi. Jamoa ranglari lavanta va sariqdir. Ularning uy arenasi Eyüp stadioni boʻlib 2500 tomoshabinga moʻljallangan.
Eyüpspor
|
|
Toʻliq nomi
|
Eyüp Spor Kulübü
|
Asos solingan
|
1919 (105 yil avval) (1919)
|
Stadion
|
Eyüp Stadium, Istanbul
|
Stadion hajmi
|
2,500
|
Egasi
|
Murat Özkaya
|
Prezidenti
|
Murat Özkaya
|
Murabbiyi
|
Arda Turan
|
Vebsayt
|
Web site
|
Musobaqasi
|
TFF Birinchi Liga
|
2023-24
|
TFF Birinchi Liga
|
|
Eyüpspor 1934-yildan 1937-yilgacha Istanbul birinchi ligasida oʻynagan[1]. 1956-yilda jamoa rasman professional maqomini oldi va 1959-yilda Istanbul shahar chempionati gʻolibi boʻldi[2].
1982/1983 yilgi mavsumda jamoa milliy musobaqalarda debyut qildi va Turkiya futbolining ikkinchi divizioni boʻlgan Birinchi ligaga chiqdi, ammo tez orada uni tark etdi. 2014—2015-yillarda klub Ikkinchi liga, uchinchi divizionda oʻynadi va 2-oʻrinni egalladi va bunda yana bir bor ikkinchi divizionga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi[3].
2018/2019-yilgi mavsumda jamoa turnir jadvalida 9-oʻrinni egalladi. Shu bilan birga rahbariyatning umumiy yigʻilishida klubning yangi prezidenti etib Murat Oʻzkaya saylandi[4].
2020/2021-yilgi mavsumda „Eyupspor“ Ikkinchi liganing Qizil guruhi chempioni boʻldi, 37 yildan soʻng birinchi ligaga qaytdi[5].
Eyüpspor jamoasining Fotih Karagümrük va Beykoz 1908 klublari bilan kuchli raqobati bor, bu oʻyinlar davomida muhlislar oʻrtasidagi tartibsizliklarga sabab boʻladi.
Hozirgi tarkib
tahrir
- 18-avgust, 2023
Boshqa futbolchilar bilan shartnoma imzolangan
tahrir
Ijaraga berilgan
tahrir
Ligadagi ishtirok
tahrir
- TFF Birinchi ligasi : 1982-83, 1987-94, 2021-
- TFF Ikkinchi ligasi : 1970-73, 1984-87, 1994-01, 2002-14, 2015-21
- TFF Uchinchi Ligasi : 2001-02, 2014-15
- Turkiya mintaqaviy havaskorlar ligasi : 1959-70, 1973-82, 1983-84