Javlon Ibroximov (1990-yil 10-dekabrda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik professional futbolchi, hozirda Namanganning „Navbahor“ klubi yarim himoyachisi.

Jovlon Ibrohimov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jovlon Abdulhayevich Ibrohimov
Tavallud sanasi 10-dekabr 1990-yil (1990-12-10) (33 yosh)
Tavallud joyi Qarshi, Uzbekistan
Boʻyi 1.75m[1]
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Navbahor
Raqami 8
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007 Traktor 9 (0)
2008 Nasaf 4 (0)
2009-2010 Lokomotiv 26 (2)
2011-2019 Bunyodkor 168 (20)
2019 Suwon 8 (0)
2020-2021 Navbahor 11 (0)
Milliy terma jamoa
2011- Oʻzbekiston 9 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2020-yil 10-iyul uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2019-yil 26-fevral uchun)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Klub tahrir

Javlon Ibrohimov professional faoliyatini 2007-yilda Toshkentning „Traktor“ jamoasida boshlagan. Oʻsha yilning oxirida „Traktor“ bankrot boʻlib, tarqalib ketganidan soʻng Qarshining „Nasaf“ jamoasiga koʻchib oʻtdi va u erda bir mavsum va 4 ta oʻyinda maydonga tushdi. 2009-yil boshida Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma tuzib, ikki mavsum „temiryo‘lchilar“ safida to‘p surgan va 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. 2011-yilda Toshkentning boshqa bir klubi „Bunyodkor“ga o‘tib, hozirgacha o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. 2011-yil 24-fevral kuni "Bunyodkor" sayti Jovlon Ibrohimovni „Bunyodkor“ning 2011-yilgi mavsumdagi o‘yinchisi sifatida taqdim etdi va eʼlon qildi. 2019-yil 18-fevral kuni "Bunyodkor" Ibrohimov „Suvon“ga o‘tganini eʼlon qildi. [2] U turli klublar safida O‘zbekiston oliy ligasida 200 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan.[3]

Xalqaro tahrir

2011-yildan buyon Oʻzbekiston terma jamoasi azosi. Ibrohimov futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida JCh-2014 saralash bosqichida ishtirok etgan.

Manbalar tahrir

  1. Javlon Ibrohimov Soccerway saytida
  2. „Жавлон Иброҳимовга омад тилаймиз!“ (Uzbek). t.me/. FC Bunyodkor Telegram (2019-yil 18-fevral). Qaraldi: 2019-yil 26-fevral.
  3. „Расман: Жавлон Иброҳимов "Навбаҳор"да“. 2022-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-noyabr.

Havolalar tahrir