Jaloliddin Hasan III
Jaloliddin Hasan III (جلال الدین حسن) Nuriddin Muhammad II ning oʻgʻli, 25-Nizoriy Ismoiliy imom boʻlgan. U 1210—1221-yillarda hukmronlik qilgan[1].
| |
---|---|
Nizoriy ismoiliylarning 25-imomi | |
Nizoriy ismoiliylarning 25-imomi | |
Tenure | 1210 – 1221 |
Oʻtmishdoshi | Nūr al-Dīn Muḥammad |
Davomchisi | ʿAlāʾ ad-Dīn Muḥammad III |
Tugʻilishi | hijriy 583/milodiy 1187 |
Vafoti | hijriy 618 /milodiy 1221 |
Hayoti
tahrirU 24-imom va sunniy onaning farzandi boʻlgan[2]. Jaloliddin Hasan oʻzining sunniy islomga oʻtganligini daʼvo qilgan. Bu daʼvoni Abbosiy xalifa al-Nosir va boshqa musulmon hukmdorlar qabul qilishadi, shu bois u „nav-musulmon“ (forscha: نومسلمان, „yangi musulmon“) nomi bilan tanilgan[3]. U Alamutning avvalgi hukmdorlari bilan bogʻliq eʼtiqod va siyosatni rad etib, hatto ota-bobolarini laʼnatlash va Hasan ibn Sabbohning kitoblarini yoqib yuborishgacha borgan[4][5]. Jaloliddin Hasan Xuroson, Qazvin[6] va Iroqdan koʻplab sunniy olimlar va faqihlarni Alamut qal’asiga taklif qilgan[7]. Ularga kutubxonani tekshirish va nomaqbul deb topgan har qanday kitobni toʻplamdan olib tashlash imkoniyatini bergan. Bundan tashqari, u bu olimlarga oʻz izdoshlariga sunniy shariatga rioya qilishni oʻrgatishni buyurgan[8][9]. Biroq, ayrimlar uning bu holatini taqiya (dindoshlardan yashirish) harakati sifatida talqin qilishgan.[10].
U hayoti davomida Abbosiy xalifa an-Nosir bilan doʻstona munosabatlarni saqlab qolgan[11]. Bag‘dod xalifasi bilan ittifoq nafaqat Nizoriy Ismoiliy davlatining, balki butun musulmon dunyosining oʻzini himoya qilishi uchun koʻproq imkoniyatlar yaratargan. Bundan tashqari, u shaxsan oʻz qoʻshiniga boshchilik qilib, Eldegiziylar hukmdoriga oʻzbeklarning qoʻzgʻaloniga qarshi kurashda yordam bergan[12].
U 1221-yilda zaharlanish oqibatida vafot etgan[13]. U Gʻilon shahzodalarining toʻrt nafar sunniy tariqatidagi qizlariga uylangan[14]. Buning uchun u avval shahzodalardan ruxsat soʻragan, ular esa Abbosiy xalifadan izn soʻrashgan va xalifa bunga rozi boʻlgan. Keyinchalik, bu ayollar, shuningdek, Hasan III ning baʼzi qarindoshlari, jumladan singlisi, Hasan III ni zaharlashda ayblanib, oʻgʻlining vaziri tomonidan qatl etilgan[15][16].
Uning sunniylikka boʻlgan eʼtiqodi asta-sekin oʻzgarib borgan[17]. Uning jamoasi 9 yoshida taxtga oʻtirgan yagona tirik qolgan oʻgʻli va vorisi Alovuddin Muhammad III[18][19] imomligi davrida yangi hukmdorni ochiqchasiga ismoiliy shia imomi sifatida koʻra boshlashadi[20][21]. Biroq, taxtga chiqish paytida Alovuddin Muhammad III juda yosh boʻlganligi sababli, dastlab Hasan III ning vaziri davlatni boshqargan[22].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ A Comprehensive History of India: The Delhi Sultanat, A.D. 1206-1526 Sastri: . Orient Longmans, 1970 — 52-bet.
- ↑ ; Simonetta CalderiniWomen and the Fatimids in the World of Islam, illustrated, reprint, Edinburgh University Press, 2006 — 61-bet. ISBN 9780748617333.
- ↑ The New Encyclopedia of Islam, illustrated, revised, Rowman Altamira, 2003 — 226-bet. ISBN 9780759101906.
- ↑ A Comprehensive History of India: The Delhi Sultanat, A.D. 1206-1526. Orient Longmans, 1970 — 52-bet.
- ↑ Ethics in Persian Poetry: With Special Reference to Timurid Period. Abhinav Publications, 1 Jan 1995 — 114-bet. ISBN 9788170173144.
- ↑ Encyclopaedia Iranica, illustrated, Routledge & Kegan Paul, 2007 — 403-bet. ISBN 9781934283080.
- ↑ Daftary, Farhad. The Ismāʻīlīs: Their History and Doctrines. Cambridge: Cambridge University Press, 1990. ISBN 9780521370196.
- ↑ Holy People of the World: A Cross-cultural Encyclopedia, Volume 1, illustrated, ABC-CLIO, 2004 — 349-bet. ISBN 9781576073551.
- ↑ Holy People of the World: A Cross-cultural Encyclopedia, Volume 1, illustrated, ABC-CLIO, 2004 — 349-bet. ISBN 9781576073551.
- ↑ Mathematics in Historical Context, illustrated, MAA, 27 Aug 2009 — 106-bet. ISBN 9780883855706.
- ↑ Ivanov, Vladimir A.. Alamut and Lamasar; Two Mediaeval Ismaili Strongholds in Iran, an Archaeological Study. Teheran: Ismaili Society, 1960. OCLC 257192.
- ↑ Holy People of the World: A Cross-cultural Encyclopedia, Volume 1, illustrated, ABC-CLIO, 2004 — 421-bet. ISBN 9781576073551.
- ↑ The Muslim Review, Volumes 3-4. University of Minnesota, 1928 — 17-bet.
- ↑ The Templars and the Assassins: The Militia of Heaven. Inner Traditions / Bear & Co, 1 Apr 2001 — 123-bet. ISBN 9781594778735.
- ↑ ; Simonetta CalderiniWomen and the Fatimids in the World of Islam, illustrated, reprint, Edinburgh University Press, 2006 — 61–2-bet. ISBN 9780748617333.
- ↑ The Templars and the Assassins: The Militia of Heaven. Inner Traditions / Bear & Co, 1 Apr 2001 — 123-bet. ISBN 9781594778735.
- ↑ Historical Dictionary of the Ismailis, illustrated, Scarecrow Press, 2012 — liv-bet. ISBN 9780810861640.
- ↑ Holy People of the World: A Cross-cultural Encyclopedia, Volume 1, illustrated, ABC-CLIO, 2004 — 349-bet. ISBN 9781576073551.
- ↑ Holy People of the World: A Cross-cultural Encyclopedia, Volume 1, illustrated, ABC-CLIO, 2004 — 421-bet. ISBN 9781576073551.
- ↑ Authority Without Territory: The Aga Khan Development Network and the Ismaili Imamate. Palgrave Macmillan, 18 Sep 2014 — 234-bet. ISBN 9781137428806.
- ↑ Holy People of the World: A Cross-cultural Encyclopedia, Volume 1, illustrated, ABC-CLIO, 2004 — 349-bet. ISBN 9781576073551.
- ↑ „Nemesis“, Assassins: The Story of Medieval Islam's Secret Sect. The History Press, 1 May 2013. ISBN 9780752496146. „Hasan's vizier took control of the government at Alamut till Muhammad should be old enough to take over from him.“
Adabiyotlar
tahrir- Jon Malkolm, Jaloluddin Hasan III „Fors tarixi“, 1-jild. , p. 405, London, 1815 yil.
- JALOLUDDIN HASAN (607-618/1210-1221)