Jessica Capshaw

amerikalik aktrisa

Jessica Brooke Capshaw (talaffuzi: Jesika Brouk Kepshou; 9-avgust, 1976-yil, Columbia, Missuri, AQSh) amerikalik aktrisa boʻlib, The Practice filmidagi Jamie Stringer va ABC telekanalida efirga uzatilgan tibbiyotga aloqador dramatik teleserial Grey's Anatomyda doktor Arizona Robbins rollari orqali tanilgan.

Jessica Capshaw
Fayl:Jessica Brooke Capshaw.jpg
Tavalludi
Jessica Brooke Capshaw

9-avgust 1976-yil (1976-08-09) (47 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa, Aktivist, Tadbirkor
Faoliyat yillari 1997-hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
Christopher Gavigan (turm. 2004)
Bolalari 4 nafar
Onasi Kate Capshaw

Yoshligi

tahrir

Capshow 1976-yil 9-avgustda Missouri shtatining Columbia shahrida[1] aktrisa va produser Kate Capshow hamda marketing boʻyicha menejeri, marketolog Robert Capshowlarning qizi boʻlib tugʻilgan. Aktrisa rejissor Steven Spilebergning oʻgay qizi boʻlib, uning onasi Capshow 15 yoshligida ushbu rejissorga turmushga chiqqan[2].

U 1994-yilda Los Angelesdagi Harvard Westlake maktabini tamomlagan. Soʻngra, Brown universitetida tahsil olgan[3]. Ushbu universitetda Arcadia va Cat on a Hot Tin Roof sahna koʻrinishlarida ishtirok etgan[4]. 1998-yilda ingliz adabiyoti boʻyicha bakalavr darajasiga erishadi[5]. Yoz faslida u Londondagi Royal Academy of Dramatic Arts (RADA)da oʻtilajak darslarda qatnashadi[6]. U ushbu taʼlim dargohida A Midsummer Night's Dream pyessasida Puck rolini ijro etadi[4].

Faoliyati

tahrir

Capshaw oʻn toʻqqiz yoshida onasi bilan birga The Locusts (1997) dramasida kichik rol oʻynagan[4]. Aktrisa, shundan keyin, Adam Rifkinning Denial (1998) filmida paydo boʻlgan[4]. U Valentine (2001) filmida Dorothy Wheeler rolini Minority Report (2002) filmida kichik rolni hamda Edward Burnsning The Groomsmen (2006) filmida bosh rolni ijro etadi[4].

Capshaw 2018-yil mart oyida Grey’s Anatomy jamoasini produserlik sabablariga ga koʻra tark etishga majbur boʻladi[7]. U Twitterda Grey’s Anatomy serialidagi unga berilgan obrazning ahamiyatini taʼkidlagan bayonotini joylashtiradi:

Serial davomida menga ajratilgan obraz LGBT hamjamiyatining dastlabki aʼzolaridan biri bo‘lib, men ushbu obrazni televideniyeda muntazam gavdalantirishim kerak edi. Sizga aytsam, teleserialda menga yuklangan ushbu rolning dunyoga taʼsiri doimiy va abadiydir[8].

Shaxsiy hayoti

tahrir

Capshaw 2004-yil 22-may sanasida Christopher Gaviganga turmushga chiqadi[9]. Ularning toʻrt nafar farzandlari bor: Luke, Eve, Poppy va Josephine[10]. U 2010-yilda Allure jurnalining may soni uchun yalangʻoch suratga tushishga rozi boʻlgan[11].

Filmografiyasi

tahrir

Filmlarda

tahrir
Yil Sarlavha Rol Izohlar
1997 The Locusts Patsy
1998 Denial Marcia
1999 The Love Letter Kelly
2000 Killing Cinderella Beth
2000 Big Time Claire Qisqa metrajli film
2001 Valentine Dorothy Wheeler
2002 The Mesmerist Daisy Valdemar
2002 Minority Report Evanna
2003 View from the Top Royalty International Flight Attendant ankredited
2006 The Groomsmen Jen
2007 Blind Trust Cassie Stewart
2014 The Hero of Color City Duck
2020 Holidate Abby
2022 Dear Zoe Elly Gladstone

Televizion rollari

tahrir
Yil Sarlavha Role Izohlar
1999 ER Sally McKenna 1ta epizod: „Rites of Spring“
1999-2000 Odd Man Out Aunt Jordan Asosiy tarkib

13ta epizod
2001 The Back Page TV Film
2002-2004 The Practice Jamie Stringer Asosiy tarkib

7 & 8-mavsumlar; 42ta epizod
2005 How I Met Your Mother uncredited 1ta epizod: „Okay Awesome“
2005 Into the West Rachel Wheeler 1ta epizod: „Manifest Destiny“
2006 Thick and Thin Mary
2006 Bones Rebecca Stinson 2ta epizod: „Mother and Child in the Bay“, „The Truth in the Lye“
2007 The L Word Nadia Karella 3ta epizod: „Livinʼ La Vida Loca“, „Lassoed“, „Layup“
2009 Head Case 1ta epizod: „Tying the Not“
2008-2018 Grey's Anatomy Doktor Arizona Robbins Asosiy tarkib (6-14-mavsumlar)
214ta epizod
2010 One Angry Juror Sarah Walsh TV Film

Manbalar

tahrir
  1. „Jessica Capshaw Biography“. Broadway World. Wisdom Digital Media. 2018-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktabr 2018-yil.
  2. „Steven Spielberg Fast Facts“. CNN (2018-yil 19-mart). 2018-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktabr 2018-yil.
  3. „Reunion Report 1998“. Brown Alumni Magazine (july–august 2003).
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 „Jessica Capshaw Biography“. Broadway World. Wisdom Digital Media. 2018-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktabr 2018-yil.
  5. „Jessica Capshaw Biography“. Broadway World. Wisdom Digital Media. 2018-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktabr 2018-yil.
  6. „Character Bios“. ABC.com. 2012-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  7. Andreeva, Nellie. „'Grey's Anatomy' Shocker: Jessica Capshaw & Sarah Drew To Exit ABC Medical Drama After Season 14“ (inglizcha). Deadline (8-mart 2018-yil). Qaraldi: 16-mart 2018-yil.
  8. @JessicaCapshaw. „For the past ten years...“. Twitter (8-mart 2018-yil). Qaraldi: 8-mart 2018-yil.
  9. „Christopher Gavigan“. Penguin.com. 2013-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  10. „Jessica Capshaw Welcomes Fourth Child. Daughter Josephine Kate“. {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam)
  11. The Naked Truth: 5 celebrities bare it all for Allure Allure. Archived on April 15, 2010.

Havolalar

tahrir