Jinnidaryo[1] — Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi daryo, Qashqadaryoning chap irmogʻi hisoblanib, boshlanishida Zoʻgʻatasoy deb ham nomlanadi.

Jinnidaryo
Jindidaryo
Kitab davlat qo'riqxonasi
Kitab davlat qo'riqxonasi
Tavsif
Uzunligi 57
Maydoni 367 km²
Daryolar havzasi 367 km²
Suv sarfi 1,35 m³/s
Boshlanishi
 · Balandligi 2 500 metr m
Joylashuvi
Davlat Oʻzbekiston
Mintaqa Qashqadaryo viloyati
Tuman Kitob tumani

Kitob davlat geologiya qoʻriqxonasi Jinnidaryoning chap qirgʻogʻida joylashgan[2].

Tuzilishi

tahrir

Zarafshon va Hisor togʻ tizmalarini tutashtiruvchi Shertogʻning gʻarbiy yon bagʻirlari (2500 m)dan oqib tushuvchi 100 dan ortiq irmoqning qoʻshilishidan hosil boʻladi. U umumiy gʻarbiy yoʻnalishda, yuqori oqimlarda shimolga sezilarli qiyalik bilan, oʻrtacha — janubga tomon esa bir oz qiyalik bilan oqadi. Quyi oqimlarda kanal joylarda meanderlar hosil qiladi. Umumiy uzunligi 57 km ni, daryo havzasining maydoni esa 367 km².

Jinnidaryo Qashqadaryoning birinchi chap irmogʻi hisoblanadi. Uning suv yigʻish maydoni boshqa irmoqlarga qaraganda sezilarli darajada past. Qashqadaryoga yana Oqsuv, Tanxoz, Gʻuzor, Yakkabogʻ irmoqlarining suvi ham kelib quyiladi.

Jinnidaryo qor, yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadigan daryolar guruhiga kiradi[3].

Suv sarfi

tahrir

Oʻrtacha yillik suv sarfi 1,35 m³/sek (Jovuz qishlogʻi yaqinida) ni tashkil etadi. Eng yuqori suv sarfi asosan aprel oyiga (mavsumiy qorlar erib, yomgʻir koʻp yoqqanligi uchun), eng past suv sarfi esa yozning oxiri va kuzning boshiga toʻgʻri keladi. Bu vaqtda Qashqadaryoda yillik oqimning 64% i, Jinnidaryoda esa 68.3% i oqib oʻtadi. Iyul-sentyabr oylarida esa Qashqadaryoda suv oqimi 11.7%, Jinnidaryoda esa atigi 4.4.% ni tashkil etadi. Yillik oqimining 56% bahorgi suv davri (mart— iyun)da oqib oʻtadi.

Suv eng koʻp boʻladigan oy — apreldagi oʻrtacha suv sarfi 3,30 m³/sek ga yetadi. Qashqadaryoda oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi Varzangi qishlogʻi yaqinida 5.46 m³/sek, Jinnidaryoning suv sarfi Panlandara qishlogʻi atrofida 1.50 m³/sek ni tashkil etadi. Jala yoqqan paytlarda Jinnidaryodan sel keladi, bu vaqtda suv sarfi sekundiga 46,2m³ gacha ortadi[4].

Daryoning Qashqadaryoga quyilishidan oldingi kengligi 2,0 metrni; chuqurligi esa 30 sm ni tashkil etadi. Ostki qismi tosh yotqiziqlaridan tarkib topgan. Beshkaltak aholi punkti yaqinida Qashqadaryoning chap qismidan unga quyiladi.

Qashqadaryoning boshlanish qismida joylashgan Sumsar va Shertogʻ tizmalari Oqsuv va Jindaryo vodiylarini bir-biridan ajratib turadi[5].

Ixtiofaunasi

tahrir

Jinnidaryo va unga quyiladigan soylarning Kitob qoʻriqxonasi hududidan oqib oʻtadigan qismida koʻp miqdorda Fargʻona marinkasi (Shizothorax intermedius), shoxli choʻgʻli (Noemacheilus melapterurus) va yoʻl-yoʻl choʻgʻli (Alburnoides taeniatus) ozroq miqdorda uchraydi[3].

Aholi punktlari

tahrir

Jindidaryoda boʻylarida bir qancha kichik aholi punktlari joylashgan, jumladan: Musabozor, Javuz, Sumak, Ashkan, Toshqishloq, Tuil, Katlas, Abixanda, Ishkob, Mugul, Vatkana, Aftabray, Yangiqishloq, Doʻngqishloq, Deyishqon kabilar. Sohil boʻyida bogʻ va uzumzor maydonlar mavjud.

Manbalar

tahrir
  1. „Туризм в Узбекистане — Водные артерии Узбекистана“. www.orient-tracking.com. 2020-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-dekabr.
  2. Ископаемые следы жизни на территории Средней Азии (путеводитель экскурсии Всесоюзного семинара). Душанбе: Дониш, 1987 — 35-bet. 
  3. 3,0 3,1 „Заповедники Средней Азии и Казахстана (под общей редакцией Р. В. Ященко)“, Охраняемые природные территории Средней Азии и Казахстана. Выпуск 1. Алматы: Тетис, 2006 — 317-bet. ISBN 9965-9822-3-6. 
  4. „Jinnidaryo“ OʻzME. J-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  5. P.Baratov; M.Mamatqulov; A.Rafiqov. O'rta Osiyo tabiiy geografiyasi. Toshkent: O'qituvchi nashriyoti, 2002-yil — 399-400-bet. ISBN 5-645-03879-7. 

Adabiyotlar

tahrir

Jinnidaryo“,   Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi: 3-jild (Gidrofiliya — Zebralar). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2002 — 704-bet.