Ogʻaxonismoiliylarning nizoriylar firqasi boshligʻining unvoni. XIX asrning 1-yarmidan shu nom bilan atash odatga aylangan. Nizoriylar firkasining hozirgi imomi, Ali va Fotimaning avlodi hisoblanadigan Karim shoh Ogʻaxon unvonini olgan kishilarning toʻrtinchisidir. U 1957 yil imomatni qabul qilgan. Uning Hindiston va Keniyada joylashgan qarorgohidan tabligʻchilar joʻnatib turiladi, bu tabligʻchilar nizoriylar taʼlimotini (ayniqsa, Afrikada faollik koʻrsatib) targʻib qilish bilan shugʻullanadilar. Hozirgi vaqtda nizoriylar jamoasi (baʼzi mamlakatlarda ularni hoʻjalar yoki ogʻaxoniylar deb atashadi) Osiyo va Afrikaning 20 dan ortiq mamlakatida (xususan, Afgʻoniston shimoliBadaxshonda) mavjud.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil