Jalgasbay Karlibayevich Berdimuratov (tugʻ. 27-mart 1997-yil[1], Nukus, Qoraqalpogʻiston, Oʻzbekiston) — oʻzbek yunon-rum kurashchisi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2019-yilda kurash boʻyicha jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi. 2020-yilda Osiyo chempionatida bronza, 2021-yilda esa Osiyo chempioni boʻldi.

Jalgasbay Berdimuratov
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 27-mart 1997-yil
Nukus, Qoraqalpogʻiston, Oʻzbekiston
Sport
Qaysi sport yunon-rum kurashi
Medallar

Faoliyati tahrir

2016-yilda Manila shahrida (Filippin) oʻtkazilgan kurash boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida 84 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi[2]. Oʻsha yili kurash boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 84 kg gacha vazn toifasida u bor-yoʻgʻi oʻn uchinchi oʻrinni egalladi[3].

2017-yilda kurash boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 74 kg vazn toifasida finalda qirgʻizistonlik kurashchi Oqjol Mahmudovga imkoniyatni boy berib, kumush medalni qoʻlga kiritgan edi[4]. Oʻsha yili Tampere shahrida (Finlandiya) oʻtkazilgan kurash boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 74 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida u sakkizinchi oʻrinni egalladi[5].

2018-yili Bishkek (Qirgʻiziston) shahrida boʻlib oʻtgan kurash boʻyicha Osiyo chempionatida 77 kg vazn toifasida u yarim finalda boʻlajak Osiyo chempioni xitoylik kurashchi Yang Binga imkoniyatni boy berib, atigi beshinchi oʻrinni egalladi[6].

2019-yili Nur-Sultonda (Qozogʻiston) boʻlib oʻtgan kurash boʻyicha jahon chempionatida 77 kg vazn toifasida qozogʻistonlik polvon Asxat Dilmuhamedovni magʻlub etib, bronza medalini qoʻlga kiritdi[7][8][9]. Jalgasbay Berdimuratov kurash boʻyicha jahon chempionatida medal sohibi Tokiodagi (Yaponiya) yozgi Olimpiya oʻyinlariga litsenziya oldi[10]. Oʻsha yili Sian shahrida (Xitoy) oʻtkazilgan kurash boʻyicha Osiyo chempionatida 82 kilogrammgacha vazn toifasida yarim finalda boʻlajak Osiyo chempioni eronlik kurashchi Said Abdvaliga yutqazib, bor-yoʻgʻi beshinchi oʻrinni egalladi[11].

2020-yilda Nyu-Deli shahrida (Hindiston) oʻtkazilgan kurash boʻyicha Osiyo chempionatida u 82 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida yarim finalda eronlik kurashchi Mehdi Ibrohimiyga yutqazib, bronza medalini qoʻlga kiritdi[12].

2021-yilda Olmaota (Qozogʻiston) shahrida oʻtkazilgan kurash boʻyicha Osiyo chempionatida 82 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida u final jangida Kalidin Asikeevga (Qirgʻiziston) qarshi chiqdi va 3:1 hisobida gʻalaba qozonib, oltin medalni qoʻlga kiritdi[13]. 2021-yil 30-iyun kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jalgasbay Berdimuratovni "Shuhrat" medali bilan taqdirladi[14].

Manbalar tahrir

  1. „Бердимуратов Жалгасбай“ (ru). Sportbox.ru. Qaraldi: 2021-yil 30-iyul.
  2. „Asian Championship Greco-Roman Juniors 2016-05-31 Manila (PHI) 84.0 kg“ (en). International Wrestling Database. Qaraldi: 2021-yil 30-iyul.
  3. „World Championship Greco-Roman Juniors 2016-08-30 Macon (FRA) 84.0 kg“ (en). International Wrestling Database. Qaraldi: 2021-yil 30-iyul.
  4. „Asian Championship Greco-Roman Juniors 2017-06-15 Taichung (TPE) 74.0 kg“ (en). International Wrestling Database. Qaraldi: 2021-yil 30-iyul.
  5. „World Championship Greco-Roman Juniors 2017-08-01 Tampere (FIN) 74.0 kg“ (en). International Wrestling Database. Qaraldi: 2021-yil 30-iyul.
  6. „Asian Championship Bishkek, KG Feb 2018“ (en). United World Wrestling (2018-yil 1-mart). Qaraldi: 2021-yil 30-iyul.
  7. „Senior World Championships Nur-Sultan, KZ Sep 2019“ (en). United World Wrestling (2019-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 30-iyul.
  8. „Iran Adds two Bronze Medals to Tally at World Wrestling Championships - Sports news“ (en). Tasnim News Agency (2019-yil 17-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 29-iyul.
  9. „Jalgasbay Berdimuratov wins a license to the Tokyo Olympics“ (ru). UzDaily.uz (2019-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 30-iyul.
  10. „Борцы Узбекистана завоевали пять лицензий на Олимпиаду“ (ru). Газета.uz (2021-yil 12-aprel). Qaraldi: 2021-yil 30-iyul.
  11. „2019 Senior Asian Championships Xian, CN Apr 2019“ (en). United World Wrestling (2019-yil 1-aprel). Qaraldi: 2021-yil 30-iyul.
  12. „Asian Championships New Delhi, IN Feb 2020“ (en). United World Wrestling (2020-yil 1-fevral). Qaraldi: 2021-yil 30-iyul.
  13. „Узбекский борец Жалгасбай Бердимуратов стал чемпионом Азии“ (ru). Repost.uz (2021-yil 15-aprel). Qaraldi: 2021-yil 30-iyul.
  14. „Узбекские спортсмены получили госнаграды от президента в честь «Дня молодёжи»“ (ru). UzReport.news (2021-yil 30-iyun). Qaraldi: 2021-yil 29-iyul.