Jasur Rizayev

Rektor: Rizaev Jasur Аlimdjanovich, Tibbiyot fanlari doktori, professor, 2020 yil 15 fevraldan.

Jasur Alimjanovich Rizayevoʻzbekistonlik olim, tibbiyot fanlari doktori, professor[1]. Toshkent davlat stomatologiya institutining sobiq rektori. Hozirda, Oʻzbekistondagi ilk oliy taʼlim muassasalaridan biri — Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori.[2] Tibbiyot boʻyicha 3 monografiya va oliy taʼlimning tibbiyot sohasidagi talabalar uchun moʻljallangan koʻpgina darslik va oʻquv-qoʻllanmalar muallifi.

Rizayev Jasur Alimdjanovich
Fayl:Jasur Rizaev.jpg
RektorSamarqand davlat tibbiyot instituti rektori
Mansab davri
2020-yil
Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori
Mansab davri
2016-yil – 2020-yilgacha
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 27-iyun 1974-yil (1974-06-27) (50 yosh)
Toshkent, OʻzSSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston

Biografiyasi

tahrir

Rizaev Jasur Alimjanovich 1974-yil 27-iyunda Toshkent shahrida ishchilar oilasida tugʻilgan. 1991-yilda Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 254-sonli oʻrta maktabni oltin medal bilan tugatgan. 1996-yilda Toshkent birinchi tibbiyot institutini tamomlagagan. 1996-yildan shu institutning ortopedik stomatologiya kafedrasi xodimi va poliklinikada internatura shifokori; 1998-yildan institutining terapevtik stomatologiya kafedrasida katta laborant; 2000—2007-yillarda yordamchi sifatida oʻz faoliyatini davom ettirgan. 2005—2007-yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalar kasaba uyushma tashkilotining raisi boʻlgan.

2006-yilda „Periodontit kursining klinik va funktsional koʻrsatkichlari va davolash xususiyatlari“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 2007-yildan boshlab u terapevtik stomatologiya kafedrasida dotsent lavozimida ishlagan, ish jarayonida bemorlarga yordam berish koʻnikmalarini mukammal egallagan. 2007-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasining 3-klinikasi bosh shifokorining oʻrinbosari, 2009-yilda Toshkent shahridagi Uchtepa tibbiyot birlashmasining rahbari[3], 2011-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasining 3-klinikasi bosh shifokori lavozimlariga tayinlangan[4].

2015-yilda „Kompleks ijtimoiy-gigiena tadqiqotlari asosida Oʻzbekiston aholisida periodontal kasalliklarning oldini olish boʻyicha konsepsiya va dasturlarni ishlab chiqish“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

2016-yil 26-avgustdan 2020-yilgacha Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori[5]. 2020-yil Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarori bilan Samarqand davlat tibbiyot institutining rektori etib tayinlandi[6].

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2013-yil 6-noyabrdagi 455-sonli buyrugʻi bilan Rizaev J. A. Sogʻliqni saqlash aʼlochisi koʻkrak nishoni, shuningdek Mustaqillikning 20 yilligi va Mustaqillikning 25 yilligi koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan.

Jasur Rizayev 2023-yil 28-mart kuni MANEB akademiyasi prezidenti Rogaleva Lyubov Viktorovna tomonidan rektorimiz J.A.Rizayevga MANEB akademiyasi "Akademik" hamda M.F.Vladimirskiy nomidagi Moskva viloyat ilmiy-tadqiqot klinik instituti (MONIKI) “Faxriy professori” unvonlarini olgan.

Ilmiy faoliyati

tahrir

Google Scholar maʼlumotlar bazasida yuzdan ortiq ilmiy maqolalari bor[7].
Biomeditsina va amaliyot jurnali[8]
Biologiya va tibbiyot muammolari jurnali[9]
Doktor axborotnomasi jurnali[10]

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir