ʻʻʻJengyalov hatsʻʻʻ (arm. Ժենգյալով հաց; shuningdek, jangyalov hats, zhingyalov hats) — mayda toʻgʻralgan har xil oshkoʻklar solingan yupqa xamir, Togʻli Qorabogʻ armanlari oshxonasida anʼanaviy taom[1][2][3][4]. Kavkaz xalqlarining koʻkatli kutab[5], afarar taomiga, oʻzbeklarning koʻkatli, ismaloqli yupqa taomiga juda oʻxshab ketadi.

Jengyalov hats Togʻli Qorabogʻ armanlari oshxonasining xos taomi hisoblanadi. 2013-yilda tan olinmagan NKR hukumati jengyalov hatsni respublikaning nomoddiy merosi roʻyxatiga kiritdi[6]. 2015-yil aprel oyining oxirida tan olinmagan Togʻli Qorabogʻ Respublikasida jengyalov hats festivali boʻlib oʻtdi[7].

Tayyorlash

tahrir

Xamirturushsiz xamirdan qogʻozdek yupqa chalpaklar yoyiladi, soʻngra 10-20 xil yovvoyi va xonaki koʻkatlarni mayda toʻgʻrab, oʻsimlik moyi qoʻshilib, xamir bilan oʻraladi[8]. Taomning muhim xususiyati oshkoʻklarning toʻgʻri tarkibidir. Taʼmi va hidi oʻtkir koʻkatlar qoʻshilmaydi. Asosan salat ekin, ismaloq, olabuta eshakshoʻra, lavlagi barglari, mokritsa, achambiti (arm. stypashar)[9], binafsha barglari[2] va shunga oʻxshash oʻtlar qoʻshiladi. Ajur chervil, qichitqi oʻti, yashil piyoz, shovul kabi nordon yoki shomalak kabi oʻtkir taʼmli koʻkatlar kamroq boʻlishi kerak; momaqaymoq kabi achchiq taʼmli oʻtlar juda kam ishlatiladi. Bundan tashqari, xamirga pishloq va qovurilgan piyoz tiqsa boʻladi. Taxminan 10 daqiqa davomida „saj“ deb nomlangan issiq mangalda pishiriladi (arm. սաջ)[10] yoki tandirda ikki daqiqaga yopiladi[8]. Bu taom pivo, tan, sharob bilan isteʼmol qilinadi. Jengyalov hats Katta post paytida, ayniqsa, ommalashgan.

Manbalar

tahrir
  1. Restoran.ru
  2. 2,0 2,1 V. A. Petrov / Etnobotanika Nagornogo-Karabaxa / AN SSSR Izd. AzFan Baku-1940 g. str.14 (163)
  3. A. Ye. Ter-Sarkisyans //"Armyane Nagornogo Karabaxa" pod. red. L. B. Alaeva /Izd.-vo „Russkaya panorama“ 2015 — M; str.637 (vsego 917)
  4. Timeout.
  5. Братушева 2013.
  6. A.Beglaryan / V Nagornom Karabaxe razvivaetsya ekoturizm /IA REGNUM 8.06.2015.
  7. Панорама.
  8. 8,0 8,1 Recipe.
  9. V. A. Petrov / Etnobotanika Nagornogo-Karabaxa / AN SSSR Izd. AzFan Baku-1940 g. str.49 (163)
  10. PanAm.

Adabiyotlar

tahrir

Havolalar

tahrir