Johnny Depp
John Christopher Depp II (1963-yil 9-iyunda tugʻilgan) — amerikalik aktyor, film rejissor, musiqachi, ssenariynavis va film produser. Oscar, Oltin globus va BAFTA mukofotlari nomzodi hamda Oltin globus mukofoti sohibi.[1]
Johnny Depp | |
---|---|
![]() Depp 2019-yilda | |
Tavalludi |
John Christopher Depp II 9-iyun 1963-yil |
Fuqaroligi |
![]() |
Kasbi | aktyor, rejissor, produser, musiqachi |
Faoliyat yillari | 1984 yildan |
Mukofotlari | Oltin globus (2008) |
Deppning filmlari Amerika Qoʻshma Shtatlarida $3 milliard, dunyo boʻylab $8 milliard dollardan ortiq foyda keltirgan. Aktyor ishtirokidagi eng muvaffaqiyatli loyihalardan „Karib dengizi qaroqchilari“ franshizasi ($3,7 milliard dollardan ortiq), „Alisa moʻjizalar mamlakatida“ ($1 milliard dollardan ortiq), „Charlie va Shokolad Fabrikasi“ ($474 million dollar) va „Turist“ ($278 million dollar) filmlarini misol keltirish mumkin.
BiografiyaTahrirlash
Depp Owensboro, Kentucky shahrida tugʻildi. Uning otasi Katta John injener boʻlib, onasi esa ofitsiantka boʻlib ishlar edi. Uni ikki ta singlisi va bitta ukasi bor edi. Bolaligini birga kechirgan buvasining oʻlimi uning ruhiy holatiga yomon taʼsir qiladi. Floridaga koʻchish ham unga yaxshi taʼsir koʻrsatmaydi. 12 yoshida chekishni boshlaydi, keyinchalik narkotik qabul qila boshlaydi. U 15 ga toʻlganida ota-onasi ajrashadilar.
Aynan oʻsha paytlarda Depp musiqaga qiziqib qoladi. U musiqaga Ouensboroda, buvasi bilan cherkovga borgan paytlari qiziqishni boshlagan edi. Floridada onasi unga gitara sovgʻa qiladi. Uni chalishni oʻzi oʻrganib oladi va Floridaning tungi klublarida chiqish qiladigan „The Kids“ guruhiga kiradi. 16 yoshligida esa Depp butun umrini musiqaga bagʻishlash maqsadida maktabni tashlaydi. Guruh yutuqlarning yoʻlini olib Los Anjelesga koʻchadi. Hozirda Depp „P“ guruhida oʻynaydi. Yaqinda bu guruhning ochilish konserti boʻlib oʻtdi. Johnnyning yana bir qiziqishi bu rasm chizish. Oʻz guruhlarining albom muqovasi uchun oʻzi rasm chizgan. Bular bilan bir qatorda Depp adabiyotga qiziqadi. Uning sevimli avtorlaridan biri Jack Kerouac. Uning ijodi oʻsmirlik chogʻida Deppning dunyoqarashiga katta taʼsir qilgan.
20 yoshligida oʻzidan 5 yosh katta Lori Anne Allison ga uylanadi. U Deppni Nicolas Cage bilan tanishtiradi. Shunday qilib uning aktyorlik hayoti boshlanadi. Birinchi filmi „A Nightmare on Elm Street“. Lekin musiqa baribir u uchun birinchi oʻrinda edi. Lekin afsuski musiqiy guruhlari tarqaladi. Keyinchalik Depp TV Shoularda chiqadigan boʻldi. „Edward Scissorhands“ filmida Winona Ryder bilan tanishadi va nishonlanadilar.
1994-yil Kate Moss bilan nishonlanadi. Deppning kino karyerasi borgan sari yuksalib borayotgan edi. 1998-yil Moss bilan ajrashadilar va Depp fransuz qoʻshiqchi va aktrisa Vanessa Paradis bilan tanishadi va Fransiyaga koʻchib keladi. Ularning hozirda Lily-Rose Melody(1999) va Jack(2002) nomli bolalari bor.
2004 yili Pirates of the Caribbean: The Curse of the Black Pearl filmidagi Kapitan Jack Sparrow roli uchun Oscarga nomzod boʻladi. Ikkinchi nomzodlikni Finding Neverland filmi orqali oladi.
Johnny Deppning Gollivud shon-shuhrat hiyobonida oʻz yulduzi bor. Ikki martta Oscar, 6 marta Oltin Globus nomzodi boʻlgan boʻlsa-da, Deppga hech qachon bu sovrinlar berilmadi.
FilmografiyaTahrirlash
HavolalarTahrirlash
- Johnny Depp biografiyasi Arxivlandi 2007-10-11 Wayback Machine saytida.
Wikimedia Commonsda Johnny Depp mavzusiga oid fayllar bor. |
- ↑ Labrecque, Jeff „Tom Cruise, Johnny Depp, and the state of the modern Movie Star“. Entertainment Weekly (8-iyun 2012-yil).
- ↑ JohnnyDeppMoviesList.org. „Johnny Depp A Nightmare on Elm Street“. johnnydeppmovieslist.org. 4-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-fevral 2015-yil.
- ↑ Geoff Herbert. „13 fun Freddy facts as 'A Nightmare on Elm Street' turns 30“. Syracuse Media Group (31-oktabr 2014-yil). Qaraldi: 15-dekabr 2014-yil.
- ↑ Chris Nashawaty. „24 Stars' Worst Movies“. Entertainment Weekly (26-mart 2014-yil). 16-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-dekabr 2014-yil. „arxiv nusxasi“. 16-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-avgust 2020-yil.
- ↑ Britt Haye. „See the Cast of 'Platoon' Then and Now Read More: See the Cast of 'Platoon' Then and Now“. Screen Crush (7-dekabr 2013-yil). Qaraldi: 15-dekabr 2014-yil.
- ↑ Tim Appelo. „Johnny Depp Makes Surprise Appearance at Hollywood Cemetery 'Cry-Baby' Screening“. The Hollywood Reporter (19-avgust 2013-yil). Qaraldi: 15-dekabr 2014-yil.
- ↑ „The 100 Greatest Movie Characters“. Empire Online. Qaraldi: 15-dekabr 2014-yil.
- ↑ ; Louise KrasniewiczJohnny Depp: A Biography. Westport, Conn.: Greenwood Press, 2008 — 67 bet. ISBN 9780313343001.
- ↑ Roger Ebert. „Arizona Dream Movie Review & Film Summary (1995)“. Roger Ebert Online (6-yanvar 1995-yil). Qaraldi: 15-dekabr 2014-yil.
- ↑ Roger Ebert. „Benny and Joon Movie Review and Summary (1993)“. Roger Ebert Online (16-aprel 1993-yil). Qaraldi: 15-dekabr 2014-yil.
- ↑ Jeff Labrecque. „'Gilbert Grape' at 20: When Johnny met Leo...“. Entertainment Weekly (16-fevral 2014-yil). Qaraldi: 15-dekabr 2014-yil.
- ↑ Roger Ebert. „Ed Wood Movie Review & Film Summary (1994)“. Roger Ebert Online (7-oktabr 1994-yil). Qaraldi: 15-dekabr 2014-yil.
- ↑ Hipes, Patrick „Johnny Depp’s ʻCity Of Lies’ Movie Pulled From Release Schedule“. deadline (6-avgust 2018-yil). Qaraldi: 6-avgust 2018-yil.