Jean-Pierre Papin (fransuzcha: Jean-Pierre Papin) — fransuz futbolchisi va futbol murabbiyi. 1963-yil 5-noyabr Bulon-syur-Mer shahrida tugʻilgan.

Klubdagi faoliyati tahrir

U „Jemon“ klubida futbol oʻynay boshladi. Jamoada sakkiz yil oʻtkazgandan soʻng,Papin „Tri-Sent-Leje“ jamoasining oʻyinchisiga aylandi. Bir yil oʻtgach, u „Valencien“ klubi akademiyasiga kirdi.1980-yilda u asosiy jamoa uchun oʻyinlarda ishtirok eta boshladi. Shunga qaramay u 1980/81-yilgi mavsumda atigi bitta oʻyin oʻtkazdi va jamoani tark etib, „Vishi“ jamoasining oʻyinchisiga aylandi. Uch yildan soʻng u „Valencien“ga qaytdi va birinchi mavsumdayoq jamoaning eng yaxshi toʻpurarlaridan biriga aylandi. Keyingi mavsumda u Belgiyaning „Bryugge“ klubiga oʻtdi. Jamoadagi yagona mavsumida u Belgiya kubogini qoʻlga kiritdi.

„Oltin toʻp“ sovrindori (1991). Ketma-ket 5 yil (1988-1992) Fransiya chempionatining eng yaxshi toʻpurari boʻldi. Klublardagi faoliyati davomida 529 ta oʻyinda 256 ta gol urgan.

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

Papin Fransiya yoshlar terma jamoasi safida 5 ta oʻyin oʻtkazib 2 gol muallifi boʻlgan. Papin Fransiya milliy terma jamoasi safida 54 ta oʻyin oʻtkazib,30 ta gol urgan.1986-yilgi jahon chempionati va 1992-yilgi Yevropa chempionati ishtirokchisi (bronza medali sovrindori).U xalqaro faoliyatini 1995-yilda yakunlagan.1999-yil 30-mayda Fransiya terma jamoasidan Papinning rasmiy xayrlashuv uchrashuvi ikki oʻyin shaklida boʻlib oʻtdi. Birinchidan „Marsel“ning oʻtmishdagi klub yulduzlariga qarshi hozirgi tarkibi (yulduzlarning 2:0 hisobdagi gʻalabasi) va Fransiya terma jamoasi Papinning doʻstlari jamoasiga qarshi (2:2 durang)[1].

Yutuqlari tahrir

Jamoaviy tahrir

"Bryugge"

Olimpik Marsel

Milan

Bavariya

Fransiya terma jamoasi

Shaxsiy yutuqlar tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Сборная Франции потренировалась на гостях Папена“. 2020-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-fevral.
  2. „IFFHS — The World’s best top goal scorer“. 2018-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-yanvar.