Javshon

Buxoro xonligi oliy amaldori

Javshon (1680-yil, Buxoro, Buxoro xonligi — 1711-yil, Buxoro, Buxoro xonligi) — davlat arbobi va lashkarboshi, 1711-yildan Buxoro xonligining oliy qo‘shbegisi.

Javshon
 Buxoro xonligi qoʻshbegisi
Mansab davri
1711 – 1711
Hukmdor Ubaydullaxon II
Oʻtmishdoshi Toʻraqulibek
Vorisi Abdullabek
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1680-yil
Buxoro shahri, Buxoro xonligi
Vafoti 1711-yil
Buxoro shahri, Buxoro xonligi
Oʻlim sababi beklar tomonidan o‘ldirilgan

Kelib chiqish tahrir

Javshon Buxoroda tug‘ilgan, kelib chiqishiga ko‘ra jung‘or qalmoqlaridan bo‘lgan.

Siyosiy va harbiy faoliyati tahrir

Buxoro xoni ashtarxoniy Ubaydullaxon II (1702-1711) davrida oliy qo‘shbegi Toʻraqulibekning hukumatda obro‘si katta edi. U Buxoro saroyida qalmoqlarning taʼsirining kuchayishiga hissa qoʻshgan, natijada davlatda tartibsizliklar va oʻzaro nizolar kuchaygan. Aynan u saroda Javshonning mavqeini mustahkamlashga katta taʼsir o‘tkazgan.

Buxorolik tarixchi Mir Muhammad Amin Buxoriy To‘raqulibekning mas’uliyatligini taʼriflar ekan, aynan shu sifati Ubaydullohxon II ning o‘ldirilishi sabablaridan biri ekanligini va xonning o‘limini davlat o‘limi bilan qiyoslaydi[1]. Xon tomonidan Javshonning qo‘shbegi lavozimiga tayinlanishi haqida Mir Muhammad Amin Buxoriy shunday yozadi:

Bo‘lib o‘tgan hamma voqealarning sababchisi bo‘lmish manfur Javshon oliy qo‘shbegi va inoq lavozimlarini egalladi. Shu tariqa Sulaymonning muhri (uzugi) shaytonning qo‘liga tushdi. U oʻz farzandlari va qarindoshlarini xon saroyidagi vazifalarni bajarish uchun turli lavozimlarga tayinladi[2].

Javshon Ubaydullaxon II ga qarshi fitna uyushtirishda qatnashib, uning oʻlimiga hissa qoʻshgan va xonni oʻldirgani uchun fitnachilardan 8000 tanga olgan

Ubaydullaxon II ning tarixchisiga ko‘ra, Javshon o‘ldirilgan xonga aloqasi bo‘lgan barcha shaxslarning mol-mulkini musodara qilgan; o‘ziga yoqmaganlarning har bir soʻzi uchun aybdorning mol-mulkini musodara qilish bilan o‘limga hukm qilgan. Hukumatda barcha amaldorlar va soliqchilarga shafqatsiz munosabati tufayli ular undan juda qo‘rqishardi. Oxir-oqibat beklar qo‘shbegidan qutulishga qaror qiladilar. Otaliq Javshonni ukasi Saloh qo‘rchi bilan birga o‘z huzuriga chaqirtiradi, otaliq huzuriga kelgan Javshon asirga olinib, zindonga tashlandi, ukalari Malax va Ibrohim bilan birga qiynoqqa solinib qatl etiladi[3].

Shunday qilib, Abulfayzxon (1711-1747) hokimiyatga kelganidan keyin Buxoroda Javshon o‘ldirildi va Abdullabek Buxoroning oliy qo‘shbegi lavozimiga tayinlanadi.

Manbalar tahrir

  1. Buxoriy 1957, s. 238-239
  2. „О ТОМ, КАК ЗАНЯЛОСЬ МЯТЕЖНОЕ ВОЙСКО РАСПРЕДЕЛЕНИЕМ ДОЛЖНОСТЕЙ И О ТОМ, КАК РАЗГОРЕЛИСЬ ГОЛОВЫ У БУНТОВЩИКОВ К ГРАБЕЖУ И ЗАХВАТУ ИМУЩЕСТВА ХОДЖЕЙ ДВОРЦА, МАХРАМОВ И ШАГИРДПЕША. Мир Мухаммед Амин-и Бухари. Убайдалла-наме. Ташкент. АН УзССР. 1957.“. 2022-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-iyul.
  3. Buxoriy 1957, s. 286-288

Adabiyotlar tahrir