Bosh menuni ochish

Molukka orollari - Malay arxipelagining sharqiy qismidagi orollar guruhi. Indoneziya hududi. Sulavesi va Yangi Gvineya o.lari oraligʻida. Maydoni 83,7 ming km². Shim.dan janub va jan.sharqqa 1300 km maso-faga choʻzilgan. Yirik orollari: Xalmaxera, Seram, Buru. Yer yuzasi togʻlik, eng baland joyi — 3019 m, Binaya togʻi (Seram o.da). Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Vulkan koʻp. Iklimi ekvatorial, jan.da subekvatorial iqlim. Sohillarida temperatura 25—27°. Yillik yogʻin 800– 2000 mm, togʻlarda 4000 mm gacha. Molukka orollarining 80% dan ortiq hududi doim yashil va barg toʻkuvchi tropik oʻrmonlar bilan band. Pasttekisliklarda butazorlar uchraydi. Orol faunasi Sharqiy Osiyo va Avstraliyaga xos xayvon turlaridan iborat. Sholi, makkajoʻxori, ziravorlar ekiladi. Kokos palmasi planta-siyalari bor. Bosh shaxri va porti — Ambon (Ambon o.da).[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil