Jome masjidi (Avrangobod)
Jome masjidi 1612-yilda qurilgan masjid boʻlib, Hindistonning Maharashtra shtatidagi Avrangobod shahridagi Killa Arrak yaqinida joylashgan. Bu tarixiy ahamiyatga ega manzilgoh hisoblanadi, chunki u 1612-yilda qurib bitkazilgan[1]. Qurilish 1610-yilda Malik Amber tomonidan Avrangobod (oʻsha paytda „Fatehpur“ deb nomlangan) asos solinganidan soʻng boshlangan. Masjid keyinchalik 1692-yilda Avrangzeb (R. H.) tomonidan kengaytirilgan. U Avrangobodning eng qadimgi masjidlaridan biri boʻlib, hali ham yaxshi holatda saqlangan.
Masjid | |
Jome masjidi (Avrangobod)
| |
Mamlakat | Hindiston |
Shahar | Avrangobod |
Koordinatalar | 19°53′30″N 75°19′34″E / 19.891784911807537°N 75.32600564088406°E |
Masjid turi | jome |
Asoschi | Malik Ambar |
Binokorlik | 1610—1612 |
Tarixi
tahrirMasjidni 1612-yilda Malik Amber 1610-yilda Xaraki deb nomlagan shaharda qurdirgan va Malik Ambar 1626-yilda vafot etgach uning oʻrniga oʻgʻli Fotexon oʻtirgan va Xadki shahri nomini „Fatehnagar“ ga oʻzgartirgan. 1633-yilda Boburiylar Davlatobodni egallab olishganda, Nizom Shohi hukmronlik yerlari, shu jumladan Fatehnagar Boburiylarning qoʻl ostiga oʻtdi. Milodiy 1653-yilda shahzoda Avrangzeb ikkinchi marta Dekan noibi etib tayinlanganida, u Fotehnagarni poytaxt qilib, uni Avrangobod deb nomlaydi. Jome masjidi yaqinida Killa Arrak qal’asini qurdiradi, masjid qal’a devorlarining chegarasida joylashgan. Masjidning meʼmoriy qurilish uslublarini bilgan Avrangzeb 1692-yilda masjidning old qismida toʻrtta ark qurib, hududni kengaytirdi[2][3]. Muhtasham qal’a orasidagi Amxar (Jamoat zali) va Jome masjidi hali ham yaxshi holatda saqlangan yagona inshootlardir[4].
Tuzilishi
tahrirMasjid Avrangobodning Killa Arrak yaqinida joylashgan[5]. Oldindagi 9 ta qirrali arkdan 5 tasini Malik Ambar oʻrnatgan[6][7].
Galereya
tahrirYana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Qila Arrak, Aurangabad (Maharastra), India, Travel Guide and Travel information, Meriyatrra.com“. 2011-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 31-may.
- ↑ Banerjee, Rajiv. „History revisited at Aurangabad the 'city of gates'“. The Economic Times.
- ↑ „Aurangabad Tourist Attractions, best places to visit in Aurangabad“. 2011-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 31-may.
- ↑ „Qila Arrak, Aurangabad (Maharastra), India, Travel Guide and Travel information, Meriyatrra.com“. 2011-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 31-may.
- ↑ „Archived copy“. 2012-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 31-may.
- ↑ „JAMA Masjid Aurangabad,Mosques in Aurangabad,Famous Mosques of Aurangabad,Aurangabad Mosques“. 2011-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 31-may.
- ↑ „Aurangabad: JAMA Masjid, Aurangabad Tourist Places to Visit for Mosque“. 2011-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 31-may.