Otaliq

Kavkaz xalqlari, keltlar

Otaliq — 1) Kavkaz xalqlari, keltlar, arablar va boshqalarda badavlat xonadon egalari tomonidan farzandlarini tarbiyalash uchun vassallar yoki xizmatkorlarga berish. Farzand maʼlum yoshga yetganda oilasiga qaytgan; 2) Saljuqiylar davrida (1038—1194) sulton eʼtiborini qozongan kishilarga berilgan mansab. Otaliq "ota oʻrniga ota" degan mazmunga ega boʻlib, uning vazifasi shahzoda yoki xonzodalarni tarbiyalash va ular ixtiyoridagi ulusni balogʻatga yetgunlariga qadar boshqarishdan iborat boʻlgan. Tarixda baʼzi otaliqlar hokimiyatni oʻz qoʻllariga olgan hollar ham boʻlgan. Chunonchi, Ashtarxoniylar davrida Balxda Mahmudbiy otaliq (XVIII asr boshlari), Mangʻitlar davrida Buxoroda Muhammad Rahim otaliq (1753— 1758) hokimiyatni egallagan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil