Javohir Sindarov
Javohir Sindarov (Sindorov Javohir; 2005-yil 8-dekabr, Toshkent, Oʻzbekistonda tugʻilgan)[1][2] – oʻzbekistonlik shaxmatchi. Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining bronza medali sovrindori (2018-yil). Oʻzbekiston chempioni (2019-yil). U 2018-yilning oktyabr oyida 12 yosh 10 oy-u 5 kunligida grossmeyster unvoniga sazovor boʻlgan. Sportchi ushbu natijasi bilan dunyodagi eng yosh ikkinchi grossmeyster sifatida oʻzini tarixga muxrlab qoʻyishga erishgan. Hindistonning Chennay shahrida oʻtkazilgan 44-shaxmat Olimpiadasi gʻolibi. Oʻzbekiston iftixori medali sohibi[3].
Javohir Sindarov | |
Javohir Sindarov 2024-yilgi shaxmat olimpiadasida (portret) | |
Tugʻilgan sanasi: | 8-dekabr 2005-yil |
Tugʻilgan joyi: | O'zbekiston |
Unvoni: | Grossmeyster (2019-yil) |
Maksimal reytingi: | 2701 (Dekabr, 2023-yil) |
Hozirgi reytingi : | 2701 (Mart, 2024-yil) |
Faoliyati
tahrirJavohir 2017-yilning oktyabr oyida xalqaro usta unvonini qoʻlga kiritadi[4]. U 2018-yil iyun oyida Alexander Alekhine xotirasiga bagʻishlab oʻtkazilgan shaxmat turniri Alekhine Memorialida oʻzining dastlabki grossmeyster (GM) darajasiga erishgan[1]. Sportchi oʻsha yilning sentabr oyida oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritib, xalqaro reytingini 2500 ballgacha oshirishga muvaffaq boʻladi.
2018-yil oktyabr oyida u 1992-yildan beri har oy Vengriya poytaxi Budapesht shahrida oʻtkaziluvchi First Saturday turnirida uchinchi GM normasini qoʻlga kiritdi va oʻsha paytda tarixdagi ikkinchi eng yosh grossmeysterga aylandi[1][2]. Sportchiga ushbu unvon FIDE tomonidan 2019-yilning mart oyida rasman taqdim etilgan. U 2018-yilda Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida bronza medalni, 2019-yilda chempionlikni qoʻlga kiritgan[5].
Javohir Sindarov shaxmat boʻyicha 2021-yilgi jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlgan kiritgan. Ushbu turnirda 121-oʻrinni egallab, ikkinchi aylanada 8-pogʻonoda ketayotgan Alireza Firouzjani tay-brekda magʻlub etib, katta shov-shuvlarga sabab boʻldi. Biroq, toʻrtinchi aylanada Kacper Piorun tomonidan nokautga uchraydi va musobaqadagi ishtirokini 1/32 finaldayoq yakunlashga majbur boʻladi[6][7].
Natijalar jadvali
tahrirYil | Shahar | Turnir | + | − | = | Natija | Oʻrin |
---|---|---|---|---|---|---|---|
2016 | Pardubice | "CZECH OPEN 2016 – A – GM open" | 2 | 0 | 7 | 5½ / 9 | [8] |
2017 | Toshkent | "11th Tashkent Open, Agzamov Memorial (Group A)" | 6 | 0 | 3 | 6 / 9 | [9] |
Toshkent | "Zone 3.4 Men Championship 2017" | 5 | 2 | 2 | 6 / 9 | [10] | |
2018 | Voronej | Alekhine Memorial | 5 | 1 | 3 | 6½ / 9 | [11] |
Kocaeli | "FIDE World Junior Chess Championships 2018 – Open" | 6 | 3 | 2 | 7 / 11 | [12] | |
Budapesht | "First Saturday GM October 2018" | 6 | 1 | 2 | 7 / 9 | [13] |
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Sindarov Likely Becomes 'New' 2nd-Youngest GM In History Chess.com
- ↑ 2,0 2,1 Sindarov: second youngest GM ever
- ↑ „44-shaxmat Olimpiadasi g'oliblarini mukofotlash“. president.uz (2022-yil 10-avgust). Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
- ↑ 88th FIDE Congress 2017, 7-15 October, Goynuk, Antalya, Turkey FIDE
- ↑ „THE WEEK IN CHESS 1228 21st May 2018 by Mark Crowther“. 2019-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-mart.
- ↑ „FIDE World Cup 2.3: Sindarov knocks out Firouzja“ (en). chess24.com. Qaraldi: 2021-yil 18-iyul.
- ↑ „Tournament tree — FIDE World Cup 2021“. worldcup-results.fide.com. 2021-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.
- ↑ „1-я норма международного мастера“. 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
- ↑ „2-я норма международного мастера“. 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
- ↑ „3-я норма международного мастера“. 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
- ↑ „1-я норма гроссмейстера“. 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
- ↑ „2-я норма гроссмейстера“. 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
- ↑ „3-я норма гроссмейстера“. 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.