Xalmaxera, Jaylolo — Indoneziyadagi orol. Molukka orollari tarkibidagi eng katta orol. Maydoni 18 ming km². Murakkab shaklga ega: 4 ta yarim oroli markazdan yelpigʻichga oʻxshab choʻzilib ketgan. Relyefi togʻli, eng baland joyi 1635 m (Gamkunoro harakatdagi vulkani). Doim yashil tropik oʻrmonlar bilan qoplangan. Kokos palmazorlari bor. Chetga ziravorlar, qimmatbaho yogʻoch chiqariladi. Eng katta porti — Jaylolo.

Xalmaxera
Geografiya
Maydoni 17 780 km2
Dengiz sathidan balandligi 1635 va 985 m.
Eng baland nuqtasi Mount Gamkonora
Ma'muriyat
Davlat Indoneziya
Mintaqa North Maluku
Demografiya
Aholisi 180 000
Qo'shimcha ma'lumot