Jan Kromkamp
Jan Kromkamp (talaffuzi: Yan Kromkamp; 1980-yil 17-avgustda tugʻilgan) — gollandiyalik sobiq professional futbolchi, oʻng qanot himoyachisi. 2020-yilda CSV Apeldoorn murabbiyi boʻlgan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Jan Kromkamp[1] | ||
Tavallud sanasi | 17-avgust 1980-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Makkinga, Niderlandiya | ||
Boʻyi | 1.84 m[2] | ||
Ampluasi | Himoyachi[3] | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
AGOVV | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1998-2000 | Go Ahead Eagles | 61 | (5) |
2000-2005 | AZ | 133 | (7) |
2005-2006 | Villarreal | 6 | (0) |
2006 | Liverpool | 14 | (0) |
2006-2011 | PSV | 68 | (2) |
2011-2013 | Go Ahead Eagles | 34 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2004-2006 | Niderlandiya | 11 | (0) |
Boshqargan klublari | |||
2020- | CSV Apeldoorn | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Kromkamp Erediviziyada jami 201 oʻyin oʻtkazgan. AZ va PSVda jamoalarida toʻqqiz mavsumda sakkizta gol urgan. Faoliyatini Go Ahead Eaglesda boshlagan va shu klubda yakunlagan.
2006-yilgi jahon chempionati uchun Gollandiya terma jamoasiga kiritilgan.
Klublardagi faoliyati
tahrirDastlabki yillar; AZ
tahrirMakkinga shahrida tugʻilgan Kromkamp professional debyutini Go Ahead Eagles safida 1998-yilning 12-sentyabrida FC Top Ossga qarshi oʻyinda (3:0) oʻtkazgan. Jamoa bilan toʻliq ikki mavsum oʻynadi va ikkinchi mavsumda 33 oʻyinda toʻrtta gol urdi.
2000—2001-yilgi mavsumda AZga oʻtdi va asosiy tarkibdan joy oldi. 2003—2004-yilgi mavsumda 34 liga oʻyinida maydonga tushdi. Mavsumda Alkmaar jamoasi ligada toʻrtinchi oʻrinni egalladi va shu tariqa UEFA Yevropa ligasiga yoʻllanma oldi.
Villarreal; Liverpul
tahrir2005—2006-yilgi mavsum boshida Kromkamp Ispaniyaning Villarreal klubi bilan shartnoma imzoladi. 2005-yil 29-dekabrda Liverpoolga oʻtishi maʼlum boʻldi[4][5].
Kromkamp "qizillar" safidagi debyutini 2006-yilning 7-yanvarida Angliya kubogining uchinchi bosqichida Luton Townga qarshi oʻyinda (5:3) oʻtkazdi[6] .
PSV va faoliyatining yakuni
tahrirKromkamp 2006—2007-yilgi mavsumda Liverpool safida bitta liga oʻyinida qatnashdi. 2006-yilning 31-avgustida PSV Eindhovenga oʻtd[7]. Dastlabki ikki mavsumida 54 liga oʻyinida maydonga tushdi.
2008-yildan 2010-yilgacha Kromkamp jarohatlar tufayli Eindhovenliklar safida kamdan-kam maydonga tushdi. 2011-yil 22-fevralda oʻzining birinchi professional jamoasi Go Ahead Eaglesga qoʻshildi[8].
2013-yil 23-iyun kuni 33 yoshida Kromkamp professional futboldan ketishini eʼlon qildi[9].
Xalqaro faoliyati
tahrirKromkamp ilk bor Gollandiya terma jamoasi safida 2004-yil 18-avgustda Shvetsiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (2:2) maydonga tushgan.
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub
tahrirKlub | Liga | Kubok | Qitʼa | Boshqa | Jami | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Klub | Liga | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar |
1998—1999 | Go Ahead Eagles | Eerste Diviziya | 28 | 1 | 0 | 0 | - | - | 28 | 1 | ||
1999—2000 | 33 | 4 | 0 | 0 | - | - | 33 | 4 | ||||
2000—2001 | AZ | Erediviziya | 25 | 2 | 4 | 0 | - | - | 29 | 2 | ||
2001—2002 | 22 | 1 | 3 | 1 | - | - | 25 | 2 | ||||
2002—2003 | 25 | 2 | 2 | 0 | - | - | 27 | 2 | ||||
2003—2004 | 34 | 0 | 2 | 0 | - | - | 36 | 0 | ||||
2004—2005 | 27 | 1 | 1 | 0 | 12 | 0 | - | 40 | 1 | |||
2005—2006 | Villarreal | La Liga | 6 | 0 | 0 | 0 | 5 | 0 | - | 11 | 0 | |
2005—2006 | Liverpool | Angliya Premyer-ligasi | 13 | 0 | 4 | 0 | 0 | 0 | - | 17 | 0 | |
2006—2007 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | - | 1 | 0 | |||
2006—2007 | PSV | Erediviziya | 28 | 0 | 3 | 0 | 8 | 1 | 0 | 0 | 39 | 1 |
2007—2008 | 26 | 1 | 1 | 0 | 9 | 0 | 1 | 0 | 37 | 1 | ||
2008—2009 | 12 | 0 | 2 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 16 | 0 | ||
2009—2010 | 2 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | - | 4 | 0 | |||
2010—2011 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | - | 0 | 0 | |||
2011—2012 | Go Ahead Eagles | Eerste Diviziya | 26 | 0 | 3 | 0 | - | 0 | 0 | 29 | 0 | |
2012—2013 | 8 | 0 | 2 | 0 | - | 4 | 0 | 14 | 0 | |||
Jami | Niderlandiya | 296 | 12 | 23 | 1 | 33 | 1 | 5 | 0 | 357 | 14 | |
Ispaniya | 6 | 0 | 0 | 0 | 5 | 0 | - | 11 | 0 | |||
Angliya | 14 | 0 | 4 | 0 | 0 | 0 | - | 18 | 0 | |||
Jami faoliyati | 316 | 12 | 27 | 1 | 38 | 1 | 5 | 0 | 386 | 14 |
Xalqaro
tahrir- Manba:[10]
Niderlandiya | ||
Yil | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|
2004 | 1 | 0 |
2005 | 7 | 0 |
2006 | 3 | 0 |
Jami | 11 | 0 |
Yutuqlari
tahrirLiverpool
- Angliya kubogi: 2005—2006[12]
PSV
- Erediviziya: 2006—2007, 2007—2008
Manbalar
tahrir- ↑ „2006 FIFA World Cup Germany: List of Players: Netherlands“. FIFA (2014-yil 21-mart). 2019-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ 2,0 2,1 „Jan Kromkamp: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2021-yil 10-aprel.
- ↑ Andoza:Hugman
- ↑ „Kromkamp ties up Liverpool switch“. BBC Sport (2006-yil 4-yanvar). Qaraldi: 2008-yil 11-iyun.
- ↑ „Anfield calls for Kromkamp“. UEFA (2005-yil 30-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 22-fevral.
- ↑ „Liverpool FC's 10 most disturbingly bad English Premier League era defenders“. The Kop. 2012-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-dekabr.
- ↑ „Kromkamp leaves Liverpool for PSV“. BBC Sport (2006-yil 31-avgust). Qaraldi: 2008-yil 11-iyun.
- ↑ „Kromkamp keert na elf jaar terug bij Go Ahead Eagles“ (nl). Voetbal International (2011-yil 22-fevral). 2013-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 22-fevral.
- ↑ „Blessure noopt Kromkamp spelerscarrière te beëindigen“ (nl). Voetbal International (2013-yil 23-iyun). 2013-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 23-iyun.
- ↑ 10,0 10,1 „Jan Kromkamp“ (nl). Voetbal International. 2012-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 24-iyun.
- ↑ „J. Kromkamp“. Soccerway. Qaraldi: 2014-yil 3-iyun.
- ↑ „Liverpool 3–3 West Ham (aet)“. BBC Sport (2006-yil 13-may). Qaraldi: 2021-yil 10-aprel.