Jitiqara tumani- Qoʻstanoy viloyatining gʻarbiy tomonida joylashgan. Maydoni 7,3 ming km²ni tashkil etadi. Aholisi 2010-yilgi maʼlumotlarga koʻra 51,15 ming kishini tashkil etadi. Tuman markazi – Jitiqara shahri hisoblanadi.

Jitiqara tumani
Жітіқара ауданы

Gerb
Gerb
tuman
Tarkibida Qoʻstanoy viloyati
Maʼmuriy markazi Jitiqara shahri
Asos solingan sanasi 1928-yil
Akim Uteshov Meyram Oʻljabayevich
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2010) 51,15 ming
Zichligi 7 kishi./km²
Millatlar tarkibi qozoqlar — 40,23%
ruslar — 37,34%
ukrainlar — 11,04%
olmonlar — 3,20%
tatarlar — 2,52%
beloruslar — 2,19%
boshqirdlar — 0,69 [1][2]
Dinlar tarkibi musulmonlar, xristianlar
Vaqt mintaqasi UTC+6
Pochta indeksi 110702-110718[3].
Avtomobil raqami kodi P, 10
Rasmiy sayti http://zhitikara.kostanay.gov.kz/
Xaritada
Jitiqara tumani xaritada
52°0′0″N 61°0′0″E / 52.00000°N 61.00000°E / 52.00000; 61.00000

Iqlimi

tahrir

Iqlimi keskin kontinental, yanvar oyining oʻrtacha harorati −17 °C, iyulniki 20 °C atrofida boʻladi. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori hsarqdan gʻarbga tomon 250 mm-dan 350 mm-gacha oʻzgaradi.

Aholisi

tahrir

Tuman aholisi 2010-yilgi maʼlumot boʻyicha 51,15 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km² -ga 8 kisidan toʻgʻri keladi. Aholisining 68 %-i shaharda va shahar uslubidagi qishloqlarda istiqomat qilishadi (Jitiqara shahri va Prigorodniy qishlogʻi). Katta qishloqlari: Toqtarov, Chaykovskoe, Turgenevka, Miqtikoʻl, Milyutinka, Jaltirkoʻl, v.h. Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil)[1][2]:

Korxonalari

tahrir

Sanoati „Kostanayasbest“ aksionerlik jamoati, davlat „Jitiqara jilu energetikaliq kompaniyasi“ gʻaznachilik korxonasi, „Buludov“ xususiy korxonasi, shuningdek non, sut zavodlari, v.h. korxonalari faoliyat yuritmoqda. Jitiqara tumanining qishloq xoʻjaligiga foydalanadigan yeri 440,5 ming ga, shulardan haydalgan eri 259,2 ming ga, yaylovlari 180,0 ming ga (2000).

Ijtimoiy soha

tahrir

Tumanda 30 ta maktab, 1 madaniyat uyi, 2 ta kutubxona, 1 tuman kasalxonasi, 18 feldsher-akusherlik, 6 shifokor-ambulatoriyalik punktlar faolayt yuritadi. iqtisodiy-ijtimoiy aloqalari Qoʻstanoy – Jitiqara temir yoʻli bilan va Qoʻstanoy – Jitiqara, Jitiqara – Zabelovka, Jitiqara – Volgogradskoe – Jaltirkoʻl avtomobil yoʻllari orqali amalga oshiriladi.[4]

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir